Mavzu: havo massalari. Siklon va antisiklonlar reja: Yer yuzida qanday asosiy havo massalari bor? 2



Download 188,39 Kb.
Sana25.01.2022
Hajmi188,39 Kb.
#409656

Mavzu: HAVO MASSALARI. SIKLON VA ANTISIKLONLAR

Reja:

1.Yer yuzida qanday asosiy havo massalari bor?

2.Dengiz havosi bilan quruqlik havosi (kontinental havo) bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?

Havo massalari.Atmosfera havosining qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan yer yuzasi bilan ham bog‘liq. Havoga turli changlar, tuz zarrachalari, suv bug‘lari, asosan, yer yuzasidan, okeanlardan, dengizlardan ko‘tarilib, uning tarkibiga qo‘shiladi. Havoning nam yoki quruq, chang-to‘zonli yoki tiniq bo‘lishi uning qanday joy ustida turganiga yoki harakat qilganiga bog‘liq. Atmosferaning quyi qatlami (8—10 km balandlikkacha) o‘z xususiyatlariga ko‘ra turli joylarda bir-biridan keskin farq qiladi. Atmosfera quyi qatlami— troposferaning kata hududlar ustidagi ana shunday bir-biridan farq qiluvchi kata ko‘lamdagi to‘plamlari havo massalari deyiladi. Havo massalari qaysi geografik kenglikda hosil bo‘lganiga qarab arktika, mo‘-tadil, tropik va ekvator havo massalariga bo‘linadi. Mo‘tadil va tropik havo massalari yana dengiz va kontinental(quruqlik) havo massalariga bo‘linadi. O‘rta Osiyo iqlimining shakllanishida arktika, mo‘tadil va tropik havo massalari juda faol ishtirok etadi. Arktika havo massalari qishda Shimoliy Muz okeanidan G‘arbiy Sibir va Ural orqali, shuningdek, shimoli sharq tomondan Sharqiy Sibir orqali O‘rta Osiyo hududiga kirib keladi. Bu havo sovuq, quruq va tiniq bo‘ladi. G‘arbdan va shimoli g‘arbdan, Volgabo‘yi va Sharqiy Yevropa tekisligidan kontinental mo‘tadil





havo massalari keladi. Bu havo ham ancha salqin bo‘ladi, lekin ko‘pincha yog‘ingarchilik keltiradi. Yoz oylarida o‘lka ustida turib qoladigan kontinental tropic havo massasi o‘lkaning tekisliklari ustida vujudga keladi, harorati juda baland, quruq va g‘uborli bo‘ladi. O‘rta Osiyo iqlimining ob-havo turlari, havoning harorati, namligi va tiniqlik xossalari ana shu havo massalariga bog‘liq. Havo frontlari. Siklon va antisiklonlar.Òurli xususiyatlarga ega bo‘lgan havo massalari bir-biri bilan tutashgan joylarda oraliq zona, ya’ni havo fronti hosil bo‘ladi. Havo frontida ikki xil havo massasi o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Natijada obhavo tez o‘zgarib turadi. Front zonasi qaysi havo massasining kuchli ekaniga qarab iliq yoki sovuq frontdeb ataladi (14- rasm). Iliq frontda sovuq havo bilan qoplangan joyga iliq havo bostirib kirib, ob-havoning asta-sekin ilishiga sabab bo‘ladi. Sovuq front uchun, aksincha, ob-havoning tez o‘zgarishi, haroratning keskin pasayishi va yog‘in-sochin bo‘lishi xosdir. Havo frontlari juda katta hududlarni qamrab oladi. Front zonasining turli qismlarida atmosferada diametri bir necha yuz, hatto minglab kilometrga teng bo‘lgan juda katta havo girdoblari uchraydi. Ularning ba’zilari markazida havo bosimi past bo‘lib, atrofga tomon ortib boradi va havo atrofdan markazga tomon soat strelkasi harakatiga teskari yo‘nalishda harakat qiladi. Bunday havo girdoblari siklonlar deyiladi. Aksincha, front zonasida atmosfera bosimi markazdan atrofga tomon kamayib boradigan, shamollar soat strelkasi harakati yo‘nalishida esadigan havo girdoblari antisiklonlar deb ataladi (15- rasm). 15- rasm.Shimoliy yarimsharda siklon (a) va antisiklon (b) da havo bosimi hamda shamollar yo‘nalishi. Havo bosimi mm simob ustuni hisobida. Siklon va antisiklonlarda ob-havo qanday bo‘ladi?Siklonda havo bosimi atrofdan markazga tomon kamayib kelganligi uchun uning markaziy qismlarida havoning yuqoriga ko‘tarilishi kuzatiladi. Yuqoriga ko‘tarilayotgan havo sovib, suv bug‘lariga to‘yinadi va yog‘ingarchilik bo‘ladi. Antisiklon (15-brasm) markazida esa, havo yuqoridan pastga tushadi va yer betiga tarqaydi. Antisiklonda havoning to‘yinishi, bulut vujudga kelishi va yog‘ingarchilik bo‘lishi uchun sharoit yo‘q. Yozda antisiklon sharoiti havoning yanada qizishiga, qishda esa sovib ketishiga sabab bo‘ladi.



Savol va topshiriqlar

1. Iqlim va ob-havo haqidagi bilimlarning insonlar uchun qanday ahamiyatibor?

2. Havo massasi nima? Havo massalari bir-biridan nimalariga ko‘ra farq qiladi?

3. Siklon nima? Unda ob-havo qanday bo‘ladi?

4. Antisiklonda ob-havo qanday bo‘lishini aytib bering.

5. Havo fronti nima? Qanday frontlar mavjudligini ayting




Download 188,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish