Menejment nazariyasi


Menejmentda klassik yoki  ma’muriy maktab  (1920-1950)



Download 5,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/238
Sana26.06.2021
Hajmi5,58 Mb.
#102139
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   238
Bog'liq
menejment nazariyasi

Menejmentda klassik yoki  ma’muriy maktab  (1920-1950). 
Ilmiy  boshqaruv  to'g'risida  yozgan  mualliflar  o'z  tadqiqotlarini  asosan 
ishlab  chiqarish  menejmentiga  bag'ishlaganlar.  Ular  menejment 
bo'yicha  past  darajada  samaradorlikni  oshirish  ustida  ishlashgan. 
M a ’muriy  maktabning  vujudga  kelishi  bilan  mutaxassislar  tashki­
lot  boshqaruvini  umuman  mukammallashtirish  uchun  muntazam 
ravishda  yondashuvlar  ishlab  chiqa  boshlaganlar.
Teylor  va  Gilbret  o'z  faoliyatlarini  oddiy  ishchidan  boshlagan 
va  bu,  shubhasiz,  ularning  tashkilot  bilan  menejment  to'g'risidagi 
tasavvurlariga  ta’sir  etgan  edi.  Ulardan  farqli  ravishda,  ko'proq 
klassik  maktab  kabi  tanish  bo'lgan  ma’muriy  menejment  maktabi-


ning  mualliflari  katta  biznesda  menejmentning  oliy  bo‘g‘ini  rahbar- 
lari  sifatida  bevosita  ish  tajribasiga  ega  edilar.  Ismi  shu  maktabning 
vujudga  kelishi  bilan  bogliq  bo'lgan  va  ba’zan  menejmentning  ota- 
si  deb  atashadigan  Anri  Fayol  ko'mir  qazib  oluvchi  katta  fransuz 
kompaniyasiga  rahbarlik  qilgan.
Urvik  Angliyada  menejment  masalalari  bo'yicha  maslahatchi 
bo'lgan.  A.K.  Reyli  bilan  birgalikda  ilmiy ishlarni  yozgan  Jeyms  D. 
M uni  Alfred  P.  Sloun  boshchiligida  «Jeneral  Motors»  kompani- 
yasida  ishlagan.  Ilmiy  menejment  nazariyasini  yaratuvchilar  kabi 
klassik  maktabning  tarafdorlari  ham  menejmentning  ijtimoiy  jihat- 
lari  to'g'risida  unchalik  tashvishlanmaganlar.  Bundan  tashqari,  ularning 
ishlari  ilmiy  uslubiyotga  asoslanmagan  holda  ma’lum  darajada  shax- 
siy  kuzatishlardan  kelib  chiqadi.  «Klassiklar»  tashkilotlarga  porloq 
kelajak  nuqtai  nazaridan  qarashga  harakat  qilardilar,  shuningdek, 
ular tashkilotlarning umumiy  tavsiflarini  va  qonuniyliklarini  aniqlash- 
ga  urinar  edilar.  Klassik  maktabning  maqsadi  menejmentning  uni­
versal  tamoyillarini  ishlab  chiqishga,  shu  bilan  birga,  bu  tamoyilar- 
ga  amal  qilish  tashkilotni  shubhasiz  muvaffaqiyatga  olib  keladi  de- 
gan  g'oyaga  asoslangan  edi.
Bu  tamoyillar  ikkita  asosiy  jihatlarga  to'xtalib  o'tadi.  Ularning 
biri  tashkilot  boshqaruvining  oqilona  tizimini  ishlab  chiqish  edi. 
Biznesning  asosiy  tamoyillarini  aniqlab,  nazariyotchi  «klassiklar» 
tashkilotni  bo'linmalar  va  ishchi  guruhlarga  bo'lishning  eng  yaxshi 
usulini  topishlariga  ishonch  hosil  qilganlar.  Bu funksiyalar an’anaviy 
bo'lib,  moliya,  ishlab  chiqarish  va  marketing  hisoblanar  edi.  Bu 
bilan  menejmentning  asosiy  funksiyalarini  aniqlash  ham  chambar- 
chas  bog'liqdir.  Fayolning  menejment  nazariyasiga  qo'shgan  asosiy 
hissasi  -  u  menejmentni  universal  protsess  kabi  ko'rib  chiqdi,  bu 
protsess  rivojlantirish  va  tashkil  qilish  kabi  bir  nechta  bir-biri  bi­
lan  bog'langan  funksiyalardan  iborat  edi.
Klassik  tamoyillarning  ikkinchi  kategoriyasi  tashkilot  tuzil- 
masining shakllanishiga va  ishchilarni  boshqarishga tegishli bo'lgan. 
Bunga  misol  bo'lib  yakkaboshchilik  tamoyili  xizmat  qilishi  mumkin, 
shunga  muvofiq  inson  faqatgina  bitta  boshliq  tomonidan  buyruq 
olishi  va  faqatgina  unga  buysunishi  kerak.  Misolda  Anri  Fayolning 
menejment  bo'yicha  14  ta  tamoyillarining  qisqacha  bayoni  keltiril-


gan,  ulardan  ko'plari,  Fayol  ularni  birinchi  bor  ta’riflab  bergan  payt- 
dan  beri  sodir  bo'lgan  o'zgarishlarga  qaramay,  hozirgacha  foyda- 
lidir.

Download 5,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish