Мевачилик ва сабзавотчилик


Umumiy ma’lumotlar va uslubiy ko‘rsatmalar



Download 7,73 Mb.
bet134/158
Sana22.02.2023
Hajmi7,73 Mb.
#913624
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158
Bog'liq
МЕВАЧИЛИК ВА САБЗАВОТЧИЛИК dorivor va ipakchilik МАЖМУА

Umumiy ma’lumotlar va uslubiy ko‘rsatmalar
Barcha mevali o‘simliklar muayyan guruhlarga bo‘lingan: urug‘li mevalar, danakli mevalar, yong‘oq mevalilar va hokazo. Ularning kelib chiqishi, hosilga kirishi, mevasining rangi va boshqa tavsiflarini o‘rganish. Materialni o‘rganishda quyidagi jadval to‘ldiriladi.
27-jadval
O‘zbekistonda rayonlashtirilgan meva va rezavor meva o‘simliklarining navlarini tavsiflash

Nav

O‘ziga xos belgilari

Gullash davri (o‘n kunlik, oy)

Terimbop yetilgan-
lik (o‘n kunlik)

Iste’molliy maqsadi

Hosil, t.
ga (1 o‘simlik-
dan, kg)

O‘sadi-
gan qism-lari

Mevasi

Olma :
Samarqand tung‘ichi,
Toshkent borovinkasi,
Qishki oltin olma,
Jonatan,
Oq razmarin,
Renet Simirenko,
Vaynsep



















Nok:
Klappa suyukligi,
Olive de Serr,
O‘rmon go‘zali



















Behi:
Samarqand yirik behisi,
Sovxoznaya



















O‘rik:
Arzomi,
Subhoni



















Shaftoli:
Lola,
El’berta



















Olxo‘ri:
Berton,
Ispolinskaya,
Malinosimon



















Olcha:
Qora shpanka
Podbel’ olchasi



















Gilos:
Sariq Dragana,
Revershon





















Anor:
Qozoqi anor





















Anjir:
O‘zbekiston sariq anjiri





















Qulupnoy:
Kulver,
O‘zbekiston





















Nazorat savollari:
1. O‘zbekistonda keng tarqalgan olma navlarini sanab bering?
2. Bog‘ barpo qilishda navlarning ahamiyati bormi?
3. Navlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?


mashg‘ulot:
Tokzorlar barpo qilish loyixasini tuzishda xisob kitoblar


Mashg‘ulot maqsadi:Uzum ko‘chatini yetishtirish uchun tayyorlangan qalamchalar sifati katta ahamiyatga ega.
Mashg‘ulot mazmuni: Tok ko‘chatini ekishga kirishishdan oldin, har bir xo‘jalikda tokzor barpo qilish rejasi avvaldan tuziladi. Tokzor ko‘p yillar uchun bir marta barpo etiladi. Uning hosildorligi, uzoq yashashi va sermahsulligi ko‘p jihatdan uni to‘g‘ri tashkil qilishga bog‘liq. Tok o‘tqazishda yo‘l qo‘yilgan xatolar o‘simlikning kelgusi holatida ba’zan bir necha yildan so‘ng seziladi, lekin bu vaqtda ularni tuzatish qiyin bo‘ladi yoki tuzatib bo‘lmaydi. Shuning uchun tokzor barpo qilishdan oldin asosiy e’tiborni navlarni tanlash va qaratilishi kerak.
Navlarni tanlashdan oldin, rayonning ixtisoslashganligi, shu xo‘jalik rejasini, uzumning asosiy foydalanish yo‘nalishini, uzumni xo‘raki yoki sharobbop navlarini yetishtirish nisbatlarini hisobga olish kerak. Ekish uchun faqat rayonlashtirilgan navlar olinadi.
Xo‘jalik ixtisoslashganligi bog‘liqligidan 4-5 xil rayonlashgan sharobbop va 5-7 xil xo‘raki navlarni, qaerdaki mana shu joyning mikroiqlimi hususiyatlariga eng yaxshi mos keladigan, noqulay tashqi sharoitlarga eng chidamli hisoblangan va yetishtirish maqsadga muvofiq.
Rayonlashtirilgan navlardan eng yaxshilari ajratib olinadi, qaerdaki bu nav eng ko‘p maydonni egallashi kerak va xo‘jalikni yuqori sifatli mahsuloti mashxur markali sharoblarni yaratishini ta’min etsin.
Kuchatlarni ekishga tayyorlash, ekish va parparishlash.
Tok bir joyda 40-50 va undan ortiq yil usib hosil beradi. Uning ko‘p yashashi, mahsuldorligi, asosan, to‘g‘ri joylashtirilishiga bokliq. Yangi tokzorlarni barpo qilish, ayniqsa hozirda bozor islohatlari davrida katta kapital xarajatlar bilan bog‘liq. Bu borada yo‘l qo‘yilgan xatoni tuzatish juda qiyin. Shuning uchun tokzor uchun joy tanlash va uni ekishga tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
Tokzor uchun yer tanlash direktiv organlar tominidan qatiy belgilangan texnik-xuquqiy xujjat asosida amalga oshiriladi. Unda tokzor uchun ajratidigan yerning xududi, navlar va ularning texnologik yo‘nalishi (xo‘raki uzum, kishmish hamda vino tayyorlash yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashtirilishi) belgilangan bo‘ladi. Buning uchun maxsus komissiya qaror qabul qilishi lozim. Tokzor uchun yer tanlashda uning rel’efi, qiyaliklarining ekspozitsiyasi, yer osti suvlarining chuqurligi va kimyoviy tarkibi. Tuproq va iqlim sharoitlari; suv xavzalari kabi sharoitlar inobatga olinadi.
Uzbekistonning tuproq -iqlim sharoitliri barcha xududlarda tok o‘stirish imkonini beradi. Tokzor uchun tekis, unumdor va suvli yerlar ajratilgani ma’qul. Biroq g‘alla, paxta, shakarqamish, zigir, kanop kabi o‘simliklar uchun noqulay hioblangan )-qumli va toshloq yerlar, tog‘ va tok oldi yonbag‘rlari ham tok o‘stirish uchun qulay hisoblanadi. Shuningdek, tog‘li va adirli zonalarning qiyaligi 100 bo‘lgan yerlarda ham tok o‘stirish mumkin. Bunday yerlarda tok yorug‘likdan, shamoldan, yaxshi foydalanadi, mexanizatsiya yordamida ishlov berish imkoniyati tug‘iladi. Qiyaliklar 10° dan oshganda tokzor barpo qilishdan oldin supacha (terrasa) qilinadi. Pog‘onali supachalar keng tarqalgan. Bu tuproqni erroziyadan saqlaydi, parvarishni yengillashtiradi. Tog‘li yerlarning janubiy yonbashlari issiqroq va quruqroch bo‘lgani uchun tok ustirishga kulay hisoblanadi. Bunlay yerlarda tok qatorlari qiyalikka ko‘ndalang qilib olinadi. Baland (tik) qiyaliklarda tok supachalarga ekiladi.
Tok uchun kuchli sho‘rlangan, yer osti suvlari 1 m dan yuqori pastkam yerlar yaroqsiz. Ammo ularning meliorativ holatini yaxshilab tok o‘stirish mumkin. Tokning o‘sishi, mahsuldorligi, hosilining sifati kup jihatdan tuproq harakteri va xususiyatlariga bog‘liq. O‘zbekistonda bo‘z va o‘tloqi-bo‘z, o‘tloqi tuprpoqlar tok o‘stirish uchun qulay hisoblanadi. Tuproq qatlami 50-60 sm dan kum bo‘lmagan toshshagal yerlarda ham sifatli hosil yetishtirish mumkii. Tokzor uchun yer tanlashda shamol rejimiga ham ahamiyat berish lozim. Shamol kuchli esuvchi, himoya daraxtlari bilan o‘ralmagan yerlar tok uchun xatarli. 2. Yerni ekishga tayyorlash. Yerni ekishga tayyorlashda bir qator tashkiliy va agrotexnika usullari begona o‘tlardan tozalash, yerni tekislash, organik va mineral o‘g‘itlar solish va h.k. amalga oshiriladi. Begona o‘tlardan tozalash uchun yer 20-25 sm chukurlikda haydalib, ildiz poyalaridan tozalanadi. Buning uchun plugli borona va kultivatorlardan foydalaniladi. Eski bog‘, tokzor, butazorlardan bo‘shagan yerlarga 2-3 yil dukkakli va dukkakli-boshoqli ekinlar (no‘xot, loviya, soya, beda, bug‘doy, arpa, javdar va boshqalar) aralashmasi ekiladi. Ularning ko‘pchiligi kuzda yashil o‘g‘it sifatida haydab yuborilishi ham mumkin.
Yer osti suvlari yaqin (1-1,5 m) bo‘lgan yerlarning mileorativ holati yaxshilangach tok ekish mumkin. Aks xolda tok tuplari rivojlanmay, xatto nobud bo‘lishi mumkin. Bunga ildiz sistemasining kislorod yetishmasligidan shikastlanishi, yer osti suvi tarkibidagi oksid shaklidagi tuzlarning chala oksidlanishi shakliga o‘tishining ildizga xalokatli ta’siri sabab bo‘ladi. Bunday xolatlarning oldini olish uchun zovurlardan foydalaniladi. Nam qochiruvchi, sho‘rsizlantiruvchi va erozion zovurlar bo‘ladi. Keyingi vaqtlarda diametri 40-50 mm li plastmassa drenaj quvurlaridan keng foydalanilmoqda. Ular DPBN-1,8 . quvur yotkizgichlar yordamida 1,5-1,8 m chuqurlikka yotkiziladi.
Tokzorga issiq (garmsel) hamda sovuq shamollar, kuchli yomg‘ir (jala, sel) jiddiy zarar yetkazadi. Ulardan saqlanish uchun tokzor atrofiga himoya daraxtlarini ekish zarur. Bir ischa qator qilib ekilgan o‘rmon daraxtlari va butalar tokzorni bunday Ty’sirotlardangina amas balki uni qor bosishdan, tuproq erroziyasi va ko‘chishidan ham saqlab qoladi.
Tokchilikda asosan oqimni va shamolni tortibga soluvchi himoya daraxtlaridan foydalaniladi. Birinchisi asosan tog‘ va tog‘oldi zonalarida qo‘llanilib, bunda 3-5 qator butasimon o‘simliklar (olcha, smorodina, malina, tol va boshqalar) 1x0,5 m sxemada ekiladi. Shamolni tartabga soluvchi himoya daraxtlari kvartallar xududi bo‘ylab bir qator yongoq (6 m oraliqda), 2-3 qatordan terak, o‘rik, olcha, (qator oralari 2 m, tuplar oralig‘i 1-1,5 m) ekiladi. Himoya daraxtzorlari o‘rtasidagi oraliq tekis maydonlarda har 500-1000 m, tog‘li joylarda har 200-300 metr bo‘lishi lozim. Shuningdek, ular tokzorlardan 10 m uzoqlikda joylashtiriladi.

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish