Metallarni payvandlash. Payvandlanuvchanlik
1.Payvandlash turlari.
2.Metallarning payvandlanuvchanligi.
3.Payvand birikmalarining asosiy turlari.
4.Payvand choklarining asosiy turlari.
Metallarni payvandlash
Turli konsto’qsion material bulaklari atomlararo tortishish kuchlari ta’sir etadigan darajada yaqinlashtirib, yaxlit qilib biriktirish jarayoni payvandlash deyiladi. Bunday xolga ikki materialni eritish bilan yoki plastik xolgacha qizdirib, bosim ostida ushlash bilan yetishiladi. Payvandlash iqtisod tomondan tejamli, progressiv, yaxshi mexanizatsiyalashtirishgan texnologik jarayondir. Payvandlash bilan 5mk dan 25000 mm gacha o’lchamli materiallarni biriktirish mumkin. Dshlatiladigan energiya formasiga qarab, payvandlash 3 klassga bo’linadi:
1.Termik
2.Termomexanik
3.Mexanik
Termik klassga metallarni eritib payvandlashda issiqlik energiyasidan foydalaniladigan turlar kiradi: elektr yoyda payvandlash, plazma payvandlash, elektroshlak payvandlash, elektron-nurli payvandlash, lazer bilan payvandlash, gazaviy payvandlash.
6.1-jadval
Payvandlash usullari
1882 yil rus ixtirochisi Benardos N.N. ko’mir elektrod bilan payvandlashni ixtiro qilgan. 1888y inj Slavyanov N.G. metall elektrod bilan. Termomexanik klassiga, payvandlashda issiqlik energiyasidan va bosimdan foydalanidigan turlari kiradi: kontaktli, diffuzion. Mexanik klassiga, mexanik energiyasidan va bosimdan foydalaniladigan turlari kiradi: ultrotovushli, portlash bilan, ishqalash bilan va h.k.
Metallarning payvandlanuvchanligi
Metallarning mavjud usullarda texnikaviy talablarga javob bera oladigan darajada payvandlanish xususiyati ularning payvandlanuvchanligi deyiladi.
Metall va qotishmalarning payvandlanuvchanligi, asosan,ularning kimyoviy tarkibiga, tarkibidagi metallmas qo’shinmalarning xiliga, miqdoriga, taksimlanipshga va payvandlash usulining xususiyatig’a bog’lik.
Kuzatishlar ko’rsatadiki, turli qalinlikdagi kam uglerodli (SO,2 5%) oddiy va legirlargan po’latlar istalgan temperatura sharoitida yaxshi payvandlanadi. Po’lat tarkibida uglerod miqdori 0,30%dan ortishi bilan payvandlashda termik ta’sir zonasidagi temperaturada toblanishi sababli payvandlanuvchanligi yomonlashadi, chunki u mo’rtlashib, darz ketishga moyil bo’lib qoladi.
Shu sababli tarkibida 0,30%dan 0,42%gacha uglerod bo’lgan po’latlar konikarli darajada payvandlanuvchi po’latlarga kiradi. Bunday po’latlarni 5°S dan yuqori haroratda payvand qilinadi. Agar zagotovka qalin bo’lsa, uni 100:200°Sgacha qizdirib payvand qilish kerak.
Po’lat tarkibida uglerod miqdori 0,42-0,55% gacha bo’lsa, bu po’latlarni payvandlanishi cheklangan.
Po’lat tarkibida uglerod 0,55%dan ko’p bo’lsa, u yomon payvandlanadi.
Agar cheklangan darajadagi yoki yomon payvandlanuvchi po’latlarni payvandlash zarur bo’lsa, choklarni payvandlashdan oldin 150-500°C qizdirish va payvandlashdan so’ng termik ishlash zarur.
Metallarning payvandlanuvchanligiga oltingugurt, fosfor, uglerod singari elementlar salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Uglerod miqdori bir xil bo’lgan uglerodli po’lat bilan legirlangan po’lat solishtirilsa, legirlangan po’lat payvandlanuvchanligi pastroq. Chunki, legirlangan po’latlarning issiqlik o’tkazish qobilyati past va tez oksidlanib payvandlanishda karbidlar hosil qiladi. Natijada mo’rtlashib, darz ketishga moyil bo’ladi. Bu po’latlarni payvandlashda germik rejimga katiy rioya qilish kerak. O’ta qizdirishga yo’l quymaslik kerak.
Cho’yanlar tarkibida uglerod ko’pligi sababli mo’rt bo’lib, po’latlarga nisbatan ancha yomon payvandlanadi. Rangli metallar va ularning qotishmalarining issiqlikni yaxshi o’tkazishliligi, oson oksidlanishi, sezilarli darajada chizig’iy kengayishi, gazlar (Oz, N2, N2)ni yutishi va boshqa xususiyatlari payvandlashda ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi.
6.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |