Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Кудрявцев А. Шрифт. История,теория, практика. Изд-во Университет
Натальи Нестеровой. М.: 2003. – 248 с.
2.
Таранов Н.Н. Искусство рукописного шрифта. М.: изд-во МПИ, 1991.–156
с.
116
MUAMMOLI YONDASHUVLAR ASOSIDA BO’LAJAK MEHNAT
TA’LIMI O’QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATINI
RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Z.D.Rasulova
BuxDU Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi
II-bosqich magistranti
Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun
aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg’or
pedagogik texnologiyalardan foydalanishimizni talab etmoqda. Ta’limda eng
muhim strategik yo’nalish ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati
hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida, ayniqsa ijodkor, mustaqil
izlanuvchi, yuqori salohiyatli yuksak kadrlar tayyorlovchi oily ta’lim
muassasalarida mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisining innovatsion texnologiyalar
asosida faoliyat olib borishi dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Oliy o’quv muassasalaridagi mehnat ta’limi yo’nalishi o’quv-tarbiya
jarayonlari samaradorligini oshirishning muhim sharti bu ta’limni texnologik
yondashuvlardan muammoli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil qilish hamda
shu bilan birga o’qituvchi mahoratini yuksaltirmog’i, o’zini innovatsion maydonda
ko’ra olmog’i darkor.
Muammoli o‘qitishning mohiyatini, o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv
ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini,
muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlami o‘zlashtirish
bo‘yicha ulaming bilish faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Bu esa bilimlami
o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi [1;70]. Ma’lumki,
o‘qitishning har qanday asosida, inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs
rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari
yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal
qilishdagi obyektiv qonuniyatlari hamda didaktik tamoyili muammolilikka
tayanadi.
«
Muammoli vaziyat» metodi orqali umumkasbiy fanlarining nazariy va
amaliy asoslarini o‘qitishda muammoli vaziyatlarni yaratish natijasida talabalar
bilim, ko‘nikma va malakalarni faol o‘zlashtirishga erishiladi. Bo‘lajak mehnat
ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda muammoli vaziyat – pedagogik turkum fanlari
hamda umumkasbiy fanlarining integratsiyasi, ya’ni didaktik sintezi va fanlararo
aloqadorlik darajasi faoliyatida pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli
vaziyat (topshiriq)lar yechimini topish orqali amalga oshirish lozim.
Muammoli vaziyat – bu bilim olish maqsadida maxsus yaratilgan aqliy
faoliyat holatidir. Bunday vaziyat zaminida ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarning
xotirada qolganligini tekshirish va yangi masalani yechish uchun aqliy yoki amaliy
ishlash usuli yotadi.
Mehnat ta’limi amaliy mashg’ulotlari jarayonlarida mahsulotni ishlab
chiqarish texnologiyasining bosqichlarini, har bir bosqichda olib boriladigan
117
mehnat operatsiyalarini bajarishda yuzaga keladigan bir qancha muammoli
vaziyatlarni ongli ravishda to’g’ri belgilash va har qanday muammoli vaziyatlardan
chiqib ketish yo’llarini izlab topish o’qituvchidan yuksak mahorat talab qiladi. Bu
uchun o’qituvchi dars jarayonining loyihasini oldindan ishlab chiqishi, dars
mazmuniga mos maqsadlarni to’gri tanlashi mavzu yuzasidan o’quvchi-talabalar
tafakkurini rivojlantiruvchi muammoli vaziyatlarni kelib chiqish sabablarini
mohirona hal qilishi lozim. Talabalarning muammoli masalalar yechish yo’li bilan
yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoniga o’qituvchi doimo bevosita rahbarlik
qilishi kerak. Bilim va harakatlarning ma’lum darjada murakkab sistemasini
muammoli o’zlashtirishini ta’minlash uchun muammoli vaziyatlar yaratishda
muayyan sistemaga rioya qilish kearak.
Muammoli o’qitishda o’qituvchi talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi,
shundagina talabalar darsni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual
mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni
shakllantirish, qo’lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.
Ayrim hollarda o’qituvchi talabalarda nafaqat qiziqish uyg’otishi kerak, balki
o’quv «muammosini o’zi hal qilib qo’ymasligi va boshqa hollarda talabalarning
o’quv muammosini yechishdagi mustaqil ishlariga rahbarlik qilish lozim. Natijada
talabalarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda gipoteza
qo’yish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topadi, bilimlarni bir
muammodan boshqasiga ko’chirish ko’nikmasini hosil qiladi, diqqat va
tasavvurlari rivojlanadi.
Muammoli ta’limning muvaffaqqiyati quyidagi omillarga bog’liq:
1. O’quv materialini muammolashtirish.
2.Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish.
3. Ta’lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish.
118
4. O’qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o’z o’rnida samarali
foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish.
5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va
mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish [2;80]
Muammoli vaziyatlarini yechishda quyidagi usullar qo’llaniladi:
-
muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish va tahlil qilish;
-
mavjud bilimlarni solishtirish va umumlashtirish;
-
mavjud bilimlarni aniqlash va ularni qiyoslash;
-
muammo bilan bog’liq xulosalarni chiqarish;
-
talabalarning mustaqil ravishda muammoni qo’yishlari [3;112]
Muammoli o’qitishning asosiy belgisi, bu ilmiy o’quv yoki barcha faoliyat
turlarida paydo bo’ladigan zaruriy ob’yektiv qarama-qarshiliklar aksi hisoblanadi.
Bu esa barcha sohalarning shu jumladan mehnat ta’limi yo’nalishining
harakatlantiruvchi va rivojlantiruvchi manbaidir. Shu sababli muammoli o’qitishni
rivojlanrtiruvchi deb atash mumkin, zero uning maqsadi – bilimlarni, farazlarni
shakllantirish, ularni ishlab chiqish va yechishdan iboratdir. Muammoli o’qitishda
fikrlash jarayoni faqat muammoli vaziyatni yechish maqsadida joriy etiladi.
Shuning uchun muammoli o’qitish samaradorligini to’rtta shart bo’yicha
amalga oshirish maqsadga muvofiq.
1. Muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uyg’otishni ta’minlash.
2. Muammo yechimidagi har bir bosqichda paydo bo’ladigan ishlarni bajara
olish mumkinligini ta’minlash;
3. Muammo yechimida olinadigan axborotni o’quvchilar uchun mumkinligi.
4. Pedagog va talaba orasidagi munosabat xayrixoxlik ruhida kechishi, ya’ni
talabalar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar e’tiborsiz va rag’batsiz
qolmasligi zarur.
Ta’kidlash joizki, muammoli o’qitishning zaruriy sharti talabalarda uning
natijasini izlash jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabatni vujudga keltirish
hisoblanadi. Talabalarning muammoli o’qitishdagi ijodiy va qidiruv bilish faoliyati
muammoli vaziyat paydo qilinganda talabalar mashg’ulotda muammoni ifodalab
berishdan iborat bo’ladi, yani bilishdagi qiyinchiliklarning paydo bo’lishi
mohiyatini so’z bilan ifodalab beradi, so’ngra muammoning yechilish usullarini
qidiradi va bunda turli taxminlarni olg’a suradi, talabalar haqiqiy deb topgan
119
taxminlardan birini faraz sifatida asos qilib oladi va uni isbotlaydi, izlanish
muammo yoki vazifa bajarilgandan so’ng tugallanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, muammoli o’qitishda o’qituvchi
talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina talabalar dars jarayonlarini
tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa
chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo’lga kiritilgan
bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |