“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


 Ishlab chiqarish zaxiralarini me’yorlashtirish



Download 1,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/66
Sana17.10.2022
Hajmi1,18 Mb.
#853604
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66
Bog'liq
“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni

 
4.3. Ishlab chiqarish zaxiralarini me’yorlashtirish 
Xom-ashyo va materiallar, komplektlovchi buyumlar zaxirasini minimal 
zaruriy darajasi korxona kam xarajat bilan uzluksiz ishlashini ta’minlaydi. 
2
 Степанов П.А. Нормирование материальных ресурсов М.:2009 102-104стр



30 
Zaxiralarni rejalashtirishda mahsulot sotishni kengaytirish va xaridor bilan 
istemolchi o’rtasida o’rnatiladigan uzoq muddatli xo’jalik aloqalarini hisobga olish 
zarur. Bunda tranzit va ombor ta’minotining optimal uyg’unlashtirish sharoitida 
ratsional zaxira me’yorlarini o’rnatishga e’tibor berish zarur. 
Ishlab chiqarish zaxiralari nisbiy va absolyut kattaliklarda o’lchanadi.Nisbiy 
kattaliklarda zaxira hajmi material turini iste’mol qilish kunlari soni bilan 
o’lchanadi. Absolyut kattalik natural birliklarda aniqlanadi(tonna, metr, kilometr, 
dona va h.k) 
Moddiy texnik ta’minot rejasini ishlab chiqishda ularning zaxiralari 
me’yorlari reja yilidan keying yil boshiga o’tuvchi zaxira me’yori sifatida 
hisoblanadi va korxonaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydigan material resurslarga 
yillik talabimi aniqlashga mo’ljallanadi. Ushbu normalar mahsulotning 
nomenkulaturaviy guruhlari bo’yicha ishlab chiqilishi kerak.Keyingi yilga o’tuvchi 
ishlab chiqarish zaxiralaridan tashqari operativ zaxira me’yorlari aniqlanadi. 
Meyorlashtirishda ishlab chiqarish zaxiralari joriy va tayyorlov va sug’urta 
zaxiralariga bo’linadi. 
Joriy zaxira- ikki ta’minot orasida ishlab chiqarish uzluksizligini 
ta’minlashga xizmat qiladi. 
Tayyorlov zaxira korxonaga keltirilayotgan materiallarni ishlab chiqarishda 
iste’mol qilishga tayyorlash vaqti uchun talab etiladi.Agar buning uchun 
materiallarni dastlabki texnologik ishlov berish operatsiyalari talab etilsa, 
tayyorlov zaxirasi kunga teng deb qabul qilinadi. Ular yuqorida aytilgan 
operatsiyalar ko’zda tutilsa tayyorlov zaxirasi miqdori ushbu operatsiya uchun 
talab etilgan minimal vaqtdan kelib chiqib belgilanadi. 
Sug’urta zaxira ta’minot intervalidan chetlanish holatida ishlab chiqarishni 
uzluksiz ravishda material bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi.Tranzit shakldagi 
ta’minotdan sug’urta zaxirasi me’yori joriy zaxira kattaligi me’yorida, lekin 15 
kundan oshmagan miqdorda o’rnatiladi. 
Materiallarni kelishilgan oy ichidagi ta’minot grafigi bo’yicha yetkazib 
berilganda, sug’urta zaxirasi pasaytirilgan miqdorda o’rnatilishi kerak. 


31 
Ishlab chiqarish zaxiralarini me’yorlashtirish materiallarning har bir 
nomenklatura guruhi bo’yicha ta’minot shakli va tuzilgan shartnoma asosida 
amalga oshirilishi kerak. 
Amaliyotda ta’minotning zaxiralarini shakllantirishga ta’sir qiluvchi 4 ta 
variantidan foydalaniladi. 
1-variant.Material yil davomida barqaror oylik kalendar grafik bo’yicha 
keltiriladi.Bunday sharoitda joriy zaxira 1-yanvardan material keltirilgan 
davrgacha bo’lgan kunlarga teng deb qabul qilinadi.Tayyorlov zaxirasi 1kun 
sug’urta zaxira kattaligi 5 kundan oshmagan miqdorda belgilanadi. 
2-variant. Material oyda bir marta keltiriladigan joriy zaxira kattaligi 
ta’minot intervali yarmiga teng bo’lgan kunlarga teng deb qabul qilinadi. 
3-variant. Matreial ta’minotchi ish sharoitidan kelib chiqib kvartalda 1 yoki 
2 marta qa’tiy belgilangan oylarda keltiriladi. U holda joriy zaxira kattaligi 
quyidagicha belgilanadi. 
a)
1 va 2 oylarda keltirilsa 15-kun plyus ta’minotchidan keltirish davri miqdorida; 
b)
1 va 3 oyda keltirilsa 30 kun plyus keltirish davri; 
c)
2 va 3 oyda keltirilgan holatda 45 kun plyus keltirish vaqti (kun); 
d)
Kvartalda keltirilsa 1- yanvardan ta’minot oyining 15 kunigacha bo’lgan kunlar 
soniga mos keltirish vaqti. 
Tayyorlov zaxirasi 1-variantdagi usulda hisoblanadi, sug’urta zaxirasi 15 
kundan oshmagan miqdorda belgilanadi. 
4- variant. Materiallar ishlab chiqarishga yirik partiyalarda kiritaladi.Kiritish 
intervali ta’minot intervalidan kotta bo’lmagan holatda joriy zaxira kattaligi 
materiallarni ishlab chiqarishga kiritish intervali yarmiga teng qabul qilinadi. 
Tayyorlov zaxirasi rejalashtirilmaydi; 
Sug’urta zaxira, joriy zaxira me’yoriy darajasida lekin 15 kundan ortmagan 
miqdorda belgilanadi.
Ishlab chiqarish darajalari me’yorlarini hisoblash uchun me’yor tarkibiy 
qismlarini tashkil etuvchi elementlarini chegaraviy miqdorini ifodalovchi oldindan 
hisoblangan normativlardan maksimal foydalanishni talab etadi


32 
Ishlab chiqarishni material resurslar bilan o’z vaqtida ta’minlanishi ishlab 
chiqarish zahiralari miqdori va to’liqligiga bog’liq.
Ishlab chiqarish zahiralari – korxona omborxonasiga keltirilgan, lekin 
ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilmagan ishlab chiqarish vositalaridir. Bunday 
zahiralarni tashkil etish materiallarda sexlar va boshqa ish o’rinlariga texnologik 
jarayon talablari bo’yicha yetkazib berishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish zahiralarini boshqarishda korxona quyidagi funksiyalarni 
bajaradi: 
1. Barcha material nomenklaturasi bo’yicha zahira normasini ishlab chiqish; 
2. Omborxonalarda zahiralarni to’g’ri joylashtirish;
3. Zahira darajasi ustidan operativ nazoratni o’rnatish; 
4. Zahiralarni saqlashni tashkil etish;
Ishlab chiqarish zahiralarini me’yorlashtirish – ishlab chiqarish 
uzluksizligini ta’minlash maqsadida material resurslar turi bo’yicha minimal sarf 
miqdorini aniqlashdir. 

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish