Меҳнат ва касб таълими


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Ўзбекистон Республикаси “Кадрлар тайёрлаш миллий дастури” // 
Баркамол авлод - Ўзбекистон тараққиётининг пойдевори. - Т.: «Шарқ», 
1998. – Б. 31-61. 
2.
Azizxo’jayeva N.N Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. O’quv 
qo‘llanma. -Т.: 0 ‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi 
nashriyoti. 2006, 160 b. 
3.
Omonov H.T, Xattobov M.B. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. 
O’quv qo’llanma. – T.: «Iqtisod-Moliya», 2016, - 200 b. 
4.
Muslimov H.A., Usmonboyeva M.X., Sayfurov D.M., To’rayev A.B. 
Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: 2015. - 208 b. 
 
BO’LAJAK ZAMONAVIY INGLIZ TILI O’QITUVCHISINING KASBIY 
MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISHNING
AYRIM YO’NALISHLARI 
Sh.Sharopov 
BuxDU “Ingliz filologiyasi” ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi 

O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, 
aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyat 
yuklangan. O’qituvchilar uchun zamonaviy, hozirgi kun talablariga javob bera 
oladigan metodik va o’quv qo’llanmalari, darsliklar yaratila boshlandi. Lekin, bu 
muammo bo’yicha izlanishlar, ilmiy-tadqiqotlar hozirgi kunda ham davom 
etmoqda. Hozirgi kundagi global o’zgarishlar, fan-texnika va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining kun sayin rivojlanib borishi XXI asr 
o’qituvchisidan pedagogik mahoratni, o’tkir irodani, pedagogik-psixologik 
bilimlarni, o'z fanini chuqur bilishni va yuksak tafakkurni, siyosiy savodxonlikni, 
fikrlash doirasi keng va mulohazali bo’lishni talab qiladi. 
Pedagogik mahoratga ega bo’lish, ingliz tili o’qituvchisiuchun ta’lim-tarbiya 
samaradorligini ta’minlovchi zamin bo’libgina qolmasdan, ayni vaqtda, uning 
jamiyatdagi obro’-e’tiborini ham oshiradi, o’quvchilarga nisbatan hurmat yuzaga 
keladi. 
Kasbiy mahoratni oshirish yo’lida amaliy harakatlarni tashkil etish pedagogik 
faoliyatda yo’l qo’yilgan, yoki qo’yilayotgan xatolardan holi bo’lish, o’quvchilar, 
hamkasblar hamda ota-onalar bilan munosabatda muvoffaqiyatlarga erishish 
imkoniyatini yaratadi. 


120 
O’z davrlarida - Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Sa’diy Sheroziy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Husayn voiz Koshifiy, 
Abdulla Avloniy va boshqalar o’qituvchilik kasbi, uning mashaqqatlari, 
shuningdek, o’qituvchi shaxsida aks etishi zarur bo’lgan sifatlar xususida qimmatli 
ma’lumotlarni o’z asarlarida qizg‘in bayon qilishgan. Binobarin, pedagogik 
jarayonning mohiyatini anglamagan, bolaga nisbatan chuqur hurmatda bo’lmagan 
o’qituvchi ta’lim-tarbiya samaradorligi va inson kamolotini ta’minlovchi fikrga 
ham ega bo’lolmaydi. Yuksak pedagogik mahoratga ega bo’lgan o’qituvchi bolani 
tushuna olishi, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo’lishi, har qanday 
pedagogik vaziyatni to’g‘ri baholashi, yuzaga kelishi ehtimoli bo’lgan ziddiyatlarni 
o’z vaqtida bartaraf etishi, pedagogik faoliyatda hamisha ilg‘orligi, jamiyat 
taraqqiyoti hamda pedagogik jarayonda o’quvchilar ongiga singdirilayotgan ezgu 
g‘oyalarni hayot bilan bog’lay olishi lozim. 
Kelgusida ingliz tili o’qituvchisi
-
pedagog ixtisosligini tanlagan har bir 
mutaxassis -o’quvchilarni o’qitayotgani va tarbiyalayotgani uchun javobgarlikni 
o’z zimmasiga oladi. U o’zining kasbiy tayyorgarligiga javob berish bilan birga 
pedagog, o’qituvchi, tarbiyachi, muallim darajasi, huquqiga ega bo’lishi uchun 
juda ko’p izlanishi, buyuk mutafakkirlarning qoldirgan bebaho ma'rifiy, ma'naviy, 
axloqiy boyligidan to’la-to’kis xabardor bo’lishi hamda undagi tamoyillarga amal 
qilishi lozimdir. 
Muallimlik kasbining qadr-qimmati, nafaqat uning o’qituvchi, turli tuman 
fanlardan bilim beruvchi va mohir tarbiyachi bo’lganligi uchun emas, avvalo, 
umumiy ishga qo’shayotgan hissasining salmog’i va sifati bilan ham belgilanadi. 
Aqliy va jismoniy mehnatning samarasi, ishbilarmonligi bilan qadrlanadi. 
O’qituvchining qadr-qimmati uning mansabi, kasbkoridan ko’ra ham ko’proq o’z 
kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulqatvoriga bog’liq. 
Bunday obro’- e'tiborga erishish esa, kasb-hunar yo’nalishidagi barcha 
mutaxassisliklar bo’yicha maxsus fanlarni va ularning poydevori bo’lgan 
fundamental fanlarni o’qitish, tarbiyalashning metod va usullarini, psixologiya va 
pedagogika asoslarini yuqori darajada bilishni taqozo etadi. 
Ana shu nuqtai nazardan shakllangan muallim turli darajadagi bilimga, istak 
va irodaga, tarbiyaga ega bo’lgan o’quvchilarni ajoyib ota - ona va san'atkor kabi 
o’ziga ergashtira oladi. O’qituvchidagi bunday sifatlar, hozirgi vaqtda oliy o’quv 
yurtlarida davr talabiga javob beradigan, nazariy bilimlarni chuqur o’rgangan, ayni 
vaqtda, yuksak insoniy fazilatlarga ega, muomalaga kirisha oladigan, o’z ishini 
puxta o’zlashtirgan mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Yetuk mutaxassis darajasidagi ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan 
kadrlarni pedagogik mahorat, pedagogik texnika va madaniyat asoslari hamda 
amaliyoti bo’yicha bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini ta'minlashdir. Chunki, 
hozirgi zamon ingliz tili o’qituvchisi hayotimizda yuz berayotgan tub 
o’zgarishlarning asosiy ishtirokchilaridan biri sifatida har tomonlama etuk, chuqur 
bilimli, vatani va xalqiga sodiq, kasb vazifalarini mukammal bilgan shaxsga 
aylanmog’i zarur. 


121 
Bo’lajak ingliz tili o’qituvchisilarida pedagogik texnikani shakllantirishda 
pedagogik mahorat fani o’qitilsa, bo’lajak o’qituvchilarda pedagogik texnikani 
shakllantirishda tajribalarga taya’nilsa,kasbiy mahoratni shakllantirishning 
omillaridan foydalanilsa, bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy va shaxsiy sifatlar 
shakllanib, mohir pedagog bo’lishida zamin yaratiladi. 
Ma’lumki, umumiy mehnat bilan kasb ixtisosligi o’rtasida bevosita bog’liqlik 
mavjud. Chinakam kasbiy mohirlik darajasi, shaxsning umumiy rivojlanishi bilan 
to’g’ridan - to’g’ri bog’liqlikda, aloqada bo’ladi. Zero, kasbni aniq tanlash, unga 
bo’lgan qiziqishni orttirish, mahoratli bo’lishni uyg’otadi. Mahoratli kasb 
egasining ma’naviy dunyosi boy, ishlash qobiliyati teran bo’ladi va u o’z kasbi 
yordamida o’ziga ham, boshqalarga ham katta foyda keltiradi. Shuning uchun, 
kasbiy mahoratni shakllantirish, tarbiyalashga va nihoyat uni takomillashtirishga 
intilish, uni kerakli ma’lumotlar, axborot(bilim)lar, malakalar bilan to’ldirib borish 
shu kunning, qolaversa ta’lim islohotlarining dolzarb masalasidir.
Mazkur masalaning dolzarbligini pedagogik nazariya va tajriba yana quyidagi 
holat bilan isbotlaydi: pedagogik izlanish, ta’limiy o’qish, o’qitishning me’yoriy 
hujjatlari, darsliklar, qo’llanmalar, axborot vositalari, qanchalik mukammallashgan 
bo’lmasin, pedagogik amaliyot, ta’lim - tarbiya ishlarining muvaffaqiyati oxir 
oqibatda pedagog shaxsiga, uning kasb - kor mahoratiga bog’liq.
Darhaqiqat, har bir yosh mutaxassisni puxta ilmiy - nazariy bilimlar bilan 
qurollantirish, egallagan ilmiy bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llash, ko’nikma va 
malakalarga ega qilish, tarbiyalash oson ish emas. O’qishga ilmiy, ongli 
munosabat bilan qaraydigan, mustaqil fikrlaydigan, mukammal ma’lumotlarni 
egallashga ehtiyojli, bilish faolligi va aqliy mehnat madaniyatini o’zida 
mujassamlashtirgan yoshlarni voyaga yetkazish – muhim va davlat ahamiyatidagi 
vazifadir.

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish