Qarori qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 191,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/19
Sana26.02.2022
Hajmi191,81 Kb.
#468479
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
8-сон 05.01.2002. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Hujjat 05.01.2002 00 sanasi holatiga
 
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINI FERMER XO‘JALIKLARIGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI
TO‘G‘RISIDA
Qishloqda iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq
xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishning normativ-huquqiy bazasini mustahkamlash, ularning
xo‘jalik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi korxonalari sanatsiyasi bo‘yicha Hukumat komissiyasining 1 va 1a-ilovalarga

muvofiq
zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalarini 2002-yilda fermer xo‘jaliklariga aylantirish
to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Quyidagilar:
Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimliklarining Mehnatobod, Mirzaobod va Yozyovon tumanlarining
qishloq xo‘jaligi korxonalarini to‘liq hajmda fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi;
Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlari bo‘yicha 2002-yilda qishloq xo‘jaligi ekinlari
ekishning O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan tuzilmasi 2-ilovaga
*
muvofiq ma’qullansin.
*1-2-ilovalar berilmaydi.
2. Quyidagilar:
2002-yilda Sirdaryo viloyatining Mehnatobod va Mirzaobod tumanlarida infratuzilma obyektlarini tashkil
etishga doir topshiriq 3-ilovaga
*
 muvofiq;
*3-ilova berilmaydi.
Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risidagi namunaviy
nizom 
4-ilovaga muvofiq;
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi barpo etish uchun
talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish 
tartibi 
5-ilovaga
 
muvofiq;
Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni taqsimlash 
tartibi 
6-
ilovaga muvofiq;
Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga
solish 
tartibi 
7-ilovaga muvofiq;
Yangidan tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga tijorat banklari tomonidan kredit berish 
qoidalari
8-ilovaga
muvofiq tasdiqlansin.
3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi O‘zbekiston
Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish
markazi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
hokimliklari bilan birgalikda:
Keyingi
 tahrirga qarang.
zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli qishloq xo‘jaligi korxonalari 
4—7-ilovalarga 
qat’iy muvofiq holda
fermer xo‘jaliklariga aylantirilishini ta’minlasin;
mazkur qaror bilan tasdiqlangan normativ hujjatlarga muvofiq qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar negizida
fermer xo‘jaliklari barpo etishning barcha jihatlarini qamrab oluvchi metodik tavsiyalarni aniq misollar asosida
ishlab chiqsin va joylarga yetkazsin;
bir oy muddatda qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish jarayonlarini tushuntirish
bo‘yicha joylarda maxsus seminarlar tashkil etsin;
qishloq xo‘jaligi korxonalarining fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi ustidan muntazam monitoring o‘rnatsin.
4. “Paxta-bank”, “G‘alla-bank”, xizmat ko‘rsatuvchi boshqa tijorat banklari, “O‘zneftmahsulot” va
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyalari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari qayta tashkil qilinayotgan qishloq
xo‘jaligi korxonalari hududida bozor va ishlab chiqarish infratuzilmasining quyidagi obyektlari barpo etilishini
ta’minlasinlar:
tijorat bankining filiali;
“O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” kompaniyasining fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar va boshqa kimyoviy
vositalar bilan ta’minlash bo‘yicha tuman bo‘linmasi ombori;


“O‘zneftmahsulot” kompaniyasi tegishli neft bazasining fermer xo‘jaliklarini yonilg‘i-moylash materiallari
bilan ta’minlash bo‘yicha filiali;
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasining mavjud texnikasi negizida muqobil mashina-
traktor parki;
xo‘jalik hisobi asosida suvdan foydalanuvchilar uyushmasi (qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar hududida
o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish uchun).
Keyingi
 tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zagromashservis” uyushmasi qayta
tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari negizida barpo etilayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklariga texnik
xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mashina-traktor parki barpo etishga doir tavsiyalarni o‘n kun muddatda ishlab
chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
6. Qayta tashkil etilayotgan xo‘jaliklar hududida barpo etilayotgan bozor infratuzilmasi obyektlarining
ishlab chiqarish, moliyaviy va moddiy-texnika bazasini rivojlantirishni rag‘batlantirish maqsadida istisno
tariqasida:
fermer xo‘jaliklarini mineral o‘g‘itlar va yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash bo‘yicha bo‘linmalar
mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lashdan ikki yil muddatga;
suvdan foydalanuvchilar uyushmalari xizmatlari qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda va mulk solig‘i hisoblanishi
va to‘lanishidan ikki yil muddatga ozod qilinsin.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida tashkil etilayotgan
muqobil mashina-traktor parklari soliq solish shartlari va qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga
ko‘rsatilayotgan xizmatlar (er haydash, ekish, ishlov berish, hosilni yig‘ishtirish va boshqalar) uchun hisob-kitoblar
bo‘yicha “O‘zagromashservis” uyushmasi viloyat birlashmalarining mashina-traktor parklariga tenglashtiriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
7. Belgilansinki:
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining ijtimoiy infratuzilma obyektlari xatlov
o‘tkazilgandan keyin qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya tomonidan
qayta baholash paytidagi bozor narxlari hisobga olingan holda baholanadi;
Keyingi
 tahrirga qarang.
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi balansidagi bolalar maktabgacha muassasalari,
maktablar va qishloq vrachlik punktlari belgilangan tartibda mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari
balansiga beriladi;
ijtimoiy infratuzilmaning boshqa obyektlari, gaz quvuri magistrallari va gaz taqsimlash punktlari, elektr
quvvati uzatish liniyalari, xo‘jaliklararo irrigatsiya inshootlari qayta baholangandan keyin belgilangan tartibda
tegishli ravishda “O‘zkommunxizmat” agentligi, “O‘zbekenergo” kompaniyasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
hududiy bo‘linmalari va boshqa tashkilotlar balansiga beriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi manfaatdor
vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yuridik va konsalting xizmatlarining zarur tarmog‘i, shuningdek fermer
xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha nodavlat tayyorlov va savdo-vositachilik tashkilotlari hamda bozorning
boshqa subyektlari barpo etilishini ta’minlasinlar.
Keyingi
 tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Teleradio kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, Qishloq va suv
xo‘jaligi vazirligi hamda Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi qishloqda iqtisodiy islohotlarning borishini,
dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini
muntazam ravishda yoritib borsinlar.
Keyingi
 tahrirga qarang.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat
maslahatchisi I.H. Jo‘rabekov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va T.X. Xoltoyev
zimmasiga yuklansin.

Download 191,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish