Menejmentda klassik yoki mamuriy maktab (1920-1950). Ilmiy boshqaruv to‘g‘risida yozgan mualliflar uz tadqiqotlarini asosan ishlab chiqarish Menejmentiga bag‘ishlaganlar. Ular Menejmentdan past darajada samaradorlikni oshirish ustida ishlashgan. Mamuriy maktabning vujudga kelishi bilan mutaxassislar tashkilot Menejmentini umuman mukammallashtirish uchun muntazam ravishda yondashuvlar ishlab chiqa boshlaganlar.
Teylor va Gilbret o‘z faoliyatlarini oddiy ishchidan boshlashgan, va bu shubxasiz, ularning tashkilot bilan Menejment to‘g‘risidagi tasavvurlariga tasir etgan edi. Ulardan farqli ravishda, ko‘prok klassik maktabi kabi tanish bo‘lgan mamuriy Menejment maktabining mualliflari katta biznesda Menejmentning oliy bo‘g‘ini raxbarlari sifatida bevosita ish tajribasiga ega edilar. Ismi shu maktabning vujudga kelishi bilan bogliq bo‘lgan va bazan menejmentning otasi deb atashadigan Anri Fayol ko‘mir qazib oluvchi katta fransuz kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
Urvik Angliyada Menejment masalalari bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan. A.K. Reyli bilan birgalikda ilmiy ishlarni yozgan Djeyms D. Muni Alfred P. Sloun boshchiligida «Djeneral Motors» kompaniyasida ishlagan. Ilmiy Menejment nazariyasini yaratuvchilar kabi klassik maktabning tarafdorlari ham Menejmentning ijtimoiy jihatlari to‘g‘risida unchalik tashvishlanmaganlar. Undan tashqari, ularning ishlari ilmiy uslubiyotga asoslanmagan holda malum darajada shaxsiy kuzatishlardan kelib chiqadi. «Klassiklar» tashkilotlarga porlok kelajak nuqtai nazaridan qarashga harakat qilardilar, va shuningdek, ular tashkilotlarning umumiy tavsiflarini va qonuniyliklarini aniqlashga urinar edilar. Klassik maktabning maqsadi Menejmentning universal tamoyillarin, shu bilan birga u bu tamoyilarga amal qilish tashkilotni shubxasiz muvaffaqiyatga olib keladi degan g‘oyaga asoslangan edi.
Bu tamoyillar ikkita asosiy javxalarga to‘xtalib utadi. Ularning biri tashkilot Menejmentining oqilona tizimini ishlab chiqish edi. Biznesning asosiy tamoyillarini aniqlab, nazariyachi-«klassiklar» tashkilotni bo‘linmalar va ishchi guruxlarga bo‘lishning eng yaxshi usulini topishlariga ishonch hosil qilganlar. Ananaviy bu funksiyalar bo‘lib, moliya, ishlab chiqarish va marketing hisoblanar edi. Bu bilan Menejmentning asosiy funksiyalarini aniqlash ham chambarchas bogliqdir. Fayolning Menejment nazariyasiga asosiy qo‘shgan hissasi - u Menejmentni universal prosess kabi ko‘rib chiqdi, bu prosess rivojlantirish va tashkil qilish kabi bir nechta bir-biri bilan bog‘langan funksiyalardan iborat edi.
Klassik tamoyillarining ikkinchi kategoriyasi tashkilot tuzilmasining tuzilishiga va ishchilarni menejmentga tegishli bo‘lgan. Bunga misol bo‘lib yakkaboshchilik tamoyili xizmat qilishi mumkin, shunga muvofiq inson faqatgina bitta boshliq tomonidan buyruq olishi va faqatgina unga buysinishi kerak. Misolda Anri Fayolning Menejment bo‘yicha 14 ta tamoyillarining qisqacha bayoni keltirilgan, ulardan kuplari Fayol ularni birinchi bor tariflab bergan paytdan beri sodir bo‘lgan o`zgarishlarga qaramay xozirgacha foydalidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |