Qarori qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV



Download 191,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/19
Sana26.02.2022
Hajmi191,81 Kb.
#468479
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
8-сон 05.01.2002. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-yanvar,
8-son
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 8-son 
qaroriga
4-ILOVA
Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiya to‘g‘risida


NAMUNAVIY NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1 Mazkur Nizom Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiyani (keyingi
o‘rinlarda “komissiya” deb ataladi) tashkil etish tartibini va uning faoliyatini tartibga soladi, uning asosiy vazifalari,
huquq va majburiyatlarini belgilab beradi.
1.2. Komissiya tuman hokimining qarori bilan tashkil etiladi.
Komissiyaga lavozimiga ko‘ra tuman hokimining birinchi o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi
boshlig‘i boshchilik qiladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
Komissiya qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi rahbarlari, mutaxassislari, a’zolari
(xodimlari)dan, shuningdek kasaba uyushmasi, xizmat ko‘rsatuvchi bank, yer resurslari tuman xizmati
vakillaridan iborat tarkibda tuziladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
1.3. Komissiya ishiga tuman hokimining qarori bilan, shuningdek moliya va soliq organlari, qishloq va suv
xo‘jaligi tuman boshqarmasi, dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari
ham jalb etiladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
1.4. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish ishlarining izchilligi 
ilova 
qilinayotgan
sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
II. KOMISSIYANING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
2.1. Quyidagilar komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish rejasini ishlab chiqish;
yer resurslari, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlari, aylanma mablag‘lar, debitorlik va kreditorlik
qarzlar, tugallanmagan qurilish va boshqa moddiy boyliklarni xatlash;
fermer xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha tanlovda qatnashish uchun talabgorlarni tanlash;
Keyingi
 tahrirga qarang.
tanlovni o‘tkazish hamda fermer xo‘jaligi tashkil etish huquqini berish uchun qobiliyatli, tegishli bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mehnatsevar va tadbirkor fuqarolarni aniqlash;
Keyingi
 tahrirga qarang.
aktivlar va passivlarni tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida taqsimlash.
2.2. Komissiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi asosiy funksiyalarni amalga oshiradi:
qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi a’zolari o‘rtasida tanishtirish-tushuntirish ishlari olib
borish;
ommaviy axborot vositalari orqali yoki boshqa qulay shaklda qishloq xo‘jaligi korxonasi fermer xo‘jaliklariga
aylantirilishi to‘g‘risida aholini xabardor qilish;
qishloq xo‘jaligi korxonasining moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil etish;
debitorlik qarzlarni undirib olish ishlarini tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi korxonasi fermer xo‘jaliklariga aylantirilishi to‘g‘risida kreditorlarni xabardor qilish hamda
qarzlarni tarkibiy qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha bundan keyingi o‘zaro munosabatlarni ular bilan kelishish va
qarzlarni qaytarish muddatlarini belgilash;
yerdan foydalanish, almashlab ekish va qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishning holatini o‘rganish;
xo‘jalik balansida bo‘lgan xo‘jaliklararo va xo‘jalik ichki sug‘orish tizimlarini va kollektor-drenaj tizimlarini
xatlash;
Keyingi
 tahrirga qarang.
mashina-traktor parki holatini o‘rganish;
xo‘jalik a’zolari va boshqa shaxslarni fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun talabgorlarni tanlab olish va
tanlov o‘tkazish tartibi, taklif etilayotgan yerlarni tanlash tartibi bilan va qishloq xo‘jaligi korxonasini qayta tashkil
etishning boshqa shartlari bilan tanishtirish;
Keyingi
 tahrirga qarang.
talabgorlarni qishloq xo‘jaligi korxonasining moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtirishni tashkil
etish;
fermer xo‘jaliklari tashkil etish uchun talabgorlarning arizalarini qabul qilish va o‘rganib chiqish, tanlov
asosida g‘oliblarni aniqlash;
Keyingi
 tahrirga qarang.
qishloq xo‘jaligi korxonasining aktivlari va passivlarini tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklari o‘rtasida
taqsimlash bo‘yicha ajratuvchi balans va o‘tkazma hujjat tuzish;


ijtimoiy infratuzilma obyektlarini aniqlash va ularni hokimiyatning tegishli mahalliy organlariga va boshqa
tashkilotlarga berishni tashkil etish;
xo‘jaliklarning ortiqcha va foydalanilmayotgan asosiy fondlari va moddiy boyliklarini sotishni tashkil etish;
o‘tkazilayotgan tadbirlarni tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtirish.

Download 191,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish