1. Janubiy Osiyo, tropik (Hindiston, Hindi-Xitoy, Janubiy tropik xitoy, Janubiy-sharqiy Osiyo oroli) – bodring, baqlajon, Hindiston salati.
2. SHarqiy Osiyo (Markaziy va SHarqiy Xitoy. Koreya) – pekin va xitoy karami, turp, batun piyozi, rovoch.
3. Janubi-g’arbiy Osiyo (Kichik Osiyo, Eron, Afg’oniston, O‘rta Osiyo, SHimoli-g’arbiy Hindiston, Kavkaz) – qovun, boshli piyoz, sarimsoq, ismaloq, no‘xat, sholg’omning ba’zi turlari, petrushka, sabzi, porey piyozi, latuk salati, qattiq po‘stli oshqovoq.
4. O‘rta yer dengizi (Evropa va Afrikaga oid qirg’oqlari) – karamning pekin va xitoy turlaridan tashqari barcha navlari, lavlagi, sabzi va petrushkaning ba’zi turlari, sholg’om, bryukva, sparja, salat, shivit, pasternak, shovul, no‘xat.
5. Abessiniya – shalot piyozi, xantal, loviya, bamiya.
6. Markaziy Amerika – qalampir, makkajo‘xori, fizialis, olchasimon pomidor, oshqovoq, kartoshka.
7. AND yoki Janubiy Amerika (Peru, Boliviya, Ekvador, SHarqiy Kolumbiya) – pomidor, yirik mevali oshqovoq, kartoshka, lima fasoli.
O‘simliklarning ushbu kelib chiqish makonlari ekologiyasini o‘rganish sabzavot ekinlari xususiyatlarini yaxshi o‘zlashtirish va yuqori hosil etishtirish texnologiyasini to‘g’ri tashkil qilish omilidir.
Sabzavot ekinlari 14 ta botanik oilaga mansub 80 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. SHundan 40 ga yaqin turi O‘zbekistonda ekiladi. Ular morfologik, biologik va xo‘jalik belgilari bo‘yicha keskin farqlanadi. O‘rganishni osonlashtirish uchun sabzavot ekinlari muayyan belgilarning o‘xshashligiga qarab ma’lum guruhlarga birlashtirilgan.
Botanik belgilariga ko‘ra asosiy sabzavot ekinlari quyidagi oilalarga mansubdir.
Bir yillik va ikki yillik sabzavot ekinlari monokarpik bo‘ladi. ya’ni butun hayotida bir marta gullab meva-urug’ beradigan ekinlarga monokarpik ekinlar deyiladi.
Ko‘p yillik sabzavot ekinlari esa polikarpik bo‘ladi. CHunki, ular gullagach, har yili meva-urug’ beradi.
Akademik N.I.Vavilov o‘zining irsiy o‘zgaruvchanlikda gomologik qatorlar qonuni asosida butun dunyo o‘simliklar kollektsiyasini chuqur o‘rganish natijasida 1935 yil madaniy o‘simliklarning, shu jumladan sabzavot ekinlarining kelib chiqish va madaniy ekin sifatida shakllanishining markazlari to‘g’risidagi ta’limotini yaratdi. Bu ta’limotga ko‘ra sabzavot ekinlari 8 ta markazdan kelib chiqqan. Ular quyidagilar:
Xitoy markazi (g’arbiy, markaziy rayonlari). Pekin, Xitoy karamlari, turp, batun piyoz, rovoch shu markazdan kelib chiqqan.
Hindiston (Hindiston, SHarqiy Pokiston, Birma, Bangladesh) markazi. Bu markaz bodring, boyimjon, hind salatining vatanidir.
O‘rta Osiyo (Afg’oniston, G’arbiy Pokiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston). Bu markazdan qovun, bosh piyoz, sarimsoq, ismaloq, rediska, sholg’om, sariq sabzi, gorox kelib chiqqan.
Old Osiyo (Turkiya, Suriya, Eron, Iroq, Isroil, tog’li Turkmaniston, Zakavkazya). Qovun, qattiq po‘stli qovoq, petrushka, porey piyoz, salat shu yerdan kelib chiqqan.
O‘rta yer dengizi markazi. Bu lavlagi, karamni ko‘p turlari, karatinli sabzi, petrushka, sholg’om, sparja, shivit, pasternak, shovul, gorox vatanidir.
Habashiston (Efiopiya). SHalot piyoz, bargli xantal, gorox, bamiya, dukkaklar shu markazdan kelib chiqqan.
Meksika va Markaziy Amerika markazi. Bu markazdan qalampir, makkajo‘xori, fizalis, olchasimon pomidor, muskat qovoq kelib chiqqan.
Janubiy Amerika markazi (Peru, Ekvador, Boliviya). Bu yer tomat, yirik mevali qovoq, kartoshka vatanidir.
Madaniy o‘simliklar kelib chiqishi hamda shakllanishining markazlarini birlamchi va ikkilamchilarga ajratish N.I.Vavilov tomonidan taklif etilgan. Birlamchi markazlar juda qadimiy bo‘lib, ikkilamchi markazlar ancha keyinroq tashkil topgan. Ularning vujudga kelishi dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi rayonlar o‘rtasida savdo-sotiq va boshqa aloqalarning rivojlanishi bilan bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |