Ilmiy Menejment (1985 - 1920). Ilmiy Menejment F.U. Teylor, Frenk va Liliya Gilbret xamda Genri Gantt ishlari bilan chambarchas bog‘liq. Bu ilmiy Menejment maktabining ijodkorlari kuzatish, o‘lchashlar, mantiq va taxlil ishlatib ko‘p qo‘l operasiyalarini mukammalashtirish mumkin deb hisoblashgan, shuningdek, ularni samarali bajarishga erishishga xarakat qilganlar. Ilmiy Menejmentning birinchi uslubiy davri - ish mazmunini taxlil qilish va uning asosiy komponentlarini aniqlashdir. Masalan, Teylor inson turli o‘lchovli belkurakda qancha temir ruda yoki ko‘mirni ko‘tara olishini g‘oyat sinchkovlik bilan o‘lchagan. Gilbretlar esa mikroxronometrni ixtiro qilishdi. Ular uni kinokamera bilan birga ishlatib, aniq operasiyalarda kanday xarakatlar bajarilishini va buning uchun kancha vaqt sarflanishini aniq bildilar.
Olingan malumotlarga asoslanib ular ortiqcha harakatlarni bartaraf qilish uchun ish operasiyalarini o‘zgartirishgan va standart proseduralar va jihozlarni ishlatib ish samaradorligini oshirishga intilishgan. Masalan, Teylor shuni aniqladiki, agar ishchilar 21 funt (8,6 kg atrofida) sig‘imli belkurak-kurakchalardan foydalanishsa. temir ruda va ko‘mirning maksimal miqdori oshirib tashlanishi mumkin. Oldingi tizimga nisbatan bu fenomenal yutuqni berdi.
Ilmiy Menejment insoniy omili etiborsiz qoldirmasdi. Ishlab chiqarish samaradorligini va ishlab chiqarish xajmini oshirishda ishchilarni qiziqtirish maqsadida rag‘batlantirishdan muntazam ravishda foydalanish shu maktabning muxim xissasi buldi. SHuningdek, ishlab chiqarishda qisqacha dam olishlar va muqarrar tanaffuslar imkoniyati ham ko‘zda tutilgan edi, shu sababli, belgilangan topshiriqlarni bajarishga ajratilgan vaqt miqdori realistik va adolatli belgilangan edi. Bu raxbariyatga ishlab chiqarishning bajarilishi mumkin bo‘lgan meyorlarini belgilashga imkoniyat bergan va kim belgilangan minimumdan oshgan bo‘lsa, ularga kushimcha haq to‘lanardi. Bu yondashuvda muhim element shuki, kim ko‘p ishlab chiqarsa,o‘sha ko‘p taqdirlanardi. Ilmiy Menejmentga oid ishlar mualliflari xam o‘zlari bajarayotgan ishlarga jismoniy va manaviy jihatdan mos keladigan insonlarni tanlashning muhimligini tan olardilar va ular, shuningdek, uqitishning ulkan axamiyatini takidlab o‘tganlar.
Ilmiy Menejment, shuningdek, rejalashtirish va chuqur mulohaza qilish funksiyalarini ishlarni xaqiqatan bajarishdan ajratishni himoya qilgan. Teylor va uning zamondoshlari xaqiqatan Menejment bo‘yicha ish - bu aniq mutaxassislik va, agar har bir ishchilar guruhi o‘zi muvaffaqiyatli qiladigan narsaga etiborini mujassam esa, unda tashkilot umuman yutuqqa erishishini tan olganlar. Bu yondashuv ishchilar o‘z ishlarini o‘zlari rejalashtiradigan eski tizimga keskin qarama-qarshi edi.
Ilmiy Menejment konsepsiyasi keskin burilish bosqichi bo‘lib qoldi, shu tufayli Menejment ilmiy tadqiqotlarning mustaqil sohasi kabi keng tan olindi. Birinchi bor omilkor raxbarlar va olimlar ilm-fan va texnikada foydalaniladigan usullar va yondashuvlar tashkilot maqsadlariga erishish amaliyotida xam samarali ishlatilishi mumkinligini ko‘rdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |