Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 2019 yil 17 yanvardagi
“2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va
ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”
gi PF -5635 sonli farmoni.
2.
Yuldoshev J.G., Usmonov S. Ilg’or pedagogik texnologiyalar. - T.:
Ukituvchi, 2004.
3.
Современные образовательные технологии / Учебное пособие. Под ред.
Н.В.Бордовской. – 2-е изд., стер. – Москва: КНОРУС, 2011. – 432 с.
4.
Tolipov O‘., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy
asoslari. – Toshkent: Fan, 2006. – 260 b.
5.
Tolipov O‘.Q., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va
amaliyot. – Toshkent: “Fan”, 2005. – 205 b.
ELEKTROTEXNIKA, RADIOTEXNIKA VA ELEKTRONIKA FANINI
O’QITISHDA DASTURIY TA’LIM VOSITALARIDAN FOYDALANISH
IMKONIYATLARI
A.R.Jo’rayev
BuxDU tayanch doktoranti,
G’.G’.Abdullayev
BuxDU mehnat ta’limi yo’nalishi talabasi
Innovatsiyalarning har qanday yangilikdan farqi shundaki, u boshqarish va
nazorat qilishga imkon beradigan o‘zgaruvchan mexanizmga ega bo‘lishi zarur.
Bugungi kunda barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’limda ham - novatsiya, -
innovatsiya hamda ularning mohiyatini ifodalovchi faoliyat to‘g‘risida so‘z
yuritiladi.
Pedagogik innovatsiya ta’lim mazmunini boyitadi va o‘qitish shakl, usul va
vositalarini yangilash vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayoniga innovatsiyalarning
kirib kelishi kompyuter texnologiyasining rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib,
axborot kommunikatsion texnologiyalari vositalari yordamida ta’lim jarayonida
pedagogik dasturiy vositalar yaratishga qaratilgan tizimni o‘z ichiga oladi [1].
206
Pedagogik dasturiy vositalar - kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv
jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik
vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli
shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi
sifatida ishlatiladi.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
1. O‘rgatuvchi dasturlar - o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan
kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;
2. Test dasturlari
- egallangan bilim,
malaka, ko‘nikmalar va
kompetensiyalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;
3. Mashq qildirgichlar - avval o‘zlashtirilgan o‘quv materialini takrorlash va
mustahkamlashga xizmat qiladi;
4. O‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar
(Virtual borliq tizimlari) [3].
Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish
maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy
omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik
guruhlarga ajratiladi.
Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar
kiradi: ilmiylik, tushunarlilik, qat’iylik va tizimlilik (pedagogika, psixologiya,
informatika, ergonomikaning asosiy tamoyillarini, zamonaviy fanning fundamental
asoslarini hisobga olib, o‘quv faoliyati mazmunini qurish imkoniyatini ta’minlash),
uzluksizlik va yaxlitlik (ilgari o‘rganilgan bilimlarning mantiqiy davomi hamda
to‘ldiruvchisi hisoblanadi), izchillik, muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollik (o‘qitish
mustaqilligi hamda faollik xususiyatining mavjudligi), o‘qitish natijalarini
o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolligi, o‘qitish, tarbiyalash,
rivojlantirish va amaliyotning yaxlitligi.
Psixologik talablarga idrok etish (verbal-mantiqiy), tafakkur (tushunchaviy-
nazariy, ko‘rgazmali-amaliy), diqqat (qat’iyliligi, boshqaga ko‘chishi), motivatsiya
(yuqori
darajada
ko‘rgazmalilik,
o‘z
vaqtida
qayta
aloqa
yordamida
o‘quvchilarning
yuqori
darajadagi
motivatsiyalarini
doimiy
ravishda
rag‘batlantirish), xotira, tasavvur, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini
hisobga olish (egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini hisobga
olib, o‘quv fani mazmuni hamda o‘quv masalalari murakkablik darajasi ta’lim
oluvchilarning yosh imkoniyatlari va individual xususiyatlariga mos kelishi, o‘quv
materialini o‘zlashtirishda ortiqcha his-hayajonli, asabiy, aqliy yuklamalardan
ta’sirlanishdan himoyalash) kiradi.
Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi
qurilmalari, test o‘tkaziladigan manbalar kiradi.
Tarmoq talablariga «mijoz-server» arxitekturasi, internet navigatorlar, tarmoq
operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (o‘qitish jarayonini
individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, o‘lchami,
rangi), bezashning funksional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
207
Maxsus talablarga interfaollik, maqsadga yo‘nalganlik, mustaqillik va
moslashuvchanlik, audiolashtirish, ko‘rgazmalilik, kirish nazorati, intellektual
rivojlanish,
differensiatsiyalash
(tabaqalashtirish),
kreativlik,
ochiqlik,
funksionallik, ishonchlilik.
Ergonomik talablarga do‘stonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran
shakllarini tashkil etish.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik
talablarga javob berishi kerak:
- o‘quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli
komponentlarining o‘zaro bog‘liqligiga tayangan holda qurilishi;
- o‘quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko‘rinishida ta’minlashi. Fanlararo
mantiqiy o‘zaro bog‘liqlikning hisobga olinishi;
- ta’lim oluvchiga o‘quv materialini bosqichma - bosqich o‘zlashtirganligini
turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining
yaratilishi.
Shu o‘rinda elektrotexnika, radiotexnika va elektronika fanini o’qitishda
dasturiy ta’lim vositalaridan foydalanish o‘qitishning eng sodda va sifatli usuli
hisoblanadi, jumladan quyidagi “Elektronika” virtual laboratoriya dasturi ta’lim
jarayoni samaradorligini oshirishda qo‘l keladi (1-rasm).
“Elektronika” virtual laboratoriya dasturi yordamida elektrotexnika,
radiotexnika va elektronika fanidan laboratoriya ishlariga doir zanjirlarni yig‘ish,
tajribalar o‘tkazish, tajriba natijalarini elektron hisobot tarzida chop qilish
imkoniyatini beradigan mualliflik dasturi hisoblanadi.
1-rasm. “Elektronika” virtual laboratoriya dasturi oynasi.
“Elektronika” virtual laboratoriya dasturi o‘zida quyidagi imkoniyatlarni
jamlagan (2-rasm):
2-rasm. “Elektronika” virtual laboratoriya dasturi paneli.
208
“Elektronika” virtual laboratoriya dasturi yordamida tajriba natijalarini
elektron hisobot tarzida chop qilish va tahlil qilish mumkin. Bu esa ta’lim
oluvchilarning
kasbiy
kompetensiyalarini
shakllantirishning
innovatsion
usullaridan biri bo‘lib, ta’lim oluvchilarning olgan natijalari asosida baholash
imkonini beradi va innovatsion usulda nazorat o‘tkazishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |