Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №14



Download 17,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/168
Sana28.06.2022
Hajmi17,37 Mb.
#713275
TuriСборник
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Май 2021. Том 2

Birinchidan
, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom bolalar bilan 
birgalikda o’zaro faoliyat ko’rsatishlari mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq 
tarzda tashkil etilsa, Аlohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ijtimoiy tomondan 
himoyalanadilar, sog’lom bolalar esa ijtimoiy adolat va tenglikning tan olinishi 
buyukligini alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarga nisbatan yanada mehribon va 
e’tibor bilan munosabatda bo’lishni his etadilar. 
Ikkinchidan
, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar ham sog’lom tengdoshlari 
bilan 
yonma-yon 
ta'lim 
va 
tarbiyalanish 
huquqiga 
ega 
ekanligi. 
Bu ishlarni muvaffaqiyati har bir davlatning qonunlarida aks etilishi zarur. 
Chunki, qonunlar, ularni kerakli moddiy va ma’naviy resurslar bilan ta’minlanishini 
amalga oshirishni kafolatlaydi. Imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berishda, ota-
onalar, mahallalar pedagoglar, mutaxassislar hamkorligida faoliyat ko’rsatishlarini 
talab qilinadi va majburiy shart hisoblanadi. 


83 
Alohida ehtiyojli bolalar ham sog’lom tengdoshlari bilan birgalikda o’z qobiliyat 
darajasida faoliyat ko’rsatish, ta’lim olishi, kasb-hunar o’rganishi va rivojlanishi 
mumkin. Inklyuziv ta’lim maqsadga muvofiq tarzda tashkil etilsa maxsus yordamga 
muhtoj bolalar ijtimoiy tomondan himoyalanadilar, ijtimoiy hayotda teng 
huquqliligini, o’z tengdoshlari bilan birga bilim olishlari mumkinligini his etadilar. 
Alohida ehtiyojli bolalar uchun tashkil etilgan maxsus yopiq turdagi muassasalarda 
bolalardagi mavjud nuqsonlar ancha-muncha yuqori darajada korreksiyalansada, 
ammo bolalarning maktabgacha ta’lim jamoasidagi tor doiraga tushib qolishlari 
natijasida ijtimoiy jamiyatga moslashishi, kelajakda normal rivojlanishdagi bolalar 
qatori faoliyat yuritishlarida juda katta qiyinchiliklarga duch keladilar.
Yuqoridagi kuzatishlar inobatga olinib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 
maydagi “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari toʼgʼrisida”gi 391-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorning 3-ilovasida 
“Koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari va qoʼshma tipdagi 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari toʼgʼrisida” Nizom mavjud boʼlib, ushbu Nizomda 
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlari hamda Qoʼshma tipdagi maktabgacha 
tashkilotlarining faoliyatlari haqida soʼz yuritilgan. Maqsad shundan iboratki, jismoniy 
yoki psixik rivojlanishida nuqsonlari boʼlgan bolalar va rivojlanishida nuqsonlari 
boʼlmagan bolalarning bir tashkilotda alohida guruhlarda birgalikda oʼqishini va 
tarbiyalanishini tashkil etishga qaratilgan. 
Ushbu qarorda alohida ehtiyojga ega boʼlgan bolalarning huquq va manfaatlari 
himoyalanganganligi, qolaversa jamiyat uchun har tomonlama intellektual salohiyatli 
shaxsni voyaga yetkazishda maktabgacha taʼlim yoshidanoq taʼlim-tarbiya berishni 
jahon tajribalari asosida, yaʼni integratsiyalashgan guruhlarning tashkil etilishi 
eʼtiborga molikdir.
Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan xalqaro tajribalaridan kelib chiqqan 
holda ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining mutaxassislari uchun 
“Ilk qadam” maktabgacha taʼlim muassasasining Davlat oʼquv dasturi asosida maxsus 
ehtiyojga ega 2 yoshdan 7 yoshgacha boʼlgan (aqli zaif, ogʼir nutq nuqsoni boʼlgan, 
tayanch-harakat aʼzolarida nuqsoni boʼlgan, kar va zaif eshituvchi, koʼzi ojiz va zaif 


84 
koʼruvchi bolalar) uchun 5 ta mutaxassislik yoʼnalishi boʼyicha moslashtirilgan, 
uygʼunlashgan va yakka tartibdagi taʼlim yoʼnalish (marshrut) tamoyillariga 
asoslangan Oʼquv dasturi yaratildi. Taʼlim dasturda yoʼnalishlar boʼyicha barcha 
toifadagi maxsus pedagoglar (logoped, defektolog, surdopedagog, tiflopedagog, 
oligofrenopedagog) uchun metodikalar hamda har bir yoʼnalish metodikasi boʼyicha 
mashgʼulot jarayonlarida qoʼllaniladigan axborot-kompyuter texnologiyalari va 
kerakli resurslar belgilangan. 
Shu bilan birga, maktabgacha taʼlim tashkilotlarini oʼyinlar, oʼyinchoqlar, 
mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash meʼyornomasi ishlab 
chiqildi, bunda, aqli zaif va ogʼir nutq nuqsoni boʼlgan, tayanch-harakat aʼzolarida 
nuqsoni boʼlgan, kar va zaif eshituvchi, koʼzi ojiz va zaif koʼruvchi bolalarni 
tarbiyalovchi maktabgacha taʼlim tashkilotlarini jihozlashda bolalarning jismonan 
sogʼlom, aqliy va intellektual rivojlanishlari uchun lozim boʼlgan jihozlar, oʼyinlar va 
oʼyinchoqlar va boshqalar inobatga olindi. 
Koʼp yoʼnalishli multidissiplinar yondoshuvdan foydalangan holda bolani bir 
vaqtning oʼzida barcha mutaxassislari yordami bilan bir tashkilot sharoitida yordam 
olishi uchun va toʼliq tibbiy reabilitatsiya va korreksion-pedagogik yordam koʼrsatish 
uchun koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil 
etilishi maqsadga muvofiq boʼlishini hisobga olgan holda Oʼzbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2019 yil 13 maydagi 391-sonli qarori 
ijrosi doirasida davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlar davlat koʼp 
tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga aylantirildi. 
Shu bilan birga mazkur qarorga asosan rivojlanishida jismoniy yoki psixik 
nuqsonlari boʼlgan bolalarni koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim 
tashkilotlarga va qoʼshma tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarga yoʼllash boʼyicha 
Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyani faoliyati takomillashtirildi va hozirgi kunda 
respublika boʼyicha malakali pedagogik va tibbiyot mutaxassislar bilan taʼminlangan 
14 ta hududiy Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiya faoliyat koʼrsatmoqda. 


85 
Shuningdek, tasdiqlangan tibbiy koʼrsatmalarga asosan bolalarni ushbu 
tashkilotlarga joylashtirilishini stabil mexanizmlari qonuniy belgilab berildi, 
nuqsonlarni tashhislash jarayoni yaxshilandi hamda davlat koʼp tarmoqli 
ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarda jismoniy yoki psixik 
rivojlanishida ogʼir nuqsonlari mavjud boʼlmagan tarbiyalanuvchilarni soni keskin 
kamaydi. 
Jumladan, 2020 yil yakuniga qadar respublikada rivojlanishida jismoniy yoki 
psixik nuqsonlari boʼlgan bolalarga moʼljallangan koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 144 tani tashkil etdi, bu esa 2018 yilning shu 
davriga (188 ta) nisbatan 23,4 foizga kamayganligini koʼrsatadi. Tegishli ravishda 
respublikadagi ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan 
imkoniyati cheklangan jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni boʼlgan 
tarbiyalanuvchi bolalarning soni 2018 yilga nisbatan (21 650) 57,2 foizga kamaydi va 
9 251 tarbiyalanuvchini tashkil etdi, ulardan 2 855 (30,9%) nafari nogironligi boʼlgan 
tarbiyalanuvchilar. 9 251 nafar tarbiyalanuvchilarning 6 390 tasidan (69%) ota-ona 
badali undirilmaydi. 
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 
“Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
toʼgʼrisida”gi 391-sonli qaroriga muvofiq Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha 
taʼlim vazirligi va Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan Qoraqalpogʼiston 
Respublikasi va viloyatlardagi davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha 
taʼlim tashkilotlarining faoliyati tahlil qilindi. 
Tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, davlat byudjeti 
mablagʼlaridan maqsadli foydalanilishini taʼminlash maqsadida Qoraqalpogʼiston 
Respublikasi va viloyatlardagi davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha 
taʼlim tashkilotlari faoliyatini lozim darajada maqbullashtirish yuzasidan Maktabgacha 
taʼlim vazirining 2020 yil 27 noyabrdagi “Qoraqalpogʼiston Respublikasi va 
viloyatlardagi davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari 
faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 186-son buyrugʼi 
qabul qilindi va mazkur buyruqqa asosan bolalar kontingentini hisobga olibgan holda 


86 
ularni davlat koʼp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga va 
umumiy tipdagi maktabgacha taʼlim tashkilotlariga aylantirish yuzasidan chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Sifatli maktabgacha taʼlim berish asoslaridan biri malakali pedagog kadrlar va 
ularning professionalizmi hisoblanadi. 
Oʼtgan davr mobaynida ushbu yoʼnalishda keng koʼlamli ishlar olib borildi. 
Jumladan, “Maktabgacha taʼlim” bakalavriat taʼlimi yoʼnalishi boʼyicha oliy taʼlim 
muassalariga qabul qilish kvotalari oshirildi, mazkur yoʼnalishda oʼqish muddati uch 
yilgacha qisqartirildi. 
Respublika maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish oʼquv-metodik markazi negizida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari 
rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tashkil 
etildi va unga maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarida zamonaviy menedjment va 
pedagogik texnologiyalar boʼyicha bilim va koʼnikmalarni shakllantirish vazifasi 
yuklatildi. 
Shuningdek, Toshkent shahrida Koreya Respublikasining “Puchon” 
Universiteti filiali tashkil etildi. 2019/2020 oʼquv yilida mazkur Universitetning 
“Maktabgacha taʼlim” yoʼnalishida 784 nafar talabalar tahsil olgan. 
Bundan tashqari, maktabgacha taʼlim tizimi, jumladan ixtisoslashtirilgan 
maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun yuqori malakali pedagog kadrlarni tayyorlashni 
yanada takomillashtirish, rivojlangan yetakchi oliy taʼlim muassasalari bilan 
hamkorlikni kengaytirish maqsadida, Toshkent shahrida “А.I.Gertsen nomidagi 
Rossiya davlat pedagogika universiteti” Federal davlat-byudjet oliy taʼlim muassasasi 
filialini tashkil etish boʼyicha ishlar olib borildi. 

Download 17,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish