Global savdo mexanizmi.
Umumjahon savdo tashkiloti (UST) 199 yilning 1-yanvarida tashkil topdi. UST
koʻp tomonlama savdo tizimlarining huquqiy va institutional asosidir. U muhim
shartnoma majburiyatlarni ta’minlaydi. Bu shartnoma majburiyatlari hukumatlarga
ichki qonunchilikni shakllantirish va amalga oshirishda, shuningdek tashqi savdoni
boshqarishni aniqlab beradi. UST 1947 yilda tashkil topgan va 1948 yilning 1-
yanvaridan kuchga kirgan Tariflar va savdo boʻyicha bosh kelishuv (GATT)ning
davomchisi hisoblanadi. UST kelishuvi xalqaro savdoning yangi qonuniyatlarini,
Urugvaydagi koʻp tomonlama muzoqaralar jarayonida erishilgan bitimlarni umumiy
idoraga jamlashni qamrab oladi. Bu qoidalar GATT doirasida 12 ta mamlakat
ishtirokida yetti yil davom etgan va 1993 yilning 1 dekabrida Urugvayda tugagan
koʻp tomonlama muzoqaralar natijasidir. Vazirlar 1994 yil aprelda Marokashdagi
majlisda Yakunlovchi aktni imzoladilar. 1 apreldagi «Marokko deklaratsiyasi» Shuni
tasdiqladiki, Urugvay raundi natijalari jahon iqtisodiyotini mustahkamlab, savdo va
kapital qoʻyilmalarini, bandlikni liberallashtirib, butun jahonda tushumlarni
274
koʻpayishga olib keladi. GATT-USTning qismi sifatida quyidagi asosiy qoidalarga
ega:
1.
Tariflar orqali milliy iqtisodiyotni himoyalash. GATT erkin savdo bilan
shugʻullansa ham USTga a’zo mamlakatlari oʻzlarining milliy sanoatini tashqi
raqobatdan himoya qilish huquqiga egaligini tan oladi. Biroq, GATT mamlakatlardan
tariflar orqali himoya qilishni talab etadi. Bu tamoyilni amalda bajarilishini
ta’minlash uchun GATT qonun - qoidalariga koʻra bir necha istisnolar boʻyicha
miqdoriy cheklovlardan foydalanish man etildi.
2.
«Tariflarni aloqalash». Davlatlar koʻp tomonli savdo kelishuvlari orqali
milliy sanoatni qoʻllab-quvvatlashni kamaytirishi, iloji boʻlsa, tariflarni kamaytirib,
boshqa savdo toʻsiqlarini olib tashlashi kerak. Tariflar ma’lum darajada kamayib
«aloqa»ga kirmoqda. Aloqaga kirishish shuni bildiradiki, aniq bir mahsulotni
munosabatga kirishishdagi tarif darajasi UST a’zosining majburiyatidir va asosiy
savdo sherigi bilan kompensatsiya haqidagi kelishuvsiz tarifni oshira olmaydi.
3.
«Eng qulay rejim» .GATT ning ushbu qonuni ajratmaslik prinsipi
hisoblanadi. Qonunda ta’kidlanishicha, eksportyor va importyor davlatlarga
oʻzgartirilgan tarif va boshqa me’yorlar USTning a’zosi boʻlgan boshqa davlatlarga
ham kamsitishlarsiz qoʻllanilishi kerak. Xech qanday davlat boshqasiga alohida
savdo foydasi yoki kamsituvchi choralar qoʻya olmaydi. Hamma bir xil darajada va
hamma savdo toʻsiqlarini tushirish maqsadidagi barcha choralardan foyda oladi.
4.
«Milliy rejim». Agar afzal koʻrilgan davlatlarda kamsitish man qilingan
boʻlsa, «Milliy rejim» qoidasida esa bozorga chiqarilgan tovarlar davlat ichida ishlab
chiqarilgan ekvivalent tovarlar bilan bir xil shart- sharoitda amalga oshirilishi kerak.
Umumjahon Savdo Tashkilotiga a’zo boʻlish jarayoni qiyin va uzoq vaqtni talab
qiladi. Birinchi bosqichda USTga qoʻshilishni xohlovchi davlatlarning hukumat
boshliqlari USTda kuzatuvchilik huquqini beruvchi ariza beradi. Bunda hukumat
USTga yuboruvchi oʻz memogapdumida mamlakatning savdo va iqtisodiy siyosatini
toʻliq qamrab olgan aspektlarni taqdim etadi. Bu memogapdum qoʻshilish
toʻgʻrisidagi soʻrovlarni toʻliq oʻrganish uchun asos boʻladi. Shundan soʻng USTga
ariza beruvchi davlatlar boʻyicha ishchi guruh tuziladi. Ishchi guruh yigilishlarida
ariza bergan hukumat tovar va xizmatlar savdosiga nisbatan oʻz huquq va
majburiyatlarini aniqlab olishlari maqsadida qiziquvchi a’zo-mamlakatlar
hukumatlari bilan ikki va koʻp tomonlama muzokaralar olib boradi. Muzokaralar
natijasida USTga kirayotgan davlat tovarlar va xizmatlar savdosi boʻyicha bajarishi
lozim boʻlgan va oʻzgartirilmaydigan aniq bir tariflar beradi. Ariza beruvchi
davlatning savdo rejimini oʻrganish va bozorga kirishga imkon beruvchi muzokaralar
tuzish bilan ishchi guruh asosiy qoʻshilish shartlarini ishlab chiqadi va yigʻilish
natijasiga koʻra USTga kirayotgan davlat toʻgʻrisida qaror tayyorlaydi va bu hujjatlar
bosh kengash yoki vazirlar konferensiyasida tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Qoʻshilish toʻgʻrisidagi qaror UST a’zolarining 2/3 qismi ovoz bergan taqdirda
imzolangan hisoblanadi. USTga a’zo boʻlgan davlat Urugvay raundi qamrab olgan
bitimlarni qabul qilishi va amalga oshirishi kerak boʻladi.
Urugvay raundi yangi koʻp tomonlama savdo tizimi tashkil topishida muhim rol
oʻynaydi. 1994 yilning 1 aprelida Marokashda (Marokko) 12 ta a’zo-
275
mamlakatlarning vazirlari Urugvay raundi quyidagi tizimlardan tashkil topganligini
tasdiqlovchi bitimni imzoladilar.
Umumjahon Savdo Tashkiloti toʻgʻrisida Marokash bitimi.
•
Tovarlar savdosi
•
Xizmatlar savdosi.
•
Xizmatlar savdosi. Xizmatlar savdosi boʻyicha bosh bitim (GATS)
•
Intellektual resurslar huquqi (IPRS). Intellektual resurslar savdosi boʻyicha
bitim oʻz navbatida:
-
Chegaralangan ishtirokchilar soniga ega sektorial savdo bitimga.
-
Fuqaro aviatexnikasi boʻyicha bitimga.
-
Davlat xaridorlari toʻgʻrisidagi bitimlarga boʻlinadi.
2001
yilning noyabrida Doha shahrida (Qatar) USTning 4-vazirlar
konferensiyasi boʻldi. Uning natijasida «Doha taraqqiyot tartibi» savdo
muzokaralarining yangi raundi bosqichi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Konferensiyada dunyo savdo tizimining liberalizatsiyasi boʻyicha qoʻyidagi asosiy
mavzular- xizmatlar, sanoat mollari savdosi tariflari, intellektual mulk huquqining
savdo tomonlari, qishloq xoʻjaligida ichki qoʻllab-quvvatlash va eksportga
subsidiyalar berish, «Singapur muammolari», savdo va investitsiya, raqobat borasida
siyosat, davlat xaridlarida tgapsparentlik, savdo hamkorligi, savdo va atrof-muhit
muammolari kabi mavzular koʻrib chiqildi. Bu muammolar boʻyicha turli qarashlar
konsepsiyasi bilan bogʻliq boʻlgan jahonning 148 mamlakatni savdo vazirliklari 2003
yilning 10-14 sentyabrida Meksikaning Kankun shahrida boʻlib oʻtgan USTning -
vazirlar konferensiyasi chogʻida savdo tizimini erkinlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan
yagona fikrga kela olmadilar.
Jahon amaliyotida tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishni tarif va notarif
uslublari mavjud boʻlib, ularni qay me’yorda va qay koʻlamda qoʻllanilishi har bir
davlatning tashqi iqtisodiy siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy
yoʻnalishlari bilan belgilanadi. UST talablariga koʻra barcha tashqi savdo
operatsiyalari imkon qadar tariflar yordamida, ya’ni bojxona bojlari asosida tartibga
solishni maqsadga muvofiq.
UST tashkil etilgunga qadar GATT 1960-yillar oxirlarida notarif uslublarni
tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishda qoʻllanilishi «xalqaro savdoni erkin
oqimiga toʻsqinlik qiluvchi, tarifdan oʻzga barcha choralar»-deb e’tirof etgan. Ularni
turkumlash va tegishli guruhlarga ajratish boʻyicha hozirgi kungacha xalqaro
miqyosda kelishilgan va tasdiqlangan umumiy bir qoida yoʻq. Shu tufayli tashqi
savdoni davlat tomonidan notarif uslublar asosida tartibga solishda xalqaro
(universal) me’yoriy hujjat mavjud emas.
UST, xalqaro savdo palatasi, BMTning savdo va rivojlanish boʻyicha
Konferensiyasi, Jahon taraqqiyot va tiklanish banki, AQSh tarif komissiyasi hamda
turli olimlarning notarif uslublarini turkumlashga oʻzgacha yondashuvlari mavjud.
BMTni savdo va rivojlanish konferensiyasi tashqi savdodagi notarif uslublarni
(notarif cheklovlarni) quyidagi turkumlarga boʻladi va u umuman olganda USTning
turkumlashiga mos keladi:
276
a)
paratarif uslublar
b)
narxlarni nazorat etish choralari
c) moliyaviy choralar
Paratarif uslublar oʻz mazmuniga koʻra tegishli davlat hududida xorijiy
tovarlarni kiritish chogʻidan bojxona bojlaridan tashqari mavjud boʻlgan barcha
toʻlovlar, soliqlar, aksizlardan tarkib topgan boʻlib, bojxona yoki boshqa savdoni
nazorat etuvchi organlar tomonidan undiriladi. Bir koʻrishdan ular bojxona bojlari
singari qoʻllanilsada, iqtisodiy mazmuniga koʻra notarif uslublar sanaladi. Masalan,
qoʻshimcha qiymat soligʻi (QQS), aksizlar, bojxona undiruvlari, ichki soliqlar,
maxsus maqsadli toʻlovlar. Ular ichida QQS, aksizlar juda keng qoʻllanilsada, ayrim
davlatlarda esa oʻzgacha tarzdagi toʻlovlar, soliqlar tarzida belgilangan.
Masalan, Avstriyada «Eksportni rivojlantirish fondiga yigʻim», Daniyada «Atrof
muhit himoyasi uchun yigʻim», Shvetsiyada «Oʻsimliklarni himoyalash uchun soliq»,
Finlandiyada «Chiqindilarga kurash uchun yigʻim» va boshqa shu kabi yigʻim va
soliqlar shular jumlasidandir. Umuman olganda paratarif uslublar tegishli
mamlakatning yalpi bojxona rejimiga bilvosita ta’sir oʻtkazadi.
Narxni nazorat etish choralari-import qilinayotgan tovarlar narxini sun’iy
kamaytirishiga yoki eksporter davlatdagi eksport subsidiyalariga qarshi belgilangan
barcha turdagi chora tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bu holat koʻpgina importyor
davlatlarga jahon eksport narxlaridan past narxlarda tovarlar kiritilishida uchraydi va
antidemping toʻlovlari (poshlinalarni) qoʻllanilishini keltirib chiqaradi.
GATTning 1994 yillarda qabul qilingan VI-moddasiga (odatda u «Antidemping
Kodeksi» deb ataladi) koʻra, dastlab demping holatini (faktini) aniqlash uslubi orqali
antidemping toʻlovlari (poshlinalarni) qoʻllash yuridik jihatdan asoslanishi lozim.
Shundan soʻng, antidemping toʻlovlarni (poshlinalarni) qoʻllash uchun tegishli
tekshiruvlar oʻtkaziladi va u haqiqatda importyor davlatning tegishli tarmogʻi uchun
moddiy zarar yetkazganligini aniqlash kerak.
Koʻplab davlatlar oʻrtasidagi savdo-sotiq operatsiyalarida antidemping
tekshiruvlari tahlili shuni koʻrsatadiki, koʻpgina holatlarda «dempingdagi ayblov»
toʻliq isbotlanmay qoladi. Lekin, ushbu tekshiruvlarni boshlanish jarayonining oʻzi
davlatlar oʻrtasidagi savdo-sotiq munosabatlariga, ayniqsa yirik eksportyor va
importyor tashkilotlar oʻrtasiga sovuqchilik tushiradi.
Bundan tashqari, koʻp davlatlar eksportga koʻmak berish maqsadida
dotatsiyalar, soliq imtiyozlari, imtiyozli tariflar va boshqa turdagi moliyaviy vositalar
bilan protensionistik siyosati tadbirlarini amalga oshiradilar. «Yangi proteksionizm»
deb nom olgan ushbu choralarni qoʻllash tartibi UST doirasida qabul qilingan
«Subsidiyalar va kompensatsion poshlinalar toʻgʻrisidagi Bitim»da oʻz aksini topgan.
Moliyaviy choralar- valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning oʻziga xos
qoidalari tarzida tashqi savdo aloqalarida qoʻllaniladi. (Masalan, tashqi savdo
operatsiyalaridan olingan valyuta tushumining bir qismini albatta sotish tartibi).
Miqdoriy nazorat choralari (kvotalash) tegishli mamlakatga muayyan tovarlarni
kiritish va chiqarishdagi miqdoriy chegaralarni qoʻllanilishida oʻz ifodasini topadi.
GATTning 1994 yilda qabul qilingan hujjatlarida miqdoriy choralarni
amaliyotda qoʻllanilishidan voz kyechish-jahondagi tegishli iqtisodiy munosabatlarni
277
erkinlashtirish omili sifatida belgilangan boʻlsada, u yoki bu tovar boʻyicha miqdoriy
cheklovlarni qoʻllashga ruxsat etilgan. Shu tufayli, koʻpgina davlatlar, mamlakatning
toʻlov balansida muvozanatni saqlash, ichki bozordagi raqobatni ta’minlash
maqsadlarida miqdoriy cheklov (kvotalash) choralarini qoʻllaydilar. Koʻp hollarda u
import qilinayotgan tovarning fizik miqdori boʻyicha cheklov, (xususan tonna, dona,
metr va h.k.) yoki tovarlar guruhi boʻyicha pul miqdoridagi cheklov (masalan, mln.
AQSh dollari hajmida) belgilandi.
Avtomatik litsenziyalash choralari, tegishli tovarni mamlakatga kiritish va
chiqarishda
muayyan
hujjat-litsenziyaning
mavjud
boʻlishini
talab
etadi.
Litsenziyalash kiritilishi bilan tovarlar savdosini monitoring qilish, kuzatish imkoni
vujudga keladi. Odatda litsenziyalashning avtomatik tarzda amalga oshirilishi
koʻpgina davlatlar tajribasida keng qoʻllanildi. UST doirasida «Importni
litsenziyalash tadbirlari toʻgʻrisidagi Bitim» (Importni litsenziyalash Kodeksi)
mavjud boʻlib, u import litsenziyalarini berishdagi rasmiyatchiliklarni soddalashtirish
va unifikatsiyalashtirishga qaratilgan.
Monopolistik choralar tarkibiga davlatning rivojlanish bosqichida ichki va tashqi
savdo tizimini davlat qoʻlida saqlanishiga oid boʻlgan tashkiliy jarayonlar kiradi.
Tashqi savdoga davlat monopoliyasi u yoki bu tovar guruhiga yoki barcha tizimga
ham taaluqli boʻlishi mumkin. Bunda ushbu tadbirlar ma’naviy asoslar, sihat-
salomatlikni saqlash (masalan, alkogol va tamaki mahsulotlariga nisbatan), aholini
uzluksiz dori-darmon bilan ta’minlash, oziq-ovqat boʻyicha xavfsizlik (masalan, don
mahsulotlariga nisbatan), sanitariya-veterinariya nazoratini kuchaytirish maqsadlarida
(masalan, oziq-ovqat va goʻsht mahsulotlariga nisbatan) qoʻllanilishi mumkin.
GATTning 1994 yilgi Bosh Bitimining XVII- moddasi tashqi savdoda
monopolistik choralar qoʻllanilishini nazarda tutadi va davlat savdo korxonalarining
unda faoliyat yuritishini man etmaydi. Lekin, ular oʻz faoliyatida diskriminatsiyaga
yoʻl qoʻymasliklari va tijorat prinsiplari asosida sifat va narx boʻyicha mutanosiblikni
ta’minlashlari zarurligi alohida ta’kidlab oʻtilgan.
Texnik choralar yoki texnik baryerlar. Import qilayotgan mamlakat oʻz milliy
standartlari asosida xavfsizlik va tovarlar sifatini nazorat etish maqsadida ushbu
notarif uslubdan foydalandilar. Ushbu turkumga cheklovlar muayyan bir standartlar
tarzida boʻlib, eksport qilinayotgan tovarlar sifatini ta’minlash, ishlab chiqarish
texnologiyasini takomillashtirish, insonlar hayoti va xavfsizligini ta’minlash, atrof
muhit himoyasi, milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan asoslangan boʻlishi lozim.
UST doirasida savdoda texnik barerlar toʻgʻrisidagi Bitimga asosan har qanday
davlat majburiy texnik standartlarini belgilashi mumkinligi ta’kidlab oʻtilgan.
Xususan, u tovarlarni qadoqlanishi, markirovkasiga ham tegishli boʻlishi mumkin.
Amalda qoʻllanilaetgan texnik barerlar texnik standartlar tarzida mahsulot sifatining
texnik me’yorlarini (masalan, elektr toki quvvati, kuchlanishi, mahsulotning milliy
oʻlchov birliklar tizimiga mosligi, ekologik zararsizligi va h.k. talablar) ifodalaydi.
Tashqi savdoda texnik barerlarni qoʻllayotgan davlatlar xalqaro standartlar asosida
uni belgilashlari yoki nima asosida kiritilayotganliklari haqida UST sekretariatiga
xabar berishlari lozim.
278
Tashqi savdo operatsiyalarini tartibga solishda asosiy oʻrinni tarif uslublari
xususan, import bojxona tarifi egallaydi. oʻz tabiatiga koʻra import bojxona tariflari
bir-biriga bogʻlangan toʻrt asosiy elementdan tarkib topadi:
•
mamlakatga kiritiladigan tovarlar turkumining (nomenklaturasi) tizimga
solingan tarkibi. Odatda u Bojxona hamkorligi Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan
va UST/GATT tizimida tan olingan «Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning komil
tizimi» (ingl. Harmonised Commodity Description and Coding System) asosida
amalga oshiriladi. Koʻpgina hollarda u sodda tarzda «Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar
nomenklaturasi»;
•
bojxona qiymatini aniqlash uslublari va bojlar undirish tartibi. U tegishli
davlatning Bojxona Kodeksi va Boj tariflari toʻgʻrisidagi qonun va hukumatning
maxsus qarorlari asosida amalga oshiriladi;
•
bojlarni kiritish va bekor qilish mexanizmi (tartibi). Bu elementlar ham
Bojxona kodeksi, Boj tariflari toʻgʻrisidagi qonun hamda hukumat yoki qonun
chiqaruvchi organlarning maxsus qarorlari asosida amalga oshiriladi;
•
tovarlarni kelib chiqish mexanizmini aniqlash qoidalari. UST/GATT hamda
xalqaro bojxona tashkiloti yoʻriqnomalari, tavsiyalari asosida tovarga qaysi manzilda
koʻproq qoʻshimcha qiymat qoʻshilganligiga asoslanib, unga asosiy ishlab chiqarilgan
davlat manzilini belgilash.
Shunday qilib, tashqi savdoni tartibga solish uslublari oʻta murakkab va oʻzaro
bogʻliq boʻlgan qoida va tartiblar bilan bir qatorda, turli yoʻnalishdagi choralarni oʻz
ichiga oladi. Tashqi savdoda tarif va notarif uslublarni qay me’yorda qoʻllanilishi
tegishli mamlakatning tashqi savdo siyosatiga bogʻliq.
Do'stlaringiz bilan baham: |