Klinik fanlarda muammoli ta`lim



Download 13,5 Kb.
Sana08.02.2022
Hajmi13,5 Kb.
#437342
Bog'liq
18 mavzu (1)


KLINIK FANLARDA MUAMMOLI TA`LIM
Hammamizga ma‘lumki hozirgi davrda ilm-fan jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Klinik fanlami o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish muhim masalalardan hisoblanadi. Jamiyatda turli fan sohalari, jumladan, klinik fanlar sohasida ham bilimlarning tez yangilanib borishi o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar oldiga katta mas’uliyat yuklamoqda. Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan dars jarayonida foydalanish har bir pedagog kadr oldida turgan dolzarb masaladir. Klinik fanlarni o‘qitishda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash o‘qitishning sifati va samaradorligini oshiradi. Hozirgi davrda yana bir dolzarb masalalardan biri - muammoli o‘qitish texnologiyasidir. Muammoli o‘qitish takomillashgan o‘qitish texnologiyasi bo‘lib oliy maktabdagi samarador o‘qitish texnologiyasi hisoblanadi. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Muammoli o‘qitish jarayonida kursantning mustaqilligi o‘qitishning reproduktiv shakllariga nisbatan tobora oshib boradi. Muammoli o‘qitish mohiyatini o‘qituvchi tomonidan kursantlarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Bizga ma’lumki, o‘qitishning har qanday asosida, inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish foliyati jarayoni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishdagi ob’ektiv qonuniyatlari hamda didaktik tamoyilga tayanadi.
Muammoli vaziyatning mohiyati shundaki, u talaba tanish bo‘lgan ma’lumotlar va unga faktlar, hodisalar (ya’ni ularni tushunish va tushuntirish uchun avvalgi bilimlar kamlik qiladi) o‘rtasidagi ziddiyatdir. Bu ziddiyat bilimlarni ijodiy o‘zlashtirish uchun harakatlantiruvchi kuchdir. Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilardir: talabaga notanish faktning mavjud bo‘lishi; vaziyatlarni bajarish uchun talabaga beriladigan ko‘rsatmalar; yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi. Muammoli vaziyatdan chiqa olish, hamma vaqt muammoni, ya’ni nima noma’lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog‘langan bo‘ladi. Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo‘lsak u talabalarning mustaqil aqliy faoliyatidir. Muammoli vaziyat talabani intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so‘z bilan ifodalash, faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o‘rinda izchillik yorqin ko‘rinadi, avvalo muammoli vaziyat yuzaga keladi, keyin o‘quv muammosi shakllanadi. Muammo 3 tarkibiy qismdan iborat: ma’lum (berilgan vazifa asosida), noma‘lum (ularni topish yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladi) va avvalgi bilimlar (talabalar tajribasi). Ular noma’lumni topishga yo‘nalgan qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun zarurdir. Avvalo talabaga noma’lum bo‘lgan o‘quv muammosi vazifasi belgilanadi va bunda uning bajarish usullari hamda natijasi ham noma’lum bo‘ladi. Shunda talabalar o‘zlaridagi avval egallagan bilim va ko‘nikmalarga asoslanib, kutilgan natija yoki yechim yo‘lini izlashga tushadi. Talabalar biladigan vazifa va uni mustaqil hal qilish usuli o‘quv muammosi bo‘la olmaydi. Biror vazifaning yechilish usullarini va uni izlash vositalarini bilishmasa ham o‘quv muammosi bo‘la olmaydi. O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilar: yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma’lumning qo‘yilishi; talabalarda noma’lumni topish yo‘lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilim zahirasining bo‘lishi. O‘quv muammosini yechish jarayonida kursantlar aqliy foliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini o‘ylab topish yoki gipoteza qo‘yish hamda gipotezani asoslashdir. O‘quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bunda har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo‘lib xizmat qiladi. Muammoning tarkibiy qismlari, ma’lum va noma’lumning o‘zaro munosabati xarakteri bilimga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga bo‘lgan izlanishga undaydi. Muammoli o‘qitishning zaruriy sharti talabalarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo‘lgan ijobiy munosabatni vujudga keltirish hisoblanadi.
Download 13,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish