Menejer va rahbar tiplari to’g’risida tushuncha.
Jahon ijtimoiy psixologiyasi fanining turlicha yo’nalishlari, har hil xususiyatli namoyondalari tomonidan to’plangan behisob ham nazariy, ham amaliy materiallarni tahlil qilish va umumlashtirish ularni muayyan mohiyatiga (mazmunga) ko’ra menejer (rahbar)larni quyidagi tiplarga (toifalarga) ajratish imkonini yuzaga keltiradi:
I. Faoliyatning mazmuniga ko’ra:
1.Ilhomlantiruvchi.
2. Ijro etuvchi ijrochi).
Z. Ham ilhomlantiruvchi, ham ijro etuvchi (ijrochi).
II. Faoliyatning uslubiga binoan:
1. Avtoritar.
2. Demokrativ.
Z. Liberal.
4. Pedant.
5. Aralash (diffuz).
III. Faoliyatning xususiyatiga qarab;
1.Universal (ko’pqirrali, ko’pyoqlama keng ixtisosli, ya`ni keng profilli).
2. Biryoqlama, ya`ni tor ixtisosli, cheklangan xususiyatli.
Endi ushbu psixologik tasnifga, turkumlashga asoslangan holda ularning har qaysisiga taalluqli bo’lgan tavsiflarga to’htalib o’tamiz. SHuningdek, yaqqol hayotiy tajribalarga asoslanib ularning mohiyatini ochishga, psixologik hodisalarini esa ro’y-rost tushuntirib berishga harakat qilamiz.
1. Ilhomlantiruchi tip. Xulq-odob, muomala va faoliyatni amalga oshirish
jarayonida xodimlarga tezkorlikda yordam ko’rsatish, fidoyilik xususiyatini amaliy
jihatdan namoyish qilish tufayli ilhomlantiruvchanlik hislatini boshqarishga
muvaffaq bo’ladi.
Menejerning ilhomlashtiruvchi tipi umumiy ijtimoiy psixologik holati yoki aniq ishni tashkil qilishni boshqarishda, sport musobaqalarida, shaxslararo munosabatda jonkuyarlik namunasini aks ettirishda ko’zga tashlanadi, taqlid, yuqtirish, ta`sir o’tkazish (interaktsiya) orqali o’zining qo’li ostidagi odamlarning ruhiy holatida ichki turtki (motiv) uyg’otadi, faollikni oshirishga (motivatsiya), o’zini o’zi kashf qilishga, ochishga puxta zamin hozirlaydi.
2. Ijro etuvchi (ijrochi) menejer (rahbar, boshqaruvchi) yuqoridagi (yuqori
tashkilotlardan, rahbariyatdan) kelib tushayotgan jamiki yo’l-yo’riqlarga,
topshiriqqa, majburiyatga sitqidildan, haqchil ravishda yondashadi, mas`uliyat
hissiga asoslanib muassasa, tashkilot, boshqarma, vazirlik hokimiyat tomonidan
bajarilishi rejalashtirilgan ishlarni (topshiriqlarni) o’z vaqtida va sifatli ado
etilishini ta`minlashga rahnamolik yoinki boshchilik qiladi. Uning qo’l ostidagi
jamoa a`zolarining barcha bo’g’inlarida ijro iitizomining yuksak saviyada
bo’lishini yakka tartibda nazorat qiladi, har qaysi alohida shaxs oldiga ijtimoiy
psixologik talab darajasida faoliyat ko’rsatish zaruriyat ekanligini uqtiradi. Har
qanday holat yoki vaziyatda menejer talabchanlik, tashkilotchilik qobiliyatini namoyish qiladi, lekin ijodiy izlanish, umumiy nizom, me`yoriy hujjatlar mazmunidan, talabidan tashqari chiqish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
Menejer o’zining xulq-odobida, muomala maromida, faoliyatni amalga oshirish va uyushtirishda o’zgalarning ruhiyatida taqlidiylikni vujudga keltiradi va ijtimoiy psixologik muhitda tobe kishilar shaxsining kamolotida ta`sirchan rol o’ynashi mumkin. Xuddi shu boisdan ijroning vositalari, psixologik mexanizmlari (ta`minlash asoslari), xodimlar va xizmatchilarga ta`sir o’tkazishning yo’l yo’riqlari bilan qurollanganlikni anglatadi, shuningdek, intizom muvaffaqiyat (yutuq) garovi, kafolati ekanligini tushunish taraqqiyotga (progressga) negiz bo’lishi mumkinligini bildiradi. Joriy, taqvim, haftalik, kundalik reja bo’yicha ish yuritishni ta`minlash, o’z muhlatida amaliy ifodasini qaror toptirishga intilish, izchillik, uzviylik, mantiqiylik, umumlashganlik aqliy faoliyat tarkiblari mavjud bo’lishiga nisbatan ijobiy munosabat tuyg’usini yuzaga keltirish uchun hamkorlik faoliyatini (menejer bilan xodimlarning birgalikdagi xatti-harakatlari majmuasini) takomillashtirish, o’zgalarga ta`sir o’tkazishning (interaktsiya), o’zgalarni ishontirishning (suggestiya) yangi, innovatsion texnologiyasi bilan yaqindan tanishish hamda ishtirokchilarda tortilganlik hissini takomillashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |