Menejment psixologiyasi


Ham ilhomlantiruvchi, ham ijro etuvchi menejer tipi



Download 0,65 Mb.
bet32/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi

3. Ham ilhomlantiruvchi, ham ijro etuvchi menejer tipi (toifasi) bozor iqtisodiyoti davrida muhim ahamiyat kasb etib, bir tomondan ijtimoiy faollikni vujudga keltirsa, xodimlarda fidoiylik (tuyg’ularini uyg’otsa, ikkinchi tomondan ularda ijrochilik intizomini mustahkamlashga yordam beradi. Ishga va faoliyatga nisbatan bunday yondashuv boqimandalik kayfiyatini, yuqoridan buyruq kutib turishga ko’nikish hissini asta-sekin yo’qotib yuborishga puxta zamin yaratadi. O’zining namunaviy harakterologik xususiyatlari, irodaviy sifatlari (mustaqillik, qat`iyatlilik, sabr-toqatlilik, jasorat va xokazo), ijodiy g’oyalarni muhokama uchun qo’yish, umumiy safarbarlikka jamoa a`zolarini tortish orqali chin ma`noda obro’-e`tibor qozonishga musharraf bo’ladi. YUqoridan kuzatuvchi, nazoratchi, ish yurituvchi sifatida ishlash uslubida jamoa bilan aralashib, hamkorlik tarzidagi faoliyatda tez-tez qatnashib hurmat va extiromni keltirib chiqaradi. Ushbu ish uslubida oraliq (distantsiya) kamayadi, yaqinlik esa tobora kuchayadi Menejer bilan xodimlar o’rtasidagi ruhiy yaqinlashuv psixologik iliq muhitni yuzaga keltiradi. Lekin ma`lum ma`noda rahbar bilan tobe kishilar o’rtasida subordinatsiya saqlanishi maqsadga muvofiq, chunki xatti-harakatlarning ma`lum me`yorda bo’lmasligi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
4. Avtoritar tipi. Ijtimoiy psixologiya fanida qo’llanilib kelayotgan eng qadimgi menejer (rahbar) ish uslubi avtoritar tushunchasida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy hayotda haq-xuquq, demokratiya elementlari muayyan ta`sir kuchiga ega emas ekan, demak avtoritar holat hukmronlik qilaveradi. Insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotida formatsiyalar va ularning har hil shakllari hukm surgan davrlarda avtoritar ish uslubi etakchilik qilib kelgan. Avtoritar ishlash uslubini egallagan menejerlar o’zlarini yakka boshliq sifatida tan oladilar, tanho hukm va xulosa chiqarishga odatlanganlar. Fan va texnikaning taraqqiyoti, jamiyatda shaxslararo munosabatlarni boshqa asosga, ya`ni tenglik, erkinlik, o’zaro hurmat, mas`uliyat, javobgarlik printsiplari negizida qurilishini taqozo etadi. Lekin bir tomonlama hurmatga tayangan holda munosabat o’rnatilishi ichki qarama-qarshiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Jamoa, jamoatchilik fikr va mulohazalarini inobatga olmaslik yoki unga intilmaslik avtoritar ishlash uslubi ustuvor ekanligini anglatadi. Ba`zan vaqt tig’izligi va taqchilligi davrida avtoritar uslubidan foydalanish holatlari uchrasa - buning hech qanday nuqsonli tomoni yo’qdir. Avtoritar tipga taalluqli menejer o’zini yakka hokim sifatida his etsa-da, biroq uning jamoa a`zolari bilan umumiy tomonlari juda kam ekanligi omili armon tuyg’usini uyg’otadi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish