Мевачилик ва сабзавотчилик


Tok ko‘chatlarini issiqxonalarda yetishtirish



Download 7,73 Mb.
bet45/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

4.Tok ko‘chatlarini issiqxonalarda yetishtirish
Ochiq va katta maydonlarda qalamchalardan tok ko‘chatlarini yetishtirish har doim ham kutilgan natijani beravermaydi. Ayniqsa ko‘chatzor uchun qulay joy tanlash, almashlab ekish tizimini joriy qilish, qalamchalarning tez ildiz olishi va yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratish ancha qi-yinchiliklar bilan bog‘liq.
Keyingi yillarda Rossiya, Ukraina, Moldova, O‘zbekiston, Qozog‘iston kabi mamlakatlarda tok ko‘chatlarini jadal usulda issiqxonalarda yetishtirishga alohida e’tibor berilmoqda. Mazkur mamlakatlarning bir qator ilmiy hamda o‘quv muassasalarida tok ko‘chatlarini jadal usullarda yetishtirishning ilmiy va amaliy usullari ishlab chiqilgan va ular ishlab chiqarishga joriy qilingan. Issiqxonalar bir yillik pishgan novdalardan tayyorlangan hamda yashil qalamchalaridan yaxshi rivojlangan tok ko‘chatlarini yetishtirish imkonini beradi. Bu yo‘l bilan, ayniqsa qish oylarida ishchi kuchidan, yer va suvdan unumli va tejamli foydalanishga, maydon birligi hisobiga, shuningdek, qalamchalarni qisqa oraliqda ekish bilan maydon birligi hisobiga 3-4 marta ko‘p ko‘chat yetishtirishga imkon yaratiladi. Issiqxonalar doimiy hamda ko‘chma bo‘lib, ular oyna bilan qoplangan va polietilen plyonkalari bilan yopilgan bo‘lishi mumkin. Tok ko‘chatlarini yetishtirishda maxsus qurilmalar bilan jihozlangan, shuningdek, sabzavot ekinlari yetishtiriladigan issiqxonalardan ham foydalanish mumkin.
Issiqxonalarda tok ko‘chatlarini yetishtirishda issiqxona tuprog‘ining fizik xususiyatlari, unumdorligi katta ahamiyatga ega. Bunda 2:1:1 nisbatda tayyorlangan chirigan go‘ng kukuni, donador tuproq hamda qumdan iborat sun’y substrat yaxshi natija beradi.
Substrat 35-40 sm. qalinlikda (biroz ko‘p yoki kam bo‘lishi ham mumkin) tayyorlangani ma’qul. Qalamchalar 15-18 sm. chuqurlikda tasmasimon usulda ekiladi. Tasmalar oralig‘i 80 sm. tasmalardagi qatorlar oralig‘i 20-25 sm. qalamchalar qator bo‘ylab 5 sm. oraliqda ekiladi. Bunda 1 ga issiqxonaga 350 ming tagacha qalamcha ekish mumkin. Ekishdan oldin substrat namga to‘ydiriladi. Bunda eng sifatli qalamchalar ochiq maydondagiga nisbatan deyarli 1 oy oldin ekiladi.
Qalamchalar ekilgach, 18-20 kun davomida substrat namligi 85-90% darajada saqlab turilishi lozim. Havo namligi suv zarrachalaridan iborat tuman hosil qilish moslamalari orqali 85-90% darajada ushlab turilishi kerak. Ekishdan bir oy o‘tgach qalamchalar har 10 kunda, avgust-sentabrda har 15-20 kunda sug‘oriladi. O‘suv davri (iyun, iyul, avgust)da sof holda azot, fosfor, kaliy bilan oziqlantiriladi (25-30 kg/ga hisobidan). Uchinchi oziqlantirishda azot solinmaydi. Qalamchalar ekilib 1,5-2 oy o‘tgach issiqxona ustidagi polietilen plyonka olib qo‘yiladi. Rivojlanayotgan ko‘chatlar tuprog‘i begona o‘tlardan μoli, yumshoq holda saqlanadi, bachki novdalar olinadi, zamburug‘ kasalliklarga qarshi kurashiladi. Ko‘chatlar oktabr oxiri­noyabr o‘rtalarida qazib olinadi, saralanadi, ekish uchun saqlanadi. 1 gektar issiqxonadan 220-300 ming sifatli ko‘chat olish mumkin. Bu ochiq maydondagi ko‘chatzorlardan olinadigan ko‘chatlardan 4-5 marta ko‘p. Issiqxona qurilishi uchun ketgan xarajatlar 1-2 yilda to‘liq qoplanishi mumkin.
Tok ko‘chatlarini jadal yetishtirish usullaridan biri. Uzumning sarxil navlari ko‘chatlarini tez, arzon va ko‘proq yetishtirishda 1-2 ko‘zli yashil qalamchalardan foydalaniladi. Ular yuqorida aytilgan issiqxonalarda yetishtiriladi. Buning uchun yosh yashil novdalar may oyida tok gullagunga qadar tayorlanadi. 25-30 kundan so‘ng ikkinchi marta tayyorlanishi ham mumkin. Qalamchalarni ertalab soat 5-6 dan 10 gacha tayyorlagan ma’qul. Qalamcha olish va ularni ekishgacha bo‘lgan davr bir sutkadan oshmasligi lozim.
Qalamchalarni vaqtinchalik saqlash uchun harorati 3-50S, havo namligi 85-90 % bo‘lgan sovitkichlardan foydalaniladi.
Qalamcha olinadigan novdaning ayrim barglari va uchki qismi olib tashlanadi. Qalamchalar novdaning o‘rta qismi-dan, asosan ikki ko‘zli qilib olinadi, barglari yarmigacha qisqartiriladi. Bunda qalamchalarning pastki qismi bo‘g‘i-midan 0,5-1 sm. pastdan, usti qismi 0,5 sm. yuqorisidan kesiladi. Qalamchalarni bir ko‘zli qilib tayyorlash ham mumkin. Bunda yuqorigi kesik ko‘zdan 0,5 sm. yuqori, pastkisi esa bo‘g‘im oralig‘i uzunligida olinishi mumkin
Ildiz yaxshi rivojlanishi uchun qalamchalar o‘stiruvchi moddalar, masalan, indolilsirka kislotasining eritmasi (50mg/l) bilan ishlanadi. Eritmaning harorati 20-250S dan oshmasligi lozim. Eritmadagi qalamchalar 8-10 soatdan so‘ng olinib chayiladi va ildiz oldirish uchun usti polietilen plyonka bilan yopilgan issiqxona (tuman qurilmasiga) ekiladi. Qalamchalar ekiladigan joyning 17-20 sm qatlami teng miqdorda solingan chirigan mayda go‘ng va qum aralashmasidan, ustki 5 sm. li qatlami esa yirik qumdan iborat bo‘lishi lozim. Qalamchalar qator oralig‘ini 20-25 sm., qator bo‘ylab 8-10 sm. va chuqurligini 2-3 sm. qilib ekiladi.
Isiqxonadagi havo harorati qalamchalar ildiz olgunga qadar o‘rtacha 20-250S, namligi 85-90% bo‘lishi lozim. Substrat harorati 25-280S atrofida ushlanadi. Qalamchalarda 6-8 kunda ildiz, 20-25 kunda novdalar rivojlana boshlaydi. Qalamchalarning rivojlanishini jadallashtirish maqsadida, ular ekilganidan keyin bir oy o‘tgach mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantiriladi. Bunda substratning har bir metr hisobiga ammiakli selitra (8 g.), donador superfosfat (15 g.), kalyli o‘g‘it (5-7 g.) solinadi. 15-20 kundan keyin ikkinchi marta oziq-lantirilib, bunda ammiakli selitradan 20-25 g. kaliyli o‘g‘itdan 10-15 g. beriladi.
O‘suv davrida ikkitagacha novda qoldiriladi. Avgust oyida issiqxona ustidagi plyonkalar olib tashlanadi, substrat namligi 60-70% gacha kamaytiriladi. Bu ko‘chatlarning chiniqishiga yordam beradi. Ko‘chatlar oktabrning ikkkinchi yarmida qazib olinadi va saralanadi. Yashil qalamchalar yaxshi rivojlangan qo‘shimcha (yon) ildizlar hosil qilish xususyatiga ega. O‘suv davrida qalamchalarda yaxshi rivojlangan ildiz tizimidan tashqari, 50-60 sm. uzunlikdagi novdalar ham shakllanadi. Ertaroq ekilgan yashil qalamchalardan kuzga borib ekishga yaroqli ko‘chatlar yetishadi. Iyun oyida ekilgan yashil qalamchalardan o‘sib chiqqan novdalar kerakli uzunlikda pishib yetmasligi tufayli, ularning usti qishga poxol bilan berkitib qo‘yiladi. Bahorda poxol olinib, har bir o‘simlikdagi ikki novda 2-3 ko‘z qoldirib kesiladi, parvarish qilinib, kuzda to‘laqonli ko‘chat olinadi.
Erta bahorda yashil qalamchalarni ekish maqsadida isitiladigan issiqxonalarda eng kerakli navlardan iborat ona tok tuplarini ekib o‘stirish va ulardan yashil qalamchalar tayyorlash mumkin. Ona tuplar 80 x 50-60 sm. sxemada ekiladi.
So‘ngi yillarda tok ko‘chatlarini gidroponika sharoitida yetishtirish texnologiyasi ham ishlab chiqilgan (V.G.Nikolen-ko, A.S.Subbotovich, L.M.Maltabar va h.k.).
Bu usulda yer maydoniga bo‘lgan talab keskin qisqaradi. 1 m2 maydonga 1000 tagacha qalamcha ekish mumkin, suvga bo‘lgan talab 10 marta qisqaradi va h.k. Eng muhimi, substrat harorati, ishqorliligi (rN), suv, havo va oziqlantirish rejimlarini qiynalmay tartibga solish, ko‘chatni esa yil bo‘yi yetishtirish mumkin. Asosiy substrat granit toshining maydalangani va kvarsli qumdan iborat. Qalamchalar yanvar oyida 10x 10 x 7-10 sm. sxemada ekiladi. Vaqt-vaqti bilan oziqlantiriladi, sug‘oriladi. Ayniqsa, qish oylarida sutkasiga 6-7 soat suniy yorug‘lik berib turiladi. O‘zbekiston sharoitida bu usul hozircha qo‘llanilmaydi.



Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish