Меҳнат ва касб таълими


Kasb–hunarga talluqli nazariy bilimlarni o’rgatish



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

Kasb–hunarga talluqli nazariy bilimlarni o’rgatish: 
1.
Nazariy dars texnologik xaritalarini ishlab chiqarish 
2.
Mavjud vaziyat va dastlabki shart-sharoitlarni baholash 
3.
O’quv maqsadlari va mazmunlarini ishlab chiqarish 
4.
Nazariy darsni o’tkazish, shakl va metodlarni tanlash 
5.
O’quv-didaktik vositalar va materiallarni tayyorlash 
6.
Nazariy darsni o’tkazish 
7.
Nazariy bilimlarni baholash 
Ushbu tahlil nazariy dars va amaliy mashg’ulotlar mazmunlarini tanlash
mo’ljallangan maqsadlarga erishish va kerakli vaqt doirasini belgilash uchun 
zarurdir. Maqsad esa mazmunni belgilaydi. 
Biror bir maxsus soha tahlili bilim sohasi misolida ko’rsatib berilishi mumkin. 
Biror maxsus soha tuzilmasini ishlab chiqish xuddi shunday mavjud tarkibiy 
qismlariga quyidagiga ham bog’liq bo’lishi mavjud bo’lmasa amaliyot 
o’qituvchisining biror soha tuzilmasini tayyorlash lozim. 
Ko’pincha mavzu jihatlarni to’plash bilan boshlanadigan quyidagi bosqichlar 
bu borada yordam beradi: 
1.
Mavzu doirasidagi o’rnatiladigan dalillar 
2.
Dalillar bilan bog’liq tushunchalar 
3.
Dalillar o’zaro bog’laydigan tamoyillar (funksional aloqadorlik qoidalar) 
4.
O’rgatiladigan usullar (mehnat jarayonlari, amallar) 
Dalil o’qitish obyektini anglash va to’’ri belgilash demakdir. 
Tushuncha o’rganilgan dalilni tushuntirish, ta’riflash, tasniflashdir. 
Tamoyil qabul qilingan qoidalar: u bir yoki bir qancha tushunchalar 
o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi. 
Jarayon paytida amalga oshiriladigan bosqichlar ketma-ketligi usul deyiladi. 
Bilim bilan birga qobiliyat ko’nikmalar, xulq ham o’rganiladi. 
Qobiliyat va ko’nikmalar- bu talabalar muayyan faoliyat muvaffaqiyatli olib 
borish uchun shart-sharoitlar yaratib beruvchi, tashqaridan kuzatish mumkin 
bo’lgan harakatlar va ta’sirlar hisoblanadi.
Ko’nikmlar ongli ravishda amalga oshirilgan faoliyatning tarkibiy qismiga 
kiruvchi avtomatik tarzda yuz beradigan harakatlardir. 
Qobiliyat va ko’nikmalar kognitiv va psixometrik o’rganish sohasida 
quyidagicha ta’rif beriladi. Bu insonning o’z atrof-muhitiga faoliyat orqali 
munosabatda bo’lishidir, bunda kuzatsa bo’ladigan va kuzatsa bo’lmaydigan-ichki 
munosabat, shaxsiy tajriba va qadryatlar, e’tiqod, hissiyot va mayllar muhim o’rin 
tutadi.
Amaliy ta’lim qismiga taaluqli maxsus sohani tahlil qismlari kasbiy mantiqiy 
emas, balki harakatlarga yo’nalgan tarzda kechadi. Ko’pincha, o’z sohasini a’lo 


137 
darajada egallagan mutaxasisslardan misol uchun biror ish tartibini tushuntirib 
berish so’ralsa, ular ko’pincha sergaklik bilan tushuntirishni boshlaydilar, ikkinchi 
darajali masalalarga to’xtalib, qisqa va lo’nda tushuntirib bera olmaydilar.
Muhim bandlar ko’pincha, ko’rsatilmay qolib ketadi. O’qituvchi bilimni 
talabalar tomonidan o’rganilishi mumkin bo’lgan holda berilishi lozim. Unga 
ishonib topshirilgan mehnat predmeti odatlar doirasidan chiqarilib talaba ongiga 
kiritilishi kerak. So’ngra bilim shunday aniq tahlil qilib berilsinki uni talaba oz 
miqdordagi bosqichlarni o’tgan holda tizimli tarzda o’rganib olsin.
Amaliy mashg’ulot uchun mo’ljallangan ta’lim hujjtalari asosan harakatlarga 
yo’naltirilgan tarzda tuziladi. Ular misol uchun ma’lum bir tayyorlash jarayonidagi 
bajariladigan amallar bosqichlarga asoslangandir. Shunday kelib chiqqan holda 
maxsus sohani tahlil qilish,kasbiy tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Bunda biror ish yoki biror jarayon yoki amaliy harakatlar ketma-ketligi 
asosida bajariladi, masalan: 
-
Biror ish bajarishdagi bosqichlar ketma-ketligi
-
Mahsulotni tayyorlash pog’onalari 
-
Rejalashtirishdagi harakatlar
Texnologik jihozlarni ishlatish ko’rsatmalari yoki ma’lum amaliy ko’nikma 
uchun ishning borishini, mehnatni bosqichlarga bo’lish borasidagi namuna sifatida 
keltirish mumkin. 
Amaliy mashg’ulot ish jarayoni to’g’risidagi texnik bilim asosida amalga 
oshiriladigan muayyan bosqichlarga bog’liq bo’ladi.
Maxsus sohani o’zlashtirish yuzasidan quyidagi xulosalarni berish mumkin. 
O’qituvchi talaba uchun nafaqat maxsus soha bo’yicha barcha zarur bilim va 
tajribalarga, balki chuqur sohalar bo’yicha ham chuqur bilimlarga va ularni 
talabaga yetkazishda turli qiziqarli o’yinlar va usullarga ega bo’lgan shaxs sifatida 
namoyon bo’ladi. Bu orqali uning talabalar oldidagi obro’-e’tibori shakllanadi. 
Shuning uchun o’qituvchidan doimiy o’zi ustida ishlashi va “har sohadan xabardor 
” bo’lishi talab etiladi. 
O’qituvchi nazariy bilim yuzasidan esa maxsus soha bo’yicha yangi 
adabiyotlarga ega bo’lishi va ko’p o’qish uchun o’ziga turtki shuningdek qiziqish 
his etishi kerak. 

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish