O ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA’L IM V AZIRLIGI
DILOROJVt QOSIMOVA
MENEJMENT NAZARIYASI
O'zbekiston Respulikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar
ta'tim i o'quv metodik birlash.ma.lar faoliyatini
m uvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan «Menejment
( ishlab chiqarish)» t a ’lim yo‘nalishi talab alari uchun
darslik sifa tid a tavsiya etilgan
TOSHKENT
«TAFAKKUR-BO'STONI»
UDK: 65.012.4(075)
BBK: 65.290-2YA73
Q 61
Q
61
Menejment nazariyasi:
Darslik / Qosimova D. S.
- Toshkent, «Tafakkur-bo'stoni». 2011. 336 b.
ISBN 978-9943-362-38-3
UDK: 65.012.4(075)
BBK: 65.290-2YA73
Taqrizchilar:
Iqtisod fanlari doktori, professor
Begalov B.
A.
Iqtisod fanlari doktori, professor
Mahkamova M.
A.
Ushbu darslikda menejment nazariyasining metodologik va nazariy
menejmenti iimini rivojlantirish, menejment nazariyasi qonunlari va tamoyillari,
davlat va hududiy menejment, tashkiliy tuzilish va menejer faoliyatini
boshqarish, menejmentning vazifalari, usullari va texnologiyasi. menejment
qarorlari, motivatsiya, nazorat va boshqa menejmentga oid masalalar
yoritilgan.
Darslik namunaviy o'quv dasturi asosida tayyorlangan bo‘lib, oliy o‘quv
yurtlari talabalari, aspirantlari va o'qituvchilari, ilmiy xodimlar, rahbar va
mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
ISBN 978-9943-362-38-3
© «Tafakkur-Bo'stoni»
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqitligining
20 yilligiga bag'ishlanadi
K IR ISH
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotning
real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha, birinchi
navbatda, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, kooperatsiya
aloqalarini kengaytirish, mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'yish,
m am lakatim izda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga ichki talabni
rag'batlantirish masalalari alohida o‘rin tutadi1.
M a’lumki har qanday faoliyat turi Menejment asosida quriladi,
chunki shu faoliyatni amalga oshirishdan ko'zlangan maqsadga eri-
shish, bajariladigan vazifalarni taqsimlash, ijrosini nazorat qilish,
shuningdek, samaradorlikka erishish uchun ushbu faoliyatda ishtirok
etuvchilar manfaatlarini himoya qilish, rag’batlantirish chora-tadbir-
lari Menejment jarayonida tashkil etiladi va muvofiqlashtiriladi. Bunda
boshqaruvga iqtisodiyotda mavjud tizim ham o‘z ta’sirini o'tkazadi.
Mustaqilligimizni qo'lga kiritmasimizdan oldingi tizimda, iqti
sodiyotda m a’muriy-buyruqbozlikka hamda markaziy rejalashtirish-
ga asoslangan tizim hukmron edi. Faqatgina mulkchilikning davlat
mulki va shirkat mulki shakliga ega bo'lgan, markazdan turib belgi-
langan rejalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, qattiq na-
zorat qilish, qolaversa, jamiyatda mulkdorlar sinfining shakllanish-
iga to'sqinlik qiluvchi iqtisodiy tizim o'zini oqlamaganligi tarixdan
ma’lum.
O'zbekiston jahon tajribasiga asoslanib, mulkchilikning turli
shakllari tengligi ta’minlangan, ishlab chiqarishning zamonaviy,
milliy manfaatlarga mos tuzilmasini yaratish ko'zda tutilgan, erkin
narx-navo va bozor qonunlari asosida boshqariladigan ijtimoiy
yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish yo’lini tanladi va iqtisodiy
islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Iqtisodiy islo-
1
Asosiy vazifamiz - V atani miz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir.
Prez id ent I.K ari m ovnin g 2 0 0 9 - y iln in g asosiy ya kunlari va 2 0 10-yilda O 'zbekis tonni ijtimoiy-
iq tis o d iy r iv o . ila n tir is h n in g e n g m u h i m u s t u v o r y o ' n a l i s h l a r i g a b a g ' i s h l a n g a n V a z ir la r
M a h k a m a s i n in g majlisidagi ma'ruzasi. Xalq so'zi, 2 0 1 0-yil 3 0-y a n v a r , 21-s on.
hotlarning birinchi bosqichidanoq iqtisodiyot boshqaruv tizimini
isloh qilishga alohida e’tibor qaratildi. Olib borilgan iqtisodiy islo-
hotlar institutsional o'zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyot
tarmoqlari va sohalarini boshqarish borasida ularning xususiyatiga
mos keladigan xo'jalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy erkinlik
berishga y o rd am lashad ig an , ta d b irk o rlik n in g riv o jla n is h in i
rag'batlantiradigan tashkiliy-huquqiy shakllar vujudga kelishiga
qaratilgan edi va bu boshqaruvda yangi bir tizim vujudga kelishiga
zamin yaratdi. Bunday bozor munosabatlari sharoitida butun jami-
yatga xiziiiat qiluvchi zamonaviy menejment ilmini o'rganishda,
iqtisodiyotning barcha butun tarmoqiarida menejmentni amalga
oshira oladigan malakali rahbarlarni tayyorlashda «Menejment
nazariyasi» fani muhim o'rin tutadi. Zero, rahbar menejmentni
amalga oshirishda bosh bo'g'in hisoblanib, uning tashkil etilishi,
samaradorligi, ko‘p jihatdan, u egallagan bilim, malaka, tajriba,
qolaversa, uning boshqarish uslubiga bevosita bog‘liq bo'ladi. Bu
fanning maqsad, vazifalari ham shularni o‘rganishni nazarda tutadi.
Mazkur fan menejmentning qonuniyatlari, qonun va tamoyillari,
funksiya va vazifalari, shuningdek, menejment tizimida menejerning
o‘rni, madaniyati va uslubi, menejment samaradorligi va unga ta’sir
qiluvchi boshqaruv qarorlarining m azm uni, m ohiyatini ochib
berishga qaratilgan.
«...ta’Iim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga
ko'tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor. Agar biz o‘z vaqtida
uzoqni ko‘zlab, katta hayotga kirib kelayotgan yoshlarimizning
chuqur bilim va kasb-hunar egallashi uchun zamin yaratmasak,
ularni zamon talab qiladigan mutaxassis kadrlar etib tayyorlamasak
bugungi kunda dunyoni qamrab olgan moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
davrida yurtimizda tinchlikni saqlab, iqtisodiyotimizning barqaror
o'sish sur’atlarini ta’minlashga, ayni shunday og‘ir sharoitda xal-
qimiz hayotining tobora yuksalishiga erisha olarmidik».2
2
O 'zbe kis to n K onstitu ts iyas i - biz u c hun de m ok ra ti k ta ra qqiy ot yo'lida va fuqarolik
ja m iy a ti n i ba rp o e t is h d a m u s t a h k a m poyd evorid ir. P r e z id e n l I. K a rim o v n in g O 'z b e k i s t o n
R e s p u b l i k a s i K o n s t i t u t s i y a s i q a b u l q i l i n g a n i n i n g 1 7 y il li giga b a g ' i s h l a n g a n t a n t a n a l i
m a ro sim da gi m a ’ru z a si. Xalq
so'zi -N? 2 3 4 . 0 6 . 1 2 . 2 0 0 9
Do'stlaringiz bilan baham: |