80
“Bola
dunyoga kelganidan boshlab, unda aynan maktabgacha boʼlgan yoshda
aqliy faollik oshadi, axloqiy-estetik va jismoniy xislatlar shakllanadi.
Shu bois ham, – ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar, bogʼcha yoshidagi har bir bolani ushbu
taʼlim yoʼnalishi bilan toʼliq qamrab olinishi muhimdir.
Zamonaviy jamiyatning muhim vazifalaridan biri – bu alohida ehtiyojga ega
boʼlgan bolalarga gʼamxoʼrlik qilish va ularga birinchi navbatda inklyuziv taʼlimni
joriy etish orqali sifatli taʼlim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yoshlarning barkamol shaxs boʼlib ulgʼayishi va katta hayotda oʼz oʼrnini
topishi u yashayotgan jamiyatda taʼlim tarbiyaning toʼgʼri yoʼlga qoʼyilganiga bogʼliq.
Hozirgi kunda Oʼzbekistonda Respublikasida yangi avlod maktabgacha taʼlim
tashkilotlari hamda koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim
tashkilotlari
tizimida rivojlanishda orqada qolgan bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni yaratish
boʼyicha barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Maktabgacha taʼlim uzluksiz taʼlim tizimining birlamchi boʼgʼini boʼlib,
sogʼlom, faol, barkamol, ij-timoiy moslashtirilgan bolalarni tarbiyalash,
ularning
kelgusida muvaffaqiyatli oʼquv faoliyati uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish va
boshlangʼich taʼlimga sifatli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan,
butun boshli taʼlim tizimining istiqbolli ertasi uchun ham, avvalo, maktabgacha taʼlim
tizimi faoliyatini toʼgʼri yoʼlga qoʼyish zarur.
Zero, maktabgacha taʼlim tashkilotining maqsad va vazifalari ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qoʼyiladigan davlat talablari asosida
hamda davlat oʼquv dasturiga muvofiq bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan
holda ularning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar
yaratishdir.
Oʼquv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda
asosiy kompetentsiyalar va
rivojlanish sohalari kompetentsiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratish
hisoblanadi. Keyingi uch yil ichida yuqoridagilarning barchasini hayotga tatbiq etish
borasidagi tub burilish va yangilanishlarga bugun odamlarimizning ishonchi tobora
ortib borayotgani ham tizimni takomillashtirishda muhim omil boʼlib xizmat qiladi.
81
Tizimda amalga oshirilayotgan
islohotlardan biri, koʼp tarmoqli
ixtisoslashtirilgan tashkilotlarning modellari amalga oshirilmoqda, ularda sogʼlom
tarbiyalanuvchilar ham, alohida ehtiyojli bolalar ham qatnashadilar. Ushbu yondashuv
asosida inklyuziv taʼlimning asosiy tamoyili amalga oshiriladi –
bu esa alohida
ehtiyojli bolalar uchun yuqori sifatli taʼlim olish, tengdoshlari qatori taʼlim
resurslaridan erkin foydalanish hamda oʼzaro aloqa qilish koʼnikmalariga ega
boʼladilar.
Bugungi kunda Oʼzbekistonda Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini
samarali tashkil etish boʼyicha, jismonan sogʼlom va barkamol avlodni shakllantirish,
oʼquv jarayoniga taʼlim-tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etishni
taʼminlashga qaratilgan keng koʼlamli ishlar olib borilmoqda.
Davlat tomonidan inklyuziv taʼlimni joriy etishni
nazarda tutuvchi bir qator
huquqiy-meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan,
1.
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Maktabgacha taʼlim
tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 391-
sonli qarori;
2.
Oʼzbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha
taʼlim va tarbiya toʼgʼrisida”gi 595-sonli Qonuni;
3.
Oʼzbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi “Taʼlim
toʼgʼrisida”gi 637-sonli Qonuni.
Yurtimizda 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan yangi tahrirdagi
Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonuniga ilk bora “inklyuziv
taʼlim” tushunchasi kiritildi. Nogironlik endilikda tibbiy masala emas, balki birinchi
navbatda inson huquqlari masalasi deya qonuniy eʼtirof etildi. Shuni taʼkidlash joizki,
nogironligi boʼlgan bolalar uchun toʼsiqlardan xoli va inklyuziv muhitni yaratish orqali
ularning toʼliq va sifatli taʼlim olishini taʼminlash – bola huquqlarini amalga
oshirishning samarali yoʼllaridan biridir” deb taʼkidlandi.
Bugungi kunda alohida ehtiyojga ega bolalarni jamiyatga uygʼunlashtirish uchun
va ular uchun qulay muhitni yaratish jamiyat oldida turgan dolzarb masalalardan biri
82
hisoblanadi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoit alohida ehtiyojli bolalarni mustaqil
hayotga tayyorlashni yanada takomillashtirishni talab qiladi.
Bunday bolalarning potentsialini roʼyyobga chiqarish va ularni taʼlim,
madaniyat va sportda
hamda kelajakdagi kasbiy, mehnat faoliyatida oʼz
imkoniyatlarini amalga oshirishini taʼminlash kabi masalalar alohida ahamiyat kasb
etadi.
Аlohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ta’lim-tarbiyasi muammolarini ijtimoiy
hayotga moslashtirishga ko’mak berish, bu ishlarni samarali amalga oshirish, maxsus
soha
xodimlari
hamda
alohida
ehtiyojga
ega
bo’lgan
bolalar
ota-onalariga amaliy yordam berish kabi mas’uliyatli ishlar jumlasiga kiradi.
Аlohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ta’lim tarbiyasida tenghuquqlilik
muammosini hal etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ammo
bugungi kunda ham juda ko’plab bolalar turli xildagi sabablarga ko’ra ta’limdan chetda
qolib ketmoqdalar.
Alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni maktabgacha ta’limga
jalb qilishning
ikki asosiy omili bor:
Do'stlaringiz bilan baham: