Menejment psixologiyasi



Download 0,65 Mb.
bet40/58
Sana28.01.2023
Hajmi0,65 Mb.
#904551
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58
Bog'liq
Menejment psixologiyasi

3. Kasbga yaroklilik: tashkilotchilik va rahbarlikning ilmiy asoslarini bilish;
bozor iqtisodiyoti imkoniyatlariga tayanib tashkilotchilik bilan shug’ullanish; muomala
pedagogikasi va psixologiyasini bilish; tashkilotchilikning maqsadi, vazifalari va
vositalarini yaqqol bilishi; har bir ishchining individual sifatlarini bilish;
boshqalarni tashkilotchilikka o’rgata olish; iqtisodiiy, ijtimoiy va siyosatga doir
muammolarni vaqtida payqab olish va echishga intilish malakasi; yangi axborotga ega
bo’lish va uni ishlata bilish malakasi; insonni potentsial imkoniyat va qobiliyatlarini
ishlata bilish malakasi; ishchilarning muammolarini vaqtida bilish va ularni echish
malakasi; o’zini fikran ishchi o’rnini qo’ya bilish malakasi; vaqtida qaror qabul qilish
tashkilotchilikka oid korrektsion ishlar olib borish malakasi; ishchilar bilan bozor
iqtisodiyotiga mos keladigan o’zaro munosabat o’rnata olish malakasi; iqtidorli
tashkilotchi-rahbarlarning ish tajribasi; shaxsiy sifatlarini o’rganish va boshkalar.
Bulardan tashqari rahbar shaxsini, tashkilotchilik qobiliyatini o’stirishda maxsus tayyorgarlik ham o’z samarasini beradi. Buning uchun bo’lajak rahbarlarda tashkilotchilik qobiliyatlarini o’stirish maqsadida psixologik, pedagogik treninglar, maxsus kurslar, seminarlar va suhbatlar o’tkazish maqsadga muvofiqdir.


2. Qobiliyatlarning faoliyatda namoyon bo’lishi.
Tashkilotchining qobiliyatlari uning ish jarayonida namoyon bo’ladi. Faoliyat shaxs bilan muhit o’rtasida muayyan yo’nalishga ega bo’lgan o’zaro tasir ko’rsatish jarayoni bo’lib, bu jarayon davomida odam o’z oldiga ongli ravishda aniq maqsad qo’yadi va unga ergashadi. Inson faoliyatining elementi ish bajarish bo’lib, ish bajarish jarayoni tufayli odam o’z muhitiga faol ta`sir etadi va oldiga qo’ygan maqsadni ro’yobga chiqaradi. Har qanday ish faqat harakat bilan amalga oshadi, harakat orqali maqsad modeli reallikka aylantiriladi.
Qobiliyat insonni o’yin, o’qish, mehnat faoliyatida namoyon bo’ladi. Boshqa sifatlari kabi, qobiliyat jihatdan ham odamlar bir - biridan farq etadilar. Qobiliyatli odam u yoki bu ishni tez, sifatli bajarsa, qobiliyati sust odam xuddi shu ishni tez lekin sifatsiz bajaradi. Odamning qobililiyatlik sifati uning ijodiyligi, mustaqilligi va tezkorligi kabi harakatlarda o’z ifodasini topadi.
Har bir faoliyat turi tashkilotchi shaxsdan qobililiyatlilikni ma`lum darajasini talab etadi. Qobililiyatlilik esa aql-intellektning ilmiy-izlanishi bilan bog’liq.
Iste`dodliligi yuqori darajada o’sgan tashkilotchi shaxsning aqli, idroki, xotira, xayol, tafakkur kabi ruhiy jarayonlari ancha rivoj topgan bo’ladi, unda irodaviy xislat barqarorlashgan, nutqning mantiqligi , qisqaliligi va ta`sirchanligi bilan ajralib turadi. SHuning uchun ularning kuzatuvchanligi, bilimlarni tez va unumli o’zlashtirishi va bu bilimlarni tezda o’z faoliyatida qo’llay olishi yaxshi rivoj topgan. Bu tipdagi rahbarlar o’z tashkilotchilik faoliyatida bilimlar asosida o’z sohasi bo’yicha yangilik yaratishda boshqalardan ajralib turadilar. Talantli tashkilotchi shaxslar katta hajmdagi amaliy va nazariy masalalarni hal eta oladilar, ilg’or harakterga ega bo’lgan yangilik va ijodiy ishlarni amalga oshiradilar. Talantli rahbar va tashkilotchi deganda o’z faoliyatida boshqalarga o’rnak bo’luvchi shaxs tushuniladi.
Buyuk fizik olim - G.Galiley ilmiy yaratuvchanlikni psixologik bilimlar bilan bog’lab shunday deydi: "Ilmiy yaratuvchanlik iste`dod va qobiliyat bilan bog’liq bo’lib, u to’rt fazadan iboratdir.
1. Hodisa, predmet, narsani idrok etish, hissiy tajriba, diqqatni biron bir hodisaga qaratilishi bilan belgilanadi. Lekin hali bu narsa haqida bilim bilan boyitmaydi;
2 Aksiomaga o’tish, taxminlash (gipoteza);
3. Qabul qilingan aksiomadan mantiqiy xulosa chiqarish;
4. Amaliy tajriba (eksperiment) -yangilik ochishning asosiy mezoni.
Buyuk biolog, genetik, S.I.Vavilov yaratuvchanlikni nafaqat iste`dod, talant bilan balki rahbarning bilimdonligi va u asosda evristik modellarni hayotda qo’llash, modelni tahlil etib yangi axborot olish bilan bog’laydi. Eksperiment esa yangilik yaratishning asosidir, deb ta`kidlaydi olim. Psixolog Razumovskiyning aytishicha yaratuvchanlik psixofiziologik xususiyatlarga ega. Rahbarning yaratuvchanlik qobiliyati yozadi olim - uning barcha tashqi va ichki, ob`ektiv va sub`ektiv xususiyatlari bilan harakterlanadi. Bu xususiyatlarga kiradi: YAngilik; narsaning ijtimoiy qadrliligi; uni hissiy - emotsional qabul qilishi; tafakkurdagi jarayonlarni teranligi; intuitsiyaning borligi; tushunishning voqeligi, noxosligi....
Rus buyuk fiziologi I.P.Pavlov intiutsiya mexanizmi haqida yozadi: "Men hamma vaqt o’z tafakkurimda determinizmga yondoshaman. Mening intuitsiyam nimadan iborat. Bu shundan iborat ediki, men natijani tushunardim, esda tutardim. Lekin motivatsiya jarayonini esda saqlamasdim. Har bir intuitsiyani shunday tushunish mumkinki, inson natijani biladi kutadi, lekin butun bu xulosaga keltirgan yo’lni esda tutmaydi shu vaqtda. Intuitsiya vaqtida inson yangilikka olib kelgan vositalarni anglamaydi, Anglash keyinroq boshlanadi. Intuitsiya natijasida olingan yangi bilimlar avvalgi bilimlar bilan qo’shilib yangi xulosa yangi qonuniyatlarni ochishga imkon yaratadi. A.Puan Kare bu haqda ta`kidlaydi: "Logika isbotlaydi, lekin intuitsiya yaratadi. SHunday qilib rahbar shaxsiyatidagi tashkilotchilik qobiliyati, uning samaradorligi bilan baholanadi. Tashkilotchilik qobiliyati yangi g’oya asosida biron-bir tashkilot, assotsiatsiya, korparatsiya, uyushma, firma yaratish, bu g’oya atrofida ham fikr ishchilarni birlashtirish, xalq uchun vatan uchun o’zi uchun foyda olish, qo’yilgan maqsadni optimal bajarish, yangi texnika va texnologiyalarni qo’llash, har bir ishchining fizik psixofiziologik ijtimoiy xususiyatlardan tashkilot uchun samarali foydalanish yangilik yaratish sifatli mahsulot chiqarish va uning raqobatbardoshligini oshirish, qadriyatlarni avaylab asrash kabi funktsiyalarda namoyon bo’ladi va qadrlanadi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish