140
Фойдаланилган адабиётлар:
1.
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2017 йил 6 апрелдаги
“Умумий ўрта ва ўрта махсус, касб-ҳунар таълимининг давлат таълим
стандартларини
тасдиқлаш тўғрисида” 187-сонли Қарори. – Т.:
Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 14-сон,
230-модда.
2.
2.Тоҳиров Ў.О. Технология ўқув фани давлат таълим стандарти ва ўқув
дастурини таълим амалиётига жорий этиш методикаси. // Методик
тавсиянома. –Т. : РТМ, 2017. - 72 б.
UMUMKASBIY FANLARNI O’QITISHDA MUAMMOLI
VAZIYATLARNI YARATISH
Sh.H.Quliyeva
BuxDU “Mehnat ta`limi” kafedrasi mudiri, p.f.n., dots.,
A.Z.Esonova
BuxDU “Mehnat ta`limi” yo’nalishi talabasi
Oliy ta’lim jarayonida fanlarning nazariy asoslarini chuqur o’zlashtirish bilan
birga olgan bilimlarni amaliyotga ham tadbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bo’lg’usi
o’qituvchilarning
kasbiy
bilimi,
ko’nikma
va
malakalarini
shakllantirishda umumkasbiy fanlarining ahamiyati katta.
Umumkasbiy fanlarining nazariy va amaliy asoslarini o’qitishda muammoli
vaziyatlarni yaratish natijasida talabalar bilim, ko’nikma va malakalarni faol
o’zlashtirishga
erishiladi.
Bo’lajak
pedagog-o’qituvchilarni
tayyorlashda
muammoli vaziyat-pedagogik turkum fanlari hamda umumkasbiy fanlarining
integratsiyasi ya’ni didaktik sintezi va fanlararo aloqadorlik darajasi faoliyatida
pedagogik hamda texnik-texnologik muammoli vaziyatlar yechimini topish orqali
amalga oshirish lozim.
Bo’lajak o’qituvchilarni muammoli ta’lim asosida o’qitish talabalarni har
tomonlama rivojlantirish asoslari, jumladan ijodiy idrok etish faoliyatiga bo’lgan
qobiliyatni o’stirishdir. Muammoli ta’limning xususiyati shundan iboratki, unda
bilimlar talabalarga tayyor holda bayon etilmaydi, balki talabalarga berilgan
topshiriqlarni mustaqil bajarishlari uchun bir yoki bir necha muammo qo’yiladi.
Ilmiy-texnika bilimlarning talabalar tomonidan mustaqil izlanishlar jarayonida
egallanishi yetarli darajada puxta va ongli bo’lib, ularda zamonaviy dunyoqarashni
tarkib toptirish uchun yaxshi baza yaratadi.
Muammo-o’zida undagi hal qilish uchun mavjud bo’lgan vositalar (bilish,
uddalash, izlanish faoliyatining tajribasi) asosida qabul qilingan muammoli
vaziyatni ifodalaydi. Shuning uchun ham har qanday muammoda muammoli
vaziyat mavjud bo’ladi, ammo har qanday muammoli vaziyat muammo
hisoblanmaydi.
Bilish vazifasi o’zida mavjud sharoit yoki parametrlarda hal qilinadigan
muammolarni ifodalaydi. Bunday vazifaning mazmuni, ya’ni paydo bo’lishning
141
asosida ma’lum bilan noma’lum o’rtasidagi ziddiyat yotadiki, bu muammo
sanaladi.
Muammoli vaziyatlar talabalarning bo’lg’usi kasbiy-pedagogik faoliyati bilan
bevosita bog’liq bo’lgan hayotiy, amaliy dalillar, jarayonlar asosida yaratiladi.
Talabalar tomonidan muammolarning yechimini topishda quyidagi ketma-ketlikka
rioya qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
1. Muammoli vaziyat tavsifini keltirish.
2. Guruhni kichik guruhlarga bo’lish.
3. Guruh talabalari tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish
sabablarini aniqlashi.
4. Muammoli vaziyatni keltirib chiqaruvchi sabab va oqibatlari to’g’risida
fikr-mulohazalarini ilgari surish.
5. Muammoli vaziyatning maqbul yechimini ishlab chiqishi.
6. Muammoli vaziyatlar yechimini to’g’ri va aniq topilganligini isbotlash.
Talabalar pedagogik texnik-texnologik vaziyatlarni “Mehnat ta’limi o’qitish
metodikasi” fanining amaliy mashg’ulotlarida o’zlashtirib, pedagogik amaliyotda
esa xuddi shunday vaziyatlarga to’qnashadilar. Ma’lum mashg’ulotlarda talabalar
pedagogik amaliyotni muvaffaqqiyatli o’tkazishga imkon beruvchi ta’lim
muassasalarining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlaydilar, ijodiy guruhlarda ijodkor-
o’qituvchilar tajribalarining mohiyatini o’rganadilar.Amaliyotda ko’p uchraydigan
pedagogik,texnik-texnologik muammoli vaziyatlar yechimi haqida video
tasmalarga yozib kelib ,o’quv auditoriyalarda o’qituvchi va talabalardan iborat
ekspertlar guruhi oldida asoslashga harakat qiladilar.O’qituvchi va talabalar ilg’or
pedagogik tajribalarning ko’rsatkichlari bo’yicha har bir talaba ishiga baho
beradilar.Ushbu jarayonda bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilari o’zaro ijodkor
o’qituvchilarning ilg’or tajribalarini guruhlarda muhokama qiladilar va fikr
almashadilar.Ilg’or pedagogik tajribalarni bir-biri bilan taqqoslaydilar,har bir
munozara ishtirokchisi o’zining fikr-mulohazalarini aniq dalil-isbotlar bilan
himoya qiladi.Talabalar pedagogik amaliyot natijalari bo’yicha o’quvchilar
jamoasi va duch keladigan pedagogik muammolarni bartaraf etish bo’yicha
tavsiyalar ishlab chiqadilar.
Shunday qilib, muammoli vaziyat yaratish kasb ta’limi o’qituvchilarini
tayyorlashda kasbiy o’quv malakalarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanqidiy
fikrlash qobiliyati hamda ijodiylik, intellektuallik kabi sifatlarni shakllanishida
muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: