Menejment psixologiyasi



Download 0,65 Mb.
bet42/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi

Darsning ta`lim maqsadi.
Talabalarga tashkilotchilikni hayotda tatbiq etish uchun individual uslublar haqida bilim berish va malaka, ko’nikma hosil etish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi.
Talabalarda pedagogik takt xislatini o’stirish. Ularda demokratik tipdagi rahbarga hos sifatlarni shakllantirish.
Indvidual uslub nima ?
Mustaqillik tufayli hozirgi rahbarlarning tashkilotchilik qobiliyatini har tomonlama hayotga tatbiq etib qadriyatlarga ega natija olishga keng imkoniyatlar yaratildi. Rahbar o’z tashkilotchilik faoliyatida insonlar jamoasi guruh bilan muomalada bo’ladi. U guruh psixologiyasi qonuniyatlari, har bir guruh a`zosining individual psixologik xususiyatlarini, intellektual potentsialini, tafakkur xislatlarini, harakter va mijoz imkoniyatlarini, irodaviy, emotsional holatlarini kerakli darajada bilmog’i zarur. Bu bilimlar tashkilotchiga har bir ishchi, hamkasb shaxs bilan individual xislatiga qarab muomala o’rnatishga zamin yaratadi, ularni qo’yilgan maqsad sari jamlashga, kuchlarni bir yo’nalishga qaratishga yordam beradi. Natijada tashkilot oldiga qo’yilgan maqsad optimal ravishda o’z vaqtida bajariladi.
Rahbar - tashkilotchi bugungi yangilanish, demokratiyalash, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi, xodimlarning mehnat, ijtimoiy va siyosiy faolligini kuchaytirish uchun umumiy va maxsus psixologik va pedagogik bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib, shular asosida jamoa faoliyatini tashkil eta bilish qobiliyatini o’zida ongli rivojlantirishi maqsadga muvofiqdir.
Bugungi rahbarning tashkilotchilik faoliyatida qo’llaniladigan uning boshqaruvga tayyorgarligini negizlaridan birini tashkil etadigan vosita maxsus psixologik bilimlar majmui hisoblanadi. Tashkilotchi uchun kishilarning psixikasiga va kayfiyatiga ta`sir ko’rsatishga asoslangan psixologik, pedagogik va sotsial - psixologik boshqarish vositalari katta ahamiyatga egadir. Har bir ishchi - xodimning o’z individual xususiyatlari mavjud. Rahbar shularni bilishi va ulardan ishlab chiqarganni boshqarishga oid kundalik ishida mohirlk bilan foydalanishi kerak. Bu vositalar ijtimoiy fikrni shakllantirishda, kishiga jamoa va ijtimoiy xulq - atvor normalari orqali ta`sir o’tkazishga qaratilgan. Jamoa va xodimlarga ta`sir o’tkazish usullarining hammasi bir - biri bilan bog’langan va birlikda mavjuddir.
Tashkilotchining jamoadagi faoliyatida ishlatiladigan individual uslublardan asosiylarini ta`kidlab o’tamiz. 1. Maqtash, 2. Rag’batlantirish. 3. Individual suhbat o’tkazish. 4. SHaxsiy o’rnak ko’rsatish. 5. Ogohlantirish. 6. Jazolash (ishdan bo’shatish).
Rahbar shaxsining tashkilotchilik faoliyatida bu vositalardan mohirona foydalanishi kadrlar bilan to’g’ri munosabatni tashkil etishda xodimlar psixologik hislatlarini nazarda tutib ular mehnat faolligini va mehnat unumdorligini oshirishga yordam beradi.
Xodimlarning mehnat, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshiradigan uslublardan rag’batlantirish, maqtash, shaxsiy o’rnak ko’rsatish maqsadga muvofiqdir. Rahbar tashkilotchi hamma vaqt har bir ishchining nafaqat tashkilotdagi hayoti bilan balkim uning ijtimoiy va oiladagi hayoti bilan ham tanishishi lozim. Ishchi tashkilotga o’z vaqtida kelib ishchi vijdonan va sifatli ish bajarsa, rahbar buni e`tibordan chetta qoldirmasligi bu ishchiga o’z e`tiborini qaratishi lozim. Rahbarning bir yaxshi so’zi ishchining mehnat faolligini yanada oshirishga sabab bo’ladi. Germaniya zavodida shunaqa qoida: agar ishchi o’z ishini yaxshi bajarsa unga ko’proq haq beriladi. Agarda ishchi sport bilan shug’ullansa unga bir yilda yana qo’shimcha bir oylik maosh beriladi. Bu tipdagi moddiy rag’batlantirish har bir ongli ishchining hayotiy, iqtisodiy, ijtimoiy faolligini yanada oshishiga zamin yaratadi.
Tartibni buzgan ishchi bilan rahbar maxsus maqsadli suhbat o’tkazishi mumkin. Agarda suhbatdan keyin ishchi-xodim faoliyat tartibini yana buzsa (ishchi kechikib kelsa yoki sababli kelmasa, ish vaqtida spirtli ichimlik ichsa, sifatsiz mahsulot chiqarsa, boshqalar bilan dag’al munosabatda bo’lib ular bilan janjal qilsa, ijtimoiy ishlarga qatnashmasa) rahbar xodim bu ishchi xodimga ogohlantirish va hatto ishdan bo’shatish vositalarini ishlatishga majbur bo’ladi.
Bu vositalardan tashqari tashkilotchining ixtiyorida ishontirish, tanqid va o’z-o’zini tanqid etish, majburlash kabi vositalar hamma vaqt tayyor turadi. Bu vositalar yordamida tashkilotchi ishchi ongi, tafakkuri, hissiyoti va irodasiga real ta`sir o’tkazadi va tashkilotda tartib, faoliyatda sifatli mahsulot chiqarishga erishadi. Guruhda esa u normal ijobiy psixologik munosabatlarni saqlaydi. Professor V.Karimovaning yozishicha odamlar bir biri bilan faoliyat jarayonida (muallif qo’shgan) muomalaga kirishar ekan, ularning asosiy ko’zlagan fikr g’oyalariga ko’ndirish, harakatga chorlash, ustanovkalarni o’zgartirish va yaxshi taasurot qoldirishdir. Psixologik ta`sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlariga ta`sir ko’rsata olishdir. Ijtimoiy psixologiyada psixologik ta`sirning asosan uch vositasi farqlanadi:
1. Verbal ta`sir bu jarayon davomida tashkilotchi so’zi va nutqi orqali ta`sir o’tkazadi. Nutq bu so’zlashuv, o’zaro muomala jarayoni bo’lib, uning vositasi so’zlar hisoblanadi. Rahbar o’zining ham monologik, ham dialogik nutqida so’zlar zahirasidan foydalanib, eng ta`sirchan so’zlarni topib, ishchilarga ta`sir ko’rsatishga harakat etadi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish