Меҳнат ва касб таълими


 Қисм босма шакли 2 Қисм электрон шакли



Download 4,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/156
Sana26.05.2022
Hajmi4,21 Mb.
#608905
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Bog'liq
Бухоро- 17.05.2019

1 Қисм босма шакли 2 Қисм электрон шакли
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-расм. Меҳнат таьлими дарслиги модели 
 
Шундай қилиб, Республикада амалга оширилаётган янгиликлар, таълим 
соҳасидаги ислоҳотларнинг асосий мақсади ва ҳаракатга келтирувчи кучи бу 
инсон, унинг баркамол ривожланиши, фаровонлиги, шахс қизиқишларини 
амалга ошириш, шароитларини таъминлаш, масъулиятини ҳис қилар 
эканмиз, ўқувчиларда мустақиллик, меҳнатсеварлик, эркинлик, ижодкорлик, 
тадбиркорлик, ишбилармонлик каби сифатларини шакллантириш, уларни 
интизомлилик, дўстлик, бирдамлик, ватанга содиқ руҳида тарбиялашда ўқув 
Кириш 
Мехнат таълими 
дарслиги 
Фанни ўқитиш бўйича методик 
тавсиялар. Адабиётлар рўйхати 
1-бўлим 
(модул) 
(Ёғоч ва унга 
ишлов бе- 
риш техно- 
логияси) 
2-бўлим 
(модул) 
(Металлга 
ишлов 
бериш тех- 
нологияси 
N бўлим 
(модул) 
(. . . . .) 
Асосий 
ўқув 
материалла
ри электрон 
версияси 
Электрон 
тестлар 
1.Асосий 
матнлар 
2.Қў-
шимча 
матнлар 
5.Йўнал -
тирувчи 
компо-
нент 
6.Тасвирий 
метериал-
лар 
3.Ту-
шун- 
ти-
рувчи 
матнлар 
4.Ўзлашти-
ришни 
ташкил 
қилиш ком-
поненти 
7.Техник 
ҳужжат-
лар, тех-
нологик 
харита 
8.Билим ва 
кўникмаларни 
баҳолаш ма-
териаллари ва
мезонлари 
Мульти-
медиали 
воситалар 
Электрон 
тажриба-
лар 
Фойдали 
дастурлар 
Луғат 
Қўшимча 
адабиётлар 
Техноло-
гик 
харита, 
йўриқно-
малар 
Электрон 
топши-
риқлар 


202 
адабиётлар янги авлодини яратиш ва амалда жорий этилиши орқали ўз 
олдимизга қўйилган пировард мақсадимизга имкон беради. 
Фойдаланилган абиётлар 
1. Чилангарлик ишлари. Н.Бекмуратова. Тошкент “Меҳнат нашриёти”. 
2002й. 
1.
Учебные задания по труду для программированного обучения 6 класса. 
Н.Ф.Якубин – Москва «Просвещение», 1991. 
2.
Авлияқулов Н.Х., Мусаева Н.Н. Касбий фанларни модулли ўқитиш 
технологияси. Т., Янги аср авлоди. 2006. 
3.
Алимов А.Т. “Меҳнат таьлими” фанидан модулли технология асосида 
ўқув материалларини ишлаб чиқиш имкониятлари. // Узлуксиз таьлим 
Т. 2008. № 5. 84-87 
 
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ULARDAN “TEXNOLOGIYA” FANI 
DARSLARIDA FOYDALANISHGA QO‘YILADIGAN TALABLAR 
 
dots.A.I.Avazboyev, katta o’qituvchi G’.M.Abduqadirov
,
magistrant G.Xojikarimova
Nizomiy nomidagi TDPU 
Keyingi paytlarda pedagogik adabiyotlarda “Pedagogik texnologiya” 
tushunchasi ko‘p qo‘llanilayotganligi sababli, bu boradagi fikr-mulhazalar, unga 
bo‘lgan munosabat va ta’riflar ham turlicha bo‘lmokda, pedagogo olimlar turlicha 
ta’riflar berilgan: 
“Pedagogik texnologiya-ta’limni sistemalashtirish yoki sinfda o‘qitishni 
sistemalashtirish g‘oyalarini pedagogikaga tadbik, etishdan iborat” (T.Sokomoto), 
O‘qitish texnologiyasi - ilmiy va boshqa bilimlarning amaliy masalalarini hal 
etishda sistemali raviisha qo‘llashdan iborat“ (T. Golbrayt),“Pedagogik 
texnologiya, bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘lik, bo‘lmagan xolda pedagogik 
muvaffakdyatlarni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonini 
ifodalash loyihalashdir“ (V.P.Bespalko). YUNESKO quyidagi ta’rifni beradi: 
“Pedagogik tex-nologiya - ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifalarini o‘z
 
oldiga qo‘ygan texnik va inson imkoniyatlarini va ularning o‘zaro bog‘likligini 
hisobga olgan holda o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yaratish, qo‘llash 
va aniqlashlarning tizimiy usullaridir“.Ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, ta’limga 
tizimiy 
yondashuv 
boshka 
yondashuvlardan 
farqli 
o‘larok, 
pedagogik 
texnologiyaning xususiyatlarini belgilaydi. O‘qitish maqsadlarini aniq belgilash, 
o‘qitish jarayonini loyixalash, pedagogik muvaffakiyatlarni kafolatlash, o‘zaro 
bog‘lik va uzaro ta’sir etuvchi bloklar pedagogik texnologiyaning muhim belgi va 
xususiyatlari hisoblanadi.
Ishlab 
chiqarishda 
qo‘llanilayotgan 
texnologiyada 
kutilajak 
natija 
kafolatlanadi. Shuningdek, anik ishchi chizmalar asosida yaratilgan detallarni 
yig‘ish jarayoni ketma-ket bajarilaveradi, takrorlanaveradi, ya’ni texnologik sikl 
kaytariladi. Masalan:Ishlab chiqarish korxonaning har bir sexida o‘ziga xos 
bo‘lgan bir xil texnologik jarayon kayta - kayta takroriy ravishda amalga oshiriladi. 


203 
Model-ga mos ravishda bir xil ko‘rinish, sifatga ega bo‘lgan buyumlar ishlab 
chikariladi. Texnologiyaning bu xususiyati pedagogik texnologik jarayoniga ham 
bevosita alokadordir. Pedagogik jarayonda takrorlanuvchi, qaytariluvchi siklni 
yaratish murakkabroq kechadi. Chunki o‘qitishning maqsadi, ta’lim vazifasining 
mazmuni, o‘quv materiallarining xilma-xilligi, bilish faoliyati, o‘zlashtirish 
darajasi o‘quvch-ining individual xususiyatlariga ko‘p jixatdan bog‘liqligi kabi 
holatlar ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi. Lekin ta’lim-tarbiya jarayonida 
muvaffakiyatga erishish uchun aurim jihatlarnii inobatga olgan xolda pedagogik 
texnologiyaning kaytuvchi-takrorlanuvchi aloqasini yaratish zarur bo‘ladi. Bu 
jixatni U.N. Nishonaliev va B.L. Farbermanlar tomonidan pedagogik 
texnologiyaga berilgan ta’rifda ko‘rish mumkin: „Pedagogik texnologiya o‘quv 
maksadlarining anik, belgilanishi, yakuniy natijaning kafolatlanishi, o‘quv jarayoni 
takrorlanuvchanligining taminlashi va tezkor kaytuvchan aloqaning mavjudligi 
bilan xarakterlanadi". Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, “Texnologiya” fani bo‘yicha
o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiya joriy etilganda, an’anaviy o‘qitish 
jarayoniga xos bo‘lmagan yangi belgilar, xususi-yatlar-o‘quv maqsadlarini 
aniqlashtirish, o‘quv jarayoniga va maksadlariga, uning kafolatlangan natijalariga 
qarab tuzatishlar kiritilishi, qaytuvchan alokqani mavjudligini yaqqol sezish 
mumkin. 
Ta’lim-tarbiya tizimi bir-biri bilan uzviy bog‘langan bir nechta tarkibdan 
tashkil topadi: 
1.SHaxs (o‘quvchi); 
2.Ta’lim (tarbiya) maqsadlari; 
3.Ta’lim (tarbiya) mazmuni; 
4.Didaktik (tarbiyaviy) jarayon; 
5.Tashkil etish shakllari; 
6.Pedagogik uslublar yoki texnologiya; 
7.O‘qituvchi (tarbiyachi). 
Bu tizim “Texnologiya” fanini o‘qitish jarayoni uchun xam mos keladi.
Xar kanday nazariyaga xos bo‘lgani kabi yuqoridagi tizim ham qonuniy ikki 
yo‘nalishni ifodalaydi va hal qiladi: didaktik (tarbiyaviy) masalalar va bu 
masalalarni amalga oshirish yo‘llalari. SHartli ravishda didaktik (tarbiyaviy) 
masalalarga maqsad, mazmun kiritilsa, amalga oshirish yo‘llariga shakl, vosita, 
uslublarini kiritish mumkin. Bu tizim ichida pedagogik usullar yoki pedagogik 
texnologiyalarni alohida ajratib olamiz. 
Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘ziga xos bo‘lgan 
innovatsion yondashuvdir. U pedagogikada ijtimoiy-muxandislik taffakurining 
ifodasi, o‘qitish, tarbiyalash jarayonini ma’lum darajada standartlash demakdir. 
Jumladan, “Texnologiya” fanini o‘qitishning ma’ruza, og‘zaki bayon qilish 
usullaridan voz kechib, kompyuterlar, ta’limning texnik vositalari, amaliy 
mashqlar yordamida o‘qitish, o‘quvchi bilish faoliyatining boshqaruvchisi, 
tashkilotchisi, maslaxatchisi, yakuniy natijaga erishishga yo‘llovchisi - o‘qituvchi, 
ustoz rahbarligida o‘quvchilarning ko‘prok mustaqil ishlarini tashkil etish va eng 
muhimi o‘qituvchining deyarli bir-xil yuqori yakuniy natijaga erishish 
imkoniyatining mavjudligidir. Ayniqsa, jahonning etakchi davlatlari andozalari 


204 
talabiga javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlashning xozirgi davrida keyingi 
holat alohida ahamiyat kasb etadi. “Texnologiya” fanini o‘qitishni pedagogik 
texnologiyalar asosida tashkil etish natijasida ta’lim maksadlari belgilanadi yoki 
loyihalanadi, kutilayotgan yakuniy natija-ijobiy sifat o‘zgarishi kafolatlanadi, 
o‘quv jarayonining takrorlanuvchi sikli yaratiladi, tezkor kaytuvchi aloqa vujudga 
keladi yoki o‘quv maqsadlari, o‘quv jarayoniga kerakli tuzatishlar kiritilib 
borilaveradi. 
“Texnologiya” fani darslarining samarali bo‘lishi va yaxshi, yuqori natija 
berishi, pedagogik texnologiyalar foydalanishga qo‘yiladigan talablar asosida dars 
jarayoniga pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga ko‘p jixatdan bog‘liq. 
“Texnologiya” fanida innovatsion pedagogik texnologiyalarni ta’lim-tarbiya 
jarayoniga joriy etish pedagogik texnologiyalar foydalanishga qo‘yiladigan talablar 
sifatida ma’lum prinsiplarga asoslanadi.Ular quyidagilar: 
Pedagogik 
texnologiyaning 
yaxlitlik 
prinsipi-texnologiya 
loyixasi 
yaratilayot-ganda pedagogik tizimining barcha elementlari o‘zaro ta’sir ostida 
bo‘lishini va o‘zaro bog‘liqligini e’tiborga olishni takrzo etadi ya’ni, ta’lim 
maqsadining qat’iyan aniqlanishi (nega va nima uchun?), o‘quv jarayoni mazmuni 
(nima?), tashkiliy shakllarini (qanday?), o‘qitish metodlari va vositalarini (nima 
yordamida?) saralash va tanlashga ko‘maklashishi, shuningdek, o‘qituvchining 
mahorat darajasiga bog‘liq xolda didaktik jarayon samarasini aniqlashga imkon 
berishi kerak. 
Pedagogik texnologiyalar o‘quv-tarbiyaviy jarayonini oldindan loyixalash va 
keyingi bosqichda bu loyixani sinf (auditoriya)da amalga oshirishni ko‘zda tutadi. 
Shu boisdan pedagogik texnologiyalarning muhim prinsipi-bo‘lajak o‘quv 
tarbiyaviy jarayonni oldindan loyixalash prinsipidir. Bu esa, tabiiy-ki, 
o‘qituvchidan ijodiy faoliyatni talab etadi.Yakuniy natijaning kafolatlanishi 
prinsipi-bu tushuncha aslida nisbiy xarakterga ega, chunki tuzilgan texnologiya 
amalga oshirilgach, muayyan natijalar bo‘lishi-o‘quvchilarning o‘quv materialini 
turli darajada o‘zlashtirib olishi, tabiiy. 
Pedagogik 
texnologiyaning 
tugallanganlik 
prinsipi-o‘quvchining 
o‘zlashtirish sifati uning o‘zlashtirish koeffitsienti bilan aniklanadi.
Pedagogik texnologiyaning egiluvchanlik prinsipi-pedagogik texnologiya-
larning qo‘llanish sohalarini birmuncha kengaytiradi. U yoki bu mavzu bo‘yicha 
loyixalangan texnologiya xech bo‘lmaganda fan bo‘limlari chegarasida 
egiluvchan-lik xususiyatiga ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchida kam kuch va vaqt 
sarfi evaziga fan mavzulari bo‘yicha didaktik jarayon tuzilmasini tashhisli 
makqsadga muvofik, tarzda almashtira olish yoki qaytadan loyixalash imkoni 
mavjud bo‘ladi.
Yukoridagi prinsiplar “Texnologiya” fanida pedagogik texnologiyaning 
didaktik sistema sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. Lekin ular o‘quv 
jarayonini tashkil etishga oid barcha jixatlarni o‘zida aks ettirmaydi. Pedagogik 
texnologiyada xususiy xol sifatida an’anaviy o‘qitishdan xamda didakgikaning 
barcha prinsiplaridan foydalaniladi. Ular bir-birini to‘ldiradi va boyitadi. 
Su bilan birga, pedagogik texnologiyalardan foydalanishda o‘qituvchilar va 
pedagogik vaziyatga bir qator quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: 


205 
- O‘qituvchining ma’lum ish tajribasiga, ma’lum metodik malakaga ega 
bo‘lish; 
- O‘qituvchining tayanch pedagogik-psixologik bilimlarga ega bo‘lishi va 
uning tashkilotchilik qobiliyati bo‘lishi; 
- Didaktik vositalar (axborot, tarqatma materiallar, dars jihozlar)ning
bo‘lishi; 
- O‘quvchi va o‘quvchilar guruhi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning 
ishonch va hurmatga asoslanishi, ushbu guruhning o‘zaro hamkorlikka erisha 
olishi; 
- Ta’lim jarayonida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishi; 
- Axborotlarni taqdim etishda xilma-xil metod, vositalarni samarali, o‘rinli, 
maqsadga muvofiq va o‘zaro moslikda qo‘llashga erishish. 

Download 4,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish