101-rasm. Yer sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanish
Hozirgi paytda kosmonavtika benihoya rivojlanib bormoqda. Yer atrofida turli mamlakatlarning ko‘plab Yerdan boshqariladigan sun’iy yo‘ldoshlari uchib yuribdi. Ular yordamida koinotni tadqiq qilish bilan birga, Yer yuzi- ning ob-havosi, Yerdagi turli jarayonlar muntazam o‘rganib boriladi. Tele- ko‘rsatuv va radioeshittirishlarni, uyali telefon aloqalarini Yer yuzi bo‘ylab uzatish ham sun’iy yo‘ldoshlar yordamida amalga oshiriladi (101-rasm).
Quyosh sistemasining barcha sayyoralari tomon Yerdan boshqariladi- gan raketalar uchirilgan. Ular boshqa sayyoralardan turli ma’lumotlar- ni Yerga yetkazib turadi. Biz o‘tgan mavzularda birinchi kosmik tezlik va uning qiymatini bilib oldik. Tezlik ortib borgan sari harakat orbitasi ham o‘zgarib borib, aylana bo‘ylab uchayotgan yo‘ldosh ellips, so‘ngra parabola deb nomlanuvchi trayektoriyalarda harakatlana boshlaydi (102- rasm). Hisoblashlarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshning tezligi υII = 11,2 km/s ga yetkazilsa, u Yer orbitasidan chiqib ketadi va Quyosh atrofida orbita
bo‘ylab harakat qila boshlaydi. Bu holda u Quyoshning sun’iy yo‘ldoshiga aylanib qoladi. Bu tezlik chegarasi ikkinchi kos- mik tezlik deb ataladi. Agar raketa Yerdan Quyosh atro-
102-rasm. Kosmik tezliklar
fidagi orbita bo‘ylab harakati
yo‘nalishida υIII = 16,7 km/s
tezlik bilan uchirilsa, raketa uchinchi kosmik tezlikka erishadi va Qu- yosh sistemasini tark etadi. Bu tezlik chegarasi uchinchi kosmik tezlik deb ataladi.
Kosmonavt kosmik kemadan tashqariga chiqsa, vaznsizlik holatida bo‘ladimi?
Yer sun’iy yo‘ldoshining harakatini tekis tezlanuvchan harakat deb bo‘ladimi?
Massalari 1200 kg dan bo‘lgan ikkita avtomobil massa markazlari orasidagi masofa 5 m ga teng. Avtomobillar bir-birini qanday kuch bilan tortishadi?
Bir-biridan 100 m masofada turgan 8 000 t va 12 500 t massali ikkita kemaning
o‘zaro tortishish kuchi kattaligini toping.
99-betda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanib, Quyosh va Yer orasidagi tor- tishish kuchini toping.
Massasi 100 t bo‘lgan uy Yerga qanday kuch bilan tortiladi? Uyning og‘irligi
qancha?
Yer sirtida tinch turgan yuk mashinasining og‘irligi 100 kN ga teng. Yuk
mashinasining massasini toping.
Yer sirtida turgan 1 kg massali jismning og‘irlik kuchi nimaga teng?
Lift 5 m/s2 tezlanish bilan yuqoriga harakat qila boshladi. Shu paytda lift
ichidagi 45 kg massali bolaning og‘irligi qancha bo‘ladi?
Lift 2,5 m/s2 tezlanish bilan pastga harakat qila boshladi. Shu paytda lift ichi- dagi 90 kg massali odamning og‘irligi qancha bo‘ladi?
Yer yuzidan qanday balandlikda birinchi kosmik tezlik 6 km/s ga teng bo‘ladi?
32-§. ISHQALANISH KUCHI. TINCHLIKDAGI ISHQALANISH
Do'stlaringiz bilan baham: |