4.Palmetta daraxtlarga shakl berish
Yassisimon tupli daraxtlardan iborat bog‘ning asosiy ishlab chiqaruvchi to‘g‘ri busoddalashtirilgan italyan palmettasidir. Bunda temir betontirgovich ustunlarga ruxlangan sim qatorlari tarang qilib tortib qo‘yiladi. Bir gektar bog‘ uchun tirgovuch ustunlarning ikki bosimdagi ustun qo‘yiladigan burchaklarni ham qo‘shib hisoblaganda daraxtlar qator orasi 3,5 metr bo‘lsa 200 dona, qator orasi 4 metr bo‘lsa 175 dona temir beton ustun kerak bo‘ladi. Ustunlarning uzunligi yer satxidan balandligi 3,0-3,3 metr, yerga kirgiziladigan 0,6 m qismi bilan 3,6-3,8 m bo‘lishi kerak.
Ustunlarga birinchi simni 50 sm balandlikdan, ikkinchi sim birinchi simdan 35-40 sm, keyingilari bir-biridan 60-70 sm yuqoridan tortiladi.
Meva daraxtlarini har xil payvandtaglarda yetishtirish va shakl berish usullari7
Nazorat savollari:
1. Meva daraxtlariga shakl berish va butashdan maqsad nima?
2. Sust o‘suvchi payvandtagga ulangan daraxtlarni kesish va shakl berish texnologiyasini ta’riflang?
3. Mevali daraxtlarda kesish nimalarga bog‘liq bo‘ladi?
4. Palmetta daraxtlarga shakl berish xususiyatlari boshqa bog‘larga nisbatan farqi nimada?
6-mavzu: Tog‘li yerlarda mevachilik. Tok ko‘chatini yetishtirish. Tokzor barpo qilish.
Reja:
1. Tog‘li mintaqalarda meva bog‘larini barpo qilishni ahamiyati
2. Tog‘li mintaqalarda bag‘larni parvarish qilish agrotexnikasi
Tayanch iboralar:tog‘li hudud, qiyalik, iqlim, namlik, terrasa, kontur, olma, yong‘oq, o‘rik, do‘lana, daraxtlarni parvarishlash, shakl berish, hosilni chamalash, terish, saqlash
Markaziy Osiyo mamlakatlarida 60 mln gektarga yaqin tog‘li yerlar mavjud. Buning 10 % i Turkmanistonda, 15 % i O‘zbekistonda, 25 % i janubiy Qozog‘istondadir. Tojikistonning 90 % yeri tog‘li yerlardir, Qirg‘izistonda esa bu ko‘rsatkich salkam 95 % ni tashkil qiladi. Tog‘li hududlar asosiy suv manbai hisoblanadi. Kuz, qish, bahor va qisman yoz fasllaridagi yog‘ingarchilik hisobiga tog‘larda katta suv manbalari hosil bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda qishloq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud.
Tokka nisbatan meva daraxtlari namni ko‘p talab qiladi. Shuning uchun, ham yillik yog‘in miqdori 600-700 mm ga yetadigan va undan oshadigan tog‘ qiyaliklarida lalmikor bog‘dorchilik bilan shug‘ullansa bo‘ladi. Ko‘pchilik tog‘ qiyaliklaridagi yerlar unumdor bo‘lib, tuprog‘ida 1-2 %, hatto 3-4 % chirindi (gumus) bo‘lgan yerlar ham bor. Tog‘li yerlarda tekislikka nisbatan mevazor bog‘lar barpo qilish ancha qiyin. Yer tekis bo‘lmaganligi uchun tog‘ qiyaliklarida havodan tushadigan namni tuproq qatlamlarida saqlab qolish uchun maxsus zinapoya (terrasa) lar qilinadi.
Tuprog‘i unumdor bo‘lgan tog‘li hududlarda bog‘ barpo qilishda yillik foydali harorat yig‘indisini va tabiiy nam miqdorini e’tiborga olish kerak.
Professor L.M.Molchanov ma’lumotlariga ko‘ra, dengiz sathidan har 100 metr ko‘tarilgan sari, qishda harorat 0,3-0,50, 0,6-0,80 soviydi, shunda mevalarning o‘suv davri 5-10 kunga qisqaradi. Dengiz sathidan qanchalik balandga ko‘tarilgan sari meva daraxti ko‘chatlarining o‘suv davri pastlikda joylashgan hududlarga nisbatan birmuncha qisqaradi.
Tog‘ qiyaliklarida mevali bog‘ barpo qilinganda shu joyning meliorativ holati yaxshilanadi, chunki bunda daraxtlarning ildizlari yerning 1-2 metr va undan chuqurroq qatlamiga taralishi tufayli tog‘ qiyaliklaridagi unumdor tuproq qatlamini sel va yomg‘ir yuvib ketmaydi.
Ma’lumki, tog‘ qiyaliklarida meva daraxtlari, tol va boshqa ko‘p yillik manzarali daraxtlar, butalar ekilmagan maydonlarda ko‘pincha aprel-may, ayrim paytlarda iyun oylarida ko‘pincha sel yog‘ib yerning ustki unumdor qatlamini yuvib ketadi va u katta daryolarga, suv omborlariga hamda ariqlarga oqib tushib, ularni loyqa bosadi. Har yili bu suv manbalarini tozalash uchun ko‘p mehnat sarflanadi. Shuning uchun tog‘ qiyaliklariga ko‘p yillik ekinlarni ekib yer qatlamlarini mustahkamlash zarur (50, 51, 52 – rasmlar).
Nishabi 8-100 bo‘lgan yerlarni 50-60 sm chuqurlikda plantaj pulugida haydab terrasa olmasdan mevazor barpo qilsa bo‘ladi. Lekin, bunda yerlarni ko‘ndalangiga haydash tavsiya qilinadi. Shunda qor va yomg‘ir suvlari yer qatlamlariga yaxshi shimiladi, yerni yoppasiga haydash imkoni bo‘lmasa, ko‘chat ekiladigan 1,5-2,0 m li kengliklar chuqur haydalsa ham bo‘ladi.
Terrasalar oralig‘i daraxtlar shox-shabbasining hajmiga, yon bag‘rlarning qiyaligiga qarab belgilanadi. Masalan, tez o‘sadigan
daraxtlar uchun bu oraliq 7-8 m; yon bag‘irlarning qiyaligi 300 bo‘lganda 9 metrgacha, 350 bo‘lganda esa 12 metrgacha bo‘ladi. Meva daraxtlari yon bag‘irlaridagi 2-2,5 m lik maydonchalarga shaxmat tartibida joylashtiriladi. Terrasa va maydonchalardagi nam yer qatlamlariga yaxshiroq shimilishi uchun ular ichki tomonga 2-30 nishab qilinadi.
Tog‘ qiyaliklarida terrasalardan tashqari, diagonal hamda yoysimon (Chirchiq tipida) nam saqlagich maydoncha ham qilinadi. Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Chirchiq” va “Burchimulla” o‘rmon xo‘jaliklari oddiy qishloq xo‘jalik mashinalari yuraolmaydigan qiyaliklarda maydonchalarga ko‘chat ekish, shu bilan tog‘ qiyaliklarini o‘zlashtirish mumkinligini tajribada isbotladilar va tumanda katta maydonlarda mevazor bog‘lar barpo etildi.
Terrasalar olishda asosiy e’tibor, shu yerda yig‘ilgan suv miqdori talabga to‘liq javob berishiga qaratilgan bo‘lishi lozim. Shundagina bog‘larda o‘tkaziladigan agrotexnika tadbirlarini mexanizatsiya yordamida bajarish mumkin bo‘ladi.
Terrasalar olishda P-5-35 plug, PP-70 greyder, D-20 va TR-2 terraser kabi mexanizmlardan foydalanish mumkin.
Ma’lumki, yangi barpo etilgan bog‘larda dastlabki yillarda yosh ko‘chat ildizi joylashgan qatlamda nam yetarli bo‘lishi kerak. Terrasada yetarli miqdorda nam to‘planishi va uning yuvilib ketmasligi uchun nishabi quyidagicha bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Nishabi 20-270 bo‘lgan qiyaliklarda 70, 270 dan oshiqroq bo‘lganda 100.
Lalmikor qiyaliklarda bog‘ tashkil qilishda ko‘chat ekish muddatining ahamiyati katta. Shuning uchun ko‘chatlar kuzda sovuq tushgunga qadar yoki bahorda kurtaklar uyg‘onguncha ekish tugatilsa eng yaxshi ko‘rsatkichga erishiladi.
Plantaj plugida haydalgan yerlarda ko‘chat ekiladigan chuqurlar ekishdan oldin qazib qo‘yilishi kerak. Chuqurchaning kattaligi 60x60x60 sm, oddiy plugda haydalgan maydonlarda esa 70x60x60 sm. Lalmikor yerlarga yaxshi rivojlangan 1 yoshli ko‘chatlar ekilgani ma’qul.
Tuproq tarkibida gumus kam va eroziyaga uchragan qiyaliklarda bog‘ barpo qilishda har bir chuqurga 4-5 kg dan chirigan go‘ng solinadi. Chuqurlar YaN-1 markali mashinada qaziladi, u bir ish kunida 1000 ta o‘ra qazishi mumkin.
Ko‘chat ekilgan yerlar yozda 2-3 marta kultivatsiya qilinadi, terrasa atroflari begona o‘tlardan tozalab turiladi.
Tuproqda nam saqlash maqsadida, iyun oyida terrasa oralig‘i 5-6 sm qalinlikda mulchalanadi.
Mulcha sifatida shu yerda o‘sib turgan o‘tdan foydalanish mumkin. Har bir ko‘chat atrofiga 5-8 kg dan chirigan go‘ng sochish ham yaxshi samara beradi. Bular kuzda ko‘chat atrofini yumshatish vaqtida tuproqqa aralashtirib yuboriladi.
O‘zbekiston sharoitida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalariga ko‘ra, dengiz sathiga nisbatan har xil balandliklarda ma’lum bir meva ekini turini ekish maqsadga muvofiqligi aniqlangan.
Natijada dengiz sathida 1000-2000 m balandlikdagi yon bag‘irlarda olma, 900-1700 m balandlikdagi shimoliy va janubiy yon bag‘irlarda nok, 800-1500 m balandlikdagi shimoliy va g‘arbiy yon bag‘irlarda o‘rik va shaftoli, 1000-1700 m balandlikdagi yon bag‘irlarda olxo‘ri, 1000-2000 m balandlikdagi shimoliy yon bag‘irlarda tog‘olcha, 800-1500 m balandlikdagi shimoliy va sharqiy yon bag‘irlarda gilos, 1000-1500 m balandlikdagi yon bag‘irlarda yong‘oq, 800-1400 m balandlikdagi hamma yon bag‘irlarda bodom, 700-1200 m balandlikda chilon jiyda va 600-1200 m balandlikdagi yon bag‘irlarda pista va har xil balandlikdagi janubiy, g‘arbiy va sharqiy yon bag‘irlarda do‘lana o‘stirish mumkinligi isbotlangan.
Terrasalarda yong‘oq ko‘chatlari 8-18 m, olma, o‘rik, gilos va nok ko‘chatlari 6-7 m, olxo‘ri ko‘chatlari 5 m, bodom ko‘chatlari 4 m oraliqda ekiladi.
Qolgan agrotadbirlar tekisliklardagi singari bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |