Мевачилик ва сабзавотчилик



Download 7,73 Mb.
bet47/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Nazorat savollari:
1. Uzumzor uchun joy tanlash va tuproqni ekishga tayyorlash jarayonlari
nimalardan iborat?
2. Uzumzorlarda tur va navlarini tanlashda qaysi omillarga e’tibor
beriladi?

  1. Uzum ko‘chatlarini ekish tartibini ayting?


7-mavzu: Sabzavotchilik fanining ahamiyati, maqsadi,vazifasi va sabzavotchilikni ruvojlanishi.
Reja



    1. Sabzavotchilik fanining maqsadi va vazifalari.

    2. Respublikamizda sabzavotchilikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan qarorlar va qonunlar.

      Tayanch iboralar: Sabzavot ekinlarining morfologik, biologik va xo’jalik belgilari, bir, ikki va ko’p yillik, generativ va vegetatiy organlari, oziq – ovqatga ishlatiladigan, sabzavot ekinlarining kelib chiqish markazlari, o’sish va rivojlanishi, ontogenezning davrlari, fenalogik fazalari, chuqur va zaruriy tinim davri, yorug’lik rejimi, suv rejimi, oziqa rejimi.

    3. Sabzavotlarning yangi turlarini ko‘paytirish va etishtirilayotgan mahsulotlar salmog’ini oshirish choralari.


  1. Sabzavotchilik fanining maqsadi va vazifalari.

Aholi salomatligi, uning energetika, ichimlik suvi va oziq-ovqat tahminoti yangi ming yillikdagi eng chuqur va global muammo hisoblanadi. Bugungi kunda yer sharida qariyb 6,5 mlrd. dan ortiq kishi yashamoqda va har 50 yilda aholi ikki barobarga ortmoqda. SHu bois insoniyatni oziq-ovqfat bilan tahminlash masalasi birinchi o‘ringa chiqmoqda.
Inson hayotida sabzavotlarning ahamiyati katta. Ular tarkibida turli xildagi biologik faol moddalar ko‘p bo‘lganligi uchun ularni “salomatlik sarchashmalari” deb ham yuritiladi. Sabzavotlar tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan vitaminlarni 15 tasi mavjuddir, mineral tuzlar, fermentlar, fitontsitlar va boshqa biologik faol moddalarning ko‘pligi ular insonlarning muhim oziqa moddasi ekanligidan dalolat beradi. SHunga ko‘ra aholi hayotini davomiyligi va mehnatga layoqatliligi sabzavotchilikni rivojlanishiga bog’liq bo‘ladi.
Dunyo hamjamiyati tomonidan buning chuqur ehtirof etilgani bois, sabzavot va poliz ishlab chiqarish hajmi yiliga ortib bormoqda. Jaxonda 2013 yilda 376,4 mln.t. kartoshka ishlab chiqarilgan.
2011-2013 yillar bo‘yicha jahonda yiliga eng ko‘p kartoshka ishlab chiqaruvchi birinchi beshlikka quyidagi davlatlar kirgan: Xitoy (85,9 mln.t.), Hindiston (45,0 mln.t.), Rossiya Federatsiyasi (29,5 mln.t.), Ukraina (23,2 mln.t.) AQSH (19,1 mln.t.). Ikkinchi beshlikda Germaniya (10,6 mln.t.) yetakchi bo‘lib, undan so‘ng Polg’sha (9,09 mln.t.), Bangladesh (8,2 mln.t.), Belorussiya (6,9 mln.t) va Gollandiya (6,7 mln.t.). Frantsiya – 6,3 mln.t., Eron-5,4 mln.t. Kanada, Buyuk-Britaniya, Misr, Peru, Aljir va Pokiston davatlari 4 mln.t dan ortiq kartoshka ishlab chiqarmoqdalar.
Sersuv mevasi va etli qismi oziq-ovqatga ishlatiladigan bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tchil o‘simliklar sabzavotlar deb ataladi.
Ilgarilari sabzavot ekinlari asosan tomorqalarda-sabzazor-larda o‘stirilgan. Qovun, tarvuz, qovoqlar esa maxsus uchastkalarda-polizlarda yetishtirilgan. Sabzavot yoki poliz ekinlari degan nom ana shundan kelib chiqqan bo‘lib, sabzavotchilik yoki polizchilik deyiladi.
Sabzavotchilik dunyo dehqonchiligida eng qadimiy asosiy va yetakchi tarmoqlardan hisoblanadi. Sabzi, sholg’om, sarimsoq, lavlagi 2 ming, karam, bodring, piyoz kabilar 4 ming yildan beri ekiladi. Markaziy Osiyoda, yahni bizda qovun eramizdan ilgari ham yetishti­rilgan.
Hozirgi paytda sabzavot ekinlari dunyoning barcha mamlakatla­rida o‘stiriladi.
Sabzavotchilik - qishloq xo‘jaligining muhim sohasi bo‘lish bi­lan birga, fan sifatida uning maqsadi - sabzavot ekinlari biologiya­sini o‘rganish va shu asosda mahsulot birligiga kam mehnat, mablag’ sarflab, yuqori, sifatli hamda arzon mahsulot etishtirish texnolo­giyasining nazariy asoslari va amaliy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Sabzavotchilik - o‘simlikshunoslikning ajralmas tarkibiy qismidir. SHuning uchun sabzavot ekinlarini hamma vaqt ham boshqa ekinlardan ajratib bo‘lmaydi. CHunki, karam, kartoshka, sabzi, qovoq, lavlagi, tarvuz, makkajo‘xori kabilarni sabzavot ekini sifatida oziq-ovqatga, chorva mollari uchun yem-xashak va texnik maqsadlarda ishlatish uchun xom ashyo sifatida etishtirish mumkin.
Lekin, sabzavotchilik o‘simlikshunoslikning boshqa tar­moqlaridan quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish