Menejment nazariyasi


Ilm iy   m enejm ent  (1885—1920)



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

Ilm iy   m enejm ent  (1885—1920). 
Ilmiy  menejment  F.U. 
Teylor,  Frenk  va  Liliya  Gilbret  hamda  Genri  Gantt  ishlari  bilan 
chambarchas  bog‘liq.  Bu  ilmiy  menejment  maktabining  ijodkorlari 
kuzatish,  o'lchashlar,  m antiq  va  tahlil  ishlatib  ko‘p  tarm oqli 
operatsiyalarni  mukammalashtirish  m umkin  deb  hisoblashgan, 
shuningdek,  ularni  samarali  bajarishga  erishishga  harakat  qilgan- 
lar.  Ilmiy  menejmentning  birinchi  uslubiy  davri  -  ish  mazmunini 
tahlil  qilish  va  uning  asosiy  komponentlarini  aniqlashdir.  Masalan, 
Teylor  inson  turli  o'lchovli  belkurakda  qancha  temir  ruda  yoki 
ko'mirni  ko'tara  olishini  g'oyat  sinchkovlik  bilan  o'lchagan.  Gil- 
bretlar  esa  mikroxronometrni  ixtiro  qildi.  Ular  uni  kinokamera 
bilan  birga  ishlatib,  aniq  operatsiyalarda  qanday  harakatlar  bajarili- 
shini  va  buning  uchun  qancha  vaqt  sarflanishini  aniq  bildilar.  Olin- 
gan  m a’lumotlarga  asoslanib  ular  ortiqcha  harakatlarni  bartaraf 
qilish  uchun  ish  operatsiyalarini  o'zgartirgan  va  standart  protse- 
duralar  va  jihozlarni  ishlatib  ish  samaradorligini  oshirishga  intil- 
gan.  Masalan,  Teylor  shuni  aniqladi-ki,  agar  ishchilar  21  funt  (8,6  kg 
atrofida)  sig'imli  belkurak-kurakchalardan  foydalansa,  temir  ruda 
va  ko'mirning  maksimal  miqdori  oshirilishi  mumkin.  Oldingi  tizim- 
ga  nisbatan  bu  fenomenal  yutuqni  berdi.
Ilmiy  menejment  insoniy  omilni  e’tiborsiz  qoldirmasdi.  Ishlab 
chiqarish  samaradorligini  va  ishlab  chiqarish  hajmini  oshirishda 
ishchilami  qiziqtirish  maqsadida  rag'batlantirishdan  muntazam  ravish- 
da  foydalanish  shu  maktabning  muhim  hissasi  bo'ldi.  Shuningdek, 
ishlab  chiqarishda  qisqacha  dam  olishlar  va  muqarrar  tanaffuslar


imkoniyati  ham  ko'zda  tutilgan  edi,  shu  sababli,  belgilangan  top- 
shiriqlarni  bajarishga  ajratilgan  vaqt  miqdori  realistik  va  adolatli 
belgilangan  edi.  Bu  rahbariyatga  ishlab  chiqarishning  bajarilishi 
mumkin  bo'lgan  me’yorlarni  belgilashga  imkoniyat  bergan  va  kirn 
belgilangan  minimumdan  oshgan  bo'lsa,  ularga  qo'shimcha  haq 
to'lanardi.  Bu  yondashuvda  muhim  element  shuki,  kim  ko'p  ishlab 
chiqarsa,  o'sha  ko'p  taqdirlanardi.  Ilmiy  menejmentga  oid  ishlar 
mualliflari  ham  o'zlari  bajarayotgan  ishlarga  jismoniy  va  ma’naviy 
jihatdan  mos  keladigan  insonlarni  tanlashning muhimligini  tan  olar- 
dilar va  ular,  shuningdek,  yo'qotishning ulkan  ahamiyatini  ta’kidlab 
o'tganlar.
Ilmiy  menejment,  shuningdek,  rejalashtirish  va  chuqur  mulo- 
haza  qilish  funksiyalarini  ishlarni  haqiqatan  bajarishdan  ajratishni 
himoya  qilgan.  Teylor  va  uning  zamondoshlari  menejment  bo'yicha 
ish  -  bu  aniq  mutaxassislik  va  agar  har  bir  ishchilar  guruhi  o'zi 
muvaffaqiyatli  qiladigan  narsaga  e’tiborini  mujassam  etsa,  unda 
tashkilot  umuman  yutuqqa  erishishini  tan  olganlar.  Bu  yondashuv 
ishchilar  o'z  ishlarini  o'zlari  rejalashtiradigan  eski  tizimga  keskin 
qarama-qarshi  edi.
Ilmiy  menejment  konsepsiyasi  keskin  burilish  bosqichi  bo'lib 
qoldi,  shu  tufayli  menejment  ilmiy  tadqiqotlarning  mustaqil  sohasi 
kabi  keng  tan  olindi.  Birinchi  bor  omilkor  rahbarlar  va  olimlar  ilm- 
fan  va  texnikada  foydalaniladigan  usullar  va  yondashuvlar  tashki­
lot  maqsadlariga  erishish  amaliyotida  ham  samarali  ishlatilishi 
mumkinligini  ko'rdilar.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish