Tuproqni tayyorlash. Yaxshi strukturali tuproqli bir yillik ekinlardan bo‘shagan maydonlarda 40 t/ga organik o‘g‘itlar solingan holda 30-35 sm chuqurlikda haydov o‘tkaziladi. Haydov tuproqni chuqurlashtiruvchi pluglar vositasida amalga oshiriladi. Ikki yillik o‘simliklardan bo‘shagan maydonlarda organik o‘g‘itlarning me’ѐrini ikki marta kamaytirish mumkin.
Urug‘larni ekish ѐki payvandtaglarni o‘tqazish kuzgi davrda o‘tkaziladigan bo‘lsa, haydovni sentabrda amalga oshirish, bahorda ekilganda esa kech kuzda shudgorlash tavsiya etiladi. Ekish oldidan shudgorlangan tuproqqa diskli borona bilan ishlov beriladi, so‘ngra oddiy borona bilan ikki-uch marta yurgan holda boronalanib, begona o‘tlar va o‘tmishdosh ekin qoldiqlaridan tozalanadi. Urug‘ ekish uchun ajratilgan maydon tuprog‘iga yanada puxtaroq ishlov beriladi.
Nazorat savollari.
1. Subtropik ekinlarning ahamiyati nimadan iborat?
2. Subtropik o‘simliklarning biologik xususiyatlari ayting?
Yong‘oq mevali o‘simliklarning asosiy agrotexnik xususiyatlari
Reja:
1. Yong‘oqni qisqacha tarifi.
2. Shakl berish texnologiyasi.
3. Sust o‘suvchi payvandtagga ulangan daraxtlarni kesish va ularga shakl berish.
4. Palmetta daraxtlarga shakl berish.
Tayanch iboralar: meva, rezavor-meva, oila, turkum, tur, kelib chiqishi, vatani, yovvoyi turlari, navlari, botanik ta’rifi,biologiyasi, tashqi muhit omillari.
1. Yong‘oqni qisqacha tarifi
O‘rta Osiyoda asosiy yong‘oqzorlar tog‘ yonbag‘iIrlarilda joylashgan. Eng katta yong‘oqzor Qirg‘izistonning janubiy tog‘larida bo‘lib, 30 miig gektardan ortiq maydonni egallaydi.
Yong‘oq 3akavkaziyada, Moldaviya, Qrim, shimoliy Kavkaz. Ukraina va Ittifoqimiz Yevropa qismining ayrim rayonlarida o‘sadi. Bolqon yarim oroli, Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Pokiston, Xitoy, Koreya va Yaponiyada, shuningdek Farbiy Yevropada, Amerika Qo‘shma Shtatlarida ham yong‘oqzorlar bor.
Meva daraxtlariga ta’sir etadigan eng aktiv agrotexnik usullaridan bo‘lib, ularni parvarish qilish kompleksida muhim element hisoblanadi. Meva daraxtlarini sistemali butash orqali hosilni uch barobargacha oshirish mumkin.
Daraxtlarni butash mevalarini 20,4%gacha yiriklashtiriladi, ularning ta’m sifatini ham yaxshilaydi. Butalgan mevali daraxtlarning tarkibida butalmagan daraxtlarnikidagiga qaraganda shakar va kislotalar ko‘p bo‘ladi. Butash shoh-shabbalarini yig‘inchoq qiladi, shohlashini kuchaytiradi, asosiy (skelet) shohlarini mustahkamlaydi, tirgovichlar qo‘yishga bo‘lgan talabni kamaytiradi, shoh-shabbaning pastki qismlaridagi barglar to‘kilishini (daraxtning yalong‘ochlashini) kechiktiriladi va mevani shoh-shabbaning gektarida hosil bo‘lishiga yordam beradi, daraxtni sinishdan saqlaydi va shu bilan daraxtlarning uzoq yashashini ta’minlaydi. Butash yordamida daraxtlarni yoshartirib bog‘ning mahsuldorlik yoshini uzaytiradi.
Butash daraxtlarning sovuqqa chidamliligini ham oshiradi, ya’ni bunda butalgan daraxtlar yaxshiroq barg chiqaradi va qishki tinim davri uchun ko‘p oziq moddalar to‘playdi. Bu moddalar o‘simlikni sovuqdan himoya qilish quvvatiga ega bo‘ladi.
Nihoyat, butash agrotexnikaning boshqa usullari bilan birga har yilgi hosilni tartibga solib turishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |