6. Liberal tip. Jamoa va jamoatchilik bilan ishlash jarayoni har hil tarzdagi
yondashuvni amalga oshirishni taqozo etadi. Ijtimoiy psixologik vaziyatning o’zi
liberal uslubdan foydalanish zaruriyatini vujudga keltiradi. Tashkilot hamisha
hammutlaq birlik, o’zaro tushunuv uzluksiz ravishda hokimlik qiladi, degan qatiy
qarordan yiroqdir. CHunki muassasaning ichki tuzilishi hilma-hil bo’lsa,
bo’g’inlarning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda turlicha maromda munosabatga
kirishishni talab qiladi. Umumiyat fikri, yakkahol qatiyatga yon berish,
vaziyat bilan hisoblanish, ya`ni liberal munosabat egallashi mumkin. SHuning
uchun real psikologik holat, hodisa muhitidan kelib chiqqan holda liberal
yondashishni qo’llash nizoli, mojaroli vaziyatning oldini olishga xizmat qiladi.
Lekin hamisha murosachilik bilan ish yuritish menejer obro’siga putur etkazadi. Liberal toifaga kirib qolganlik qat`iyatsizlik printsipi, bosh yo’nalishi zaifligi odatiy voqelik ekanligini anglatadi. Liberal uslub vaziyatdan engil chiqib ketishning vositasi sifatida tatbiq etilishi mumkin, xolos. Aks holda menejment faoliyati shunchaki tashqi ko’rinishga egaligi to’g’risida soxta taassurotni vujudga keltiradi. Qat`iyatsiz, murosador menejer hozirgi davr uchun ahamiyatli siymo emas, buni hech unitmaslik zarur.
7. Pedant tip. Tashkilotga rahbarlik qilishda turlicha uslublardan
foydalanib kelinadi. Ulardan yana bittasi - bu pedantizm toifadir. Hamkorlik
faoliyatining barcha jabhalariga rasmiyatchilik nuqtai nazardan yondashish ustuvorlik
qiladi. Pedantlik ishining birlamchi va ikkilamchi darajasi bo’lmasligi to’g’risidagi
g’oyani o’zida mujassamlashtirgan bo’lishiga qaramay, ichki noroziliklarni keltirib
chiqarishi ehtimol. Har bir harakat, har qaysi xujjat savodxon, namunaviy,
risoladagidek rasmiyatlashuviga asoslangan menejer uslubidir. SHuni xotiradan
chiqarmaslik joizki, har bir jamoa a`zosiga ishonish lozim, lekin harakatning sifatini nazorat qilish nuqsonlarning oldini olish garovidir. Pedantizm umumiy
faoliyat yakuniga foyda keltirishi bilan bir davrda qo’l ostidagilar uchun xavf-
xatar, qo’rqinch hislarini uyg’otadi. Ko’p hollarda xodimlarda sinchkovlik
ehtiyotkorlik tuyg’ularini shakllantiradi, mas`uliyatni orttiradi. Xuddi shu boisdan
bu uslub ijtimoiy psixologiyada turlicha baholanishga ega, ularning ba`zilari
ijobiy voqelik sifatida talqin qilsa, boshqa bir guruh nazariyotchilar erk
nuqtai nazaridan o’sha salbiy munosabat bildiradilar.
8. Diffuz tip. Menejment faoliyatini uyushtirish davomida diffuz (aralash
yoki noaniq, shakllanmagan uslubdan foydalanish hollari uchraydi) toifasiga
aloqador menejerlar uchrab turishi ijtimoiy psixologiyada qayd qilingan. Har
qanday kasbda ham mahorat cho’qqisini egallash qiyin kechgani kabi rahbarlik
lavozimida ham o’z ish uslubiga ega bo’lishlik muayyan tajribani talab etadi.
Menejer shaxsiy uslubga ega bo’lganiga qadar har hil yo’llarni qo’llaydi, lekin
hamisha ham muvaffaqiyatga erishavermaydi. SHuni unutmaslik kerakki, har qanday
rahbar shaxsiy uslubga ega bo’ladi, degan mulohazaga ehtiyotkorona yondashgan ma`qul. Menejmentlik bu san`at, uning murakkab, nozik jixatlarini egallash barcha
rahbar kadrga bir tekis nasib etavermaydi. SHuning uchun unda ham biologik, ham
ijtimoiy shartlangan xususiyatlar yaqqol ko’zga tashlangan taqdirdagina kamolot
sari intilish tabiiy ravishda amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |