Меҳнат ва касб таълими


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Кудрявцев А. Шрифт. История,теория, практика. Изд-во Университет 
Натальи Нестеровой. М.: 2003. – 248 с. 
2.
Таранов Н.Н. Искусство рукописного шрифта. М.: изд-во МПИ, 1991.–156 
с. 


116 
MUAMMOLI YONDASHUVLAR ASOSIDA BO’LAJAK MEHNAT 
TA’LIMI O’QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATINI 
RIVOJLANTIRISH OMILLARI 
Z.D.Rasulova 
BuxDU Pedagogika nazariyasi va tarixi mutaxassisligi
II-bosqich magistranti 
Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan o’rin olishi uchun 
aholi ta’limini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilg’or 
pedagogik texnologiyalardan foydalanishimizni talab etmoqda. Ta’limda eng 
muhim strategik yo’nalish ta’lim muassasalarining innovatsion faoliyati 
hisoblanadi. Bu esa barcha ta’lim muassasalarida, ayniqsa ijodkor, mustaqil 
izlanuvchi, yuqori salohiyatli yuksak kadrlar tayyorlovchi oily ta’lim 
muassasalarida mehnat va kasb ta’limi o’qituvchisining innovatsion texnologiyalar 
asosida faoliyat olib borishi dolzarb muammolardan hisoblanadi. 
Oliy o’quv muassasalaridagi mehnat ta’limi yo’nalishi o’quv-tarbiya 
jarayonlari samaradorligini oshirishning muhim sharti bu ta’limni texnologik 
yondashuvlardan muammoli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil qilish hamda 
shu bilan birga o’qituvchi mahoratini yuksaltirmog’i, o’zini innovatsion maydonda 
ko’ra olmog’i darkor.
Muammoli o‘qitishning mohiyatini, o‘qituvchi tomonidan talabalarning o‘quv 
ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, 
muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlami o‘zlashtirish 
bo‘yicha ulaming bilish faoliyatini boshqarishni tashkil etadi. Bu esa bilimlami 
o‘zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi [1;70]. Ma’lumki, 
o‘qitishning har qanday asosida, inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs 
rivoji va ular negizida shakllangan pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari 
yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal 
qilishdagi obyektiv qonuniyatlari hamda didaktik tamoyili muammolilikka 
tayanadi.
«
Muammoli vaziyat» metodi orqali umumkasbiy fanlarining nazariy va 
amaliy asoslarini o‘qitishda muammoli vaziyatlarni yaratish natijasida talabalar 
bilim, ko‘nikma va malakalarni faol o‘zlashtirishga erishiladi. Bo‘lajak mehnat 
ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashda muammoli vaziyat – pedagogik turkum fanlari 
hamda umumkasbiy fanlarining integratsiyasi, ya’ni didaktik sintezi va fanlararo 
aloqadorlik darajasi faoliyatida pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli 
vaziyat (topshiriq)lar yechimini topish orqali amalga oshirish lozim. 
Muammoli vaziyat – bu bilim olish maqsadida maxsus yaratilgan aqliy 
faoliyat holatidir. Bunday vaziyat zaminida ilgari o‘zlashtirilgan bilimlarning 
xotirada qolganligini tekshirish va yangi masalani yechish uchun aqliy yoki amaliy 
ishlash usuli yotadi.
Mehnat ta’limi amaliy mashg’ulotlari jarayonlarida mahsulotni ishlab 
chiqarish texnologiyasining bosqichlarini, har bir bosqichda olib boriladigan 


117 
mehnat operatsiyalarini bajarishda yuzaga keladigan bir qancha muammoli 
vaziyatlarni ongli ravishda to’g’ri belgilash va har qanday muammoli vaziyatlardan 
chiqib ketish yo’llarini izlab topish o’qituvchidan yuksak mahorat talab qiladi. Bu 
uchun o’qituvchi dars jarayonining loyihasini oldindan ishlab chiqishi, dars 
mazmuniga mos maqsadlarni to’gri tanlashi mavzu yuzasidan o’quvchi-talabalar 
tafakkurini rivojlantiruvchi muammoli vaziyatlarni kelib chiqish sabablarini 
mohirona hal qilishi lozim. Talabalarning muammoli masalalar yechish yo’li bilan 
yangi bilimlarni o’zlashtirish jarayoniga o’qituvchi doimo bevosita rahbarlik 
qilishi kerak. Bilim va harakatlarning ma’lum darjada murakkab sistemasini 
muammoli o’zlashtirishini ta’minlash uchun muammoli vaziyatlar yaratishda 
muayyan sistemaga rioya qilish kearak.
Muammoli o’qitishda o’qituvchi talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi, 
shundagina talabalar darsni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual 
mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni 
shakllantirish, qo’lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.
Ayrim hollarda o’qituvchi talabalarda nafaqat qiziqish uyg’otishi kerak, balki 
o’quv «muammosini o’zi hal qilib qo’ymasligi va boshqa hollarda talabalarning 
o’quv muammosini yechishdagi mustaqil ishlariga rahbarlik qilish lozim. Natijada 
talabalarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda gipoteza 
qo’yish va uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topadi, bilimlarni bir 
muammodan boshqasiga ko’chirish ko’nikmasini hosil qiladi, diqqat va 
tasavvurlari rivojlanadi. 
Muammoli ta’limning muvaffaqqiyati quyidagi omillarga bog’liq: 
1. O’quv materialini muammolashtirish. 
2.Talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish. 
3. Ta’lim jarayonini o’yin, mehnat faoliyati bilan uyg’unlashtirish. 


118 
4. O’qituvchi (pedagog) tomonidan muammoli metodlardan o’z o’rnida samarali 
foydalanish ko’nikmasiga ega bo’lish.
5. Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli savollar zanjirini tuzish va 
mantiqiy ketma-ketlikda talabalarga bayon etish [2;80] 
Muammoli vaziyatlarini yechishda quyidagi usullar qo’llaniladi: 
-
muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish va tahlil qilish; 
-
mavjud bilimlarni solishtirish va umumlashtirish; 
-
mavjud bilimlarni aniqlash va ularni qiyoslash; 
-
muammo bilan bog’liq xulosalarni chiqarish; 
-
talabalarning mustaqil ravishda muammoni qo’yishlari [3;112] 
Muammoli o’qitishning asosiy belgisi, bu ilmiy o’quv yoki barcha faoliyat 
turlarida paydo bo’ladigan zaruriy ob’yektiv qarama-qarshiliklar aksi hisoblanadi. 
Bu esa barcha sohalarning shu jumladan mehnat ta’limi yo’nalishining 
harakatlantiruvchi va rivojlantiruvchi manbaidir. Shu sababli muammoli o’qitishni 
rivojlanrtiruvchi deb atash mumkin, zero uning maqsadi – bilimlarni, farazlarni 
shakllantirish, ularni ishlab chiqish va yechishdan iboratdir. Muammoli o’qitishda 
fikrlash jarayoni faqat muammoli vaziyatni yechish maqsadida joriy etiladi. 
Shuning uchun muammoli o’qitish samaradorligini to’rtta shart bo’yicha 
amalga oshirish maqsadga muvofiq. 
1. Muammo mazmuniga qarab yetarli qiziqish uyg’otishni ta’minlash. 
2. Muammo yechimidagi har bir bosqichda paydo bo’ladigan ishlarni bajara 
olish mumkinligini ta’minlash; 
3. Muammo yechimida olinadigan axborotni o’quvchilar uchun mumkinligi. 
4. Pedagog va talaba orasidagi munosabat xayrixoxlik ruhida kechishi, ya’ni 
talabalar tomonidan bildirilgan barcha fikr va farazlar e’tiborsiz va rag’batsiz 
qolmasligi zarur.
Ta’kidlash joizki, muammoli o’qitishning zaruriy sharti talabalarda uning 
natijasini izlash jarayoniga bo’lgan ijobiy munosabatni vujudga keltirish 
hisoblanadi. Talabalarning muammoli o’qitishdagi ijodiy va qidiruv bilish faoliyati 
muammoli vaziyat paydo qilinganda talabalar mashg’ulotda muammoni ifodalab 
berishdan iborat bo’ladi, yani bilishdagi qiyinchiliklarning paydo bo’lishi 
mohiyatini so’z bilan ifodalab beradi, so’ngra muammoning yechilish usullarini 
qidiradi va bunda turli taxminlarni olg’a suradi, talabalar haqiqiy deb topgan 


119 
taxminlardan birini faraz sifatida asos qilib oladi va uni isbotlaydi, izlanish 
muammo yoki vazifa bajarilgandan so’ng tugallanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, muammoli o’qitishda o’qituvchi 
talabalarning bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina talabalar dars jarayonlarini 
tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa 
chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo’lga kiritilgan 
bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi. 

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish