25- jadval
Navlar bo‘yicha hosil yig‘im terimi uchun talab qilinadigan vositalar
Nav
|
Kuniga terib olinadigan hosil, t
|
Kundalik hosil yig‘im terimi uchun talab qilinadigan teruvchi soni
|
Kundalik hosil yig‘im terimi uchun kerak:
|
Savatlar, dona
|
Ishlatilib turiladigan yashiklar, dona
|
Tagliklar, dona
|
Konteynerlardona
|
Samarqand tung‘ichi
|
|
|
|
|
|
|
Toshkent boravinkasi
|
|
|
|
|
|
|
Qishki oltin olma
|
|
|
|
|
|
|
Graym oltini
|
|
|
|
|
|
|
Oq razmarin
|
|
|
|
|
|
|
Renet Simirenko
|
|
|
|
|
|
|
Vaynsep
|
|
|
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar:
Danakli turlar hosilini terishni tashkil qilishini o‘ziga xos xususiyatlariga tavsif berish.
Danakli turlar hosilini terib olishning asosiy usullarini aytib berish, ularning ustunlik joylari va kamchiliklarini ko‘rsating.
Mevali va rezavor mevali o‘simliklar hosilini yig‘ishda qo‘llaniladigan asosiy mexanizatsiya vositalari.
Urug‘li turlar mevalarini terish texnikasini ta’riflab bering.
Mevalarning yig‘ib terib olishga hamda iste’mol qilishga yaroqli darajada pishib yetilishi nima? U navlarning tezpisharligiga bog‘liq holda qanday o‘zgaradi.
Hosilga mo‘l sifatida ishlov berish, uning asosiy texnikaviy sharoitlari.
Hosilga yig‘im terimdan so‘nggi ishlov berish va saqlash joylari.
5- mashg‘ulot davomi:
Rayonlashtirilgan meva va rezavor meva o‘simliklarining navlarini tavsifi
Ishdan maqsad: mevali o‘simliklarning O‘zbekistonda rayonlashtirilgan turlari va navlarini o‘rganish. Har bir mevachi agronom mevali o‘simliklarning tur va navlarini, ularning tavsifini yaxshi bilishi lozim. Bu esa bog‘larda agrotexnik tadbirlarni malakali o‘tkazishda tayanch bo‘ladi.
Masalaning qo‘yilishi:O‘zbekistonda rayonlashtirilgan mevali o‘simliklar turlari va navlari bilan tanishish va ularni o‘rganish: olma, nok, behi, o‘rik, shaftoli, olxo‘ri, olcha, gilos, anor, anjir, qulupnay va boshqa mevali o‘simliklar.
Ishni bajarish uchun namuna: O‘zbekistonda o‘stiriladigan meva ekinlar navlarining qisqachata’rifi.
Beliy naliv (oq olma) ertapishar, daraxti o‘rtacha kattalikda, mevasi o‘rtacha yirik, sarg‘ish oq bo‘lib, seret, nordon. Mevasi iyunda pishadi, uni 15- 20 kun saqlash mumkin. uzoq joylarga yuborishga yaroqli. 4-5 yili hosilga kiradi.
Renet Simirenko - qishki nav bo‘lib, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida yetishtirish uchun rayonlashtirilgan. Ko‘chati o‘tqazilgandan keyin 4-5 yili hosilga kiradi. Serhosil, lekin solkash. Mevasi konussimon, o‘rtacha vazni 110-120 g. Terib olingandan to may- iyun oyigacha saqlanadi.
Parmen zimniy Zolotoy - kuzgi nav bo‘lib, O‘zbekistonning deyarli hamma rayonlarida ekish uchun tavsiya etilgan. Daraxti o‘rtacha kattalikda. Mevasining vazni 80-120 g. Pishganida mevasi sariq, qizil taram - taram rangda bo‘ladi. Ko‘chati ekilgach 4-5 yili, ba’zan 6-8 yili hosil bera boshlaydi. Sovuqqa chidamsiz.
Grafenshteyskoe krasnoe - Germaniyadan keltirilgan o‘rtapishar nav. O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ekiladi. Daraxti katta, mevasi yoz oxirida pishadi. 4-5 yili hosilga kiradi. Hosildorligi yaxshi. Mevasi yumaloq, chiroyli, rangdor, o‘rtacha vazni 100 - 130 g, bir oz qovurg‘ali, po‘sti hidli, yog‘li, yashil sariq. Eti sarg‘ish oq, suvli, shirin xushxur. Bu sovuqqa o‘rtacha chidamli nav.
O‘rik - O‘zbekistonda eng ko‘p ekiladigan meva daraxtlaridan hisoblanadi. U asosan Farg‘ona va Zarafshon vodiysida ko‘p tarqalgan bo‘lib, umumiy mevazorning 90 % ini tashkil qiladi. O‘rikning 8 turi ma’lum bo‘lib, shulardan 5 turi uchraydi.
O‘zbekisonda ekiladigan o‘rik navlari uch guruhga: xo‘raki, o‘rik navlari Javpazok, Ruxi juvonon, Axrori, Arzami, Oq o‘rik. Quritiladigan o‘rik navlari: Xurmoniy, Isfarak, Subhoniy, Gulyungi, Bodomiy hamda konservabop o‘rik navlari - Korolevskiy, Vengerskiy va boshqalarga bo‘linadi.
O‘rik daraxti kuchli va tez o‘sishi, tez hosilga kirishi, uzoq yashashi, issiqqa va qurg‘oqchilikka chidamliligi bilan Yevropa guruhiga kiradigan navlardan ajralib turadi.
Daraxtlarning o‘sishi va rivojlanishi hamda ertagi o‘rik mevalari pishishi uchun hammasi, bo‘lib 2500oS li foydali harorat yig‘indisi talab qilinadi.O‘rik daraxtlari qattiq sovuqqa chidamliligi bilan farq qiladi. Lekin eng muhim kamchiliklaridan meva kurtaklari juda erta uyg‘onib, gullay boshlashidir. Ana shu davrda havo harorati pasayib ketsa, ularni sovuq urib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |