Qarori qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Tuman yer resurslari xizmati rahbari



Download 191,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/19
Sana26.02.2022
Hajmi191,81 Kb.
#468479
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
8-сон 05.01.2002. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Tuman yer resurslari xizmati rahbari
_________________________ 
_______________________
M.O‘. 
(imzo)
(F.I.O.)


TARTIBI
Ushbu Tartib qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va passivlarni
taqsimlash, shuningdek mulkiy (pay) munosabatlarini tartibga solish shartlarini belgilaydi.
1. Qishloq xo‘jaligi korxonasini fermer xo‘jaliklariga aylantirish bo‘yicha komissiyaga qishloq xo‘jaligi
korxonasini (kooperativ, shirkat, yordamchi xo‘jalik va shu kabilarni) fermer xo‘jaliklariga aylantirishda aktivlar va
passivlarni taqsimlash, shuningdek mulkiy (pay) munosabatlarini tartibga solish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish
yuklanadi.
2. Komissiya tomonidan qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi balansi bo‘yicha aktivlar va
passivlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) a’zolari mulkiy paylari to‘liq xatlovdan
o‘tkaziladi.
3. Komissiya ortiqcha asosiy va aylanma mablag‘larni, shuningdek foydalanish muddati tugagan vositalarni
aniqlaydi va ularni kim oshdi savdosida yoki ochiq savdoda bozor narxlari bo‘yicha sotishni tashkil etadi.
Ijtimoiy infratuzilma obyektlari belgilangan tartibda mahalliy hokimliklar balansiga beriladi yoki bozor
narxlari bo‘yicha sotiladi.
Yaroqsiz mulklar belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
Xo‘jalikning chorvachilik fermalari (chorva mollari, chorvachilik obyektlari va boshqalar) bozor narxi bo‘yicha
qayta baholab chiqiladi va kim oshdi savdosida yoki ochiq savdoda yangi mulkdorga (mulkdorlarga) sotiladi.
Agar xo‘jalikda bir nechta chorvachilik fermalari mavjud bo‘lsa, u holda ular alohida-alohida sotiladi.
Chorvachilik fermasi uchun qishloq xo‘jaligi texnikasi va boshqa zarur vositalar ham, ularning texnik holati
hisobga olingan holda, ferma bilan birga bozor qiymati bo‘yicha sotiladi.
Mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘lar belgilangan tartibda va izchil ravishda xo‘jalikning kreditorlik
qarzini qoplashga yo‘naltiriladi.
4. Shirkat xo‘jaliklarida mulkiy paylar qiymatini to‘lash birinchi navbatdagi to‘lovlarga tenglashtiriladi.
5. Qayta tashkil etish bo‘yicha komissiya qarzlar tarkibini o‘zgartirish va ularni to‘lash muddatlarini belgilash
ishlarini har bir kreditor bilan alohida amalga oshiradi.
6. Ajratuvchi balans tuziladi va tasdiqlanadi hamda tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasiga beriladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.
7. Qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning ajratuvchi balansidagi aktivlar va passivlar yangi tashkil qilinayotgan
fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 1 ball–gektar hisobidan, ularga ajratilgan yer maydoniga va ularning ball–bonitetiga
qarab taqsimlanadi.
Chorvachilik fermalarining yangi egasi (egalari)ga normativlarga muvofiq, belgilangan tartibda yer
maydoni ajratiladi, bunda komissiya mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda tuzatishlar kiritishi mumkin.
Chorvachilik fermer xo‘jaligiga ajratilgan yer maydoni hisobiga to‘g‘ri keladigan qoplanmagan kreditorlik
qarz ushbu Tartibda nazarda tutilgan shartlar bo‘yicha aniqlanadi.
8. Agar xo‘jalikda qoplanmagan zarar mavjud bo‘lsa, u holda zarar xo‘jalikning zaxira yoki boshqa fondlari
hisobidan qoplanadi.
Agar zarar ushbu mablag‘lar hisobidan qoplanmasa, u holda ustav kapitali hisobiga qoplanadi va shirkat
xo‘jaligining ustav kapitali ushbu summaga kamayadi. Ustav kapitalining qolgan qismi shirkat xo‘jaligi a’zolari
o‘rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlanadi.
9. Shirkat xo‘jaligini qayta tashkil etishda ajratuvchi balansda butun ustav jamg‘armasi uning a’zolari
o‘rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq, jamoa xo‘jaligida esa — shirkatlardagi mulkiy pay miqdorini
hisoblash metodikasi bo‘yicha aniqlanadigan jamoa xo‘jaligi a’zolarining ulushlariga muvofiq taqsimlanadi.
Shirkat xo‘jaligi paylarining yoki jamoa xo‘jaligi ulushlari egalari o‘zlarining mulkiy paylari va ulushlari bilan
tashkil etilayotgan fermer xo‘jaliklarining a’zolari yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar muassislari bo‘lishi mumkin,
bu mulkiy paylar yoki ulushlar ta’sis hujjatlarida aks ettiriladi.
10. Agar qayta tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaligining ustav kapitali ajratuvchi balansda dastlabki ustav
kapitalidagi pay jamg‘armasidan kam bo‘lsa, u holda paychilarning mulkiy paylari ularning ulushiga muvofiq
ravishda kamayadi.
Jamoa xo‘jaligini qayta tashkil etishda, agar xo‘jalik mulki kreditorlik qarzni qoplamasa, u holda mulk
qiymati xo‘jalik a’zolariga taqsimlanmaydi, qoplanmagan kreditorlik qarz fermyerlar o‘rtasida ball-gektar bo‘yicha
taqsimlanadi, bu ajratuvchi balansda aks ettiriladi.
Qoplanmagan kreditorlik qarzni taqsimlash uchun dastlab mulkning fermyerlar o‘rtasida taqsimlanadigan
qoldiq qiymati (mulkning umumiy qiymati va sotilgan mulk qiymati o‘rtasidagi farq) aniqlanadi.
Mulk qiymati va qoplanmagan kreditorlik qarz quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) xo‘jalikning umumiy ball-gektari — yer uchastkalari va ularning ball–bonitetlari hosilasi miqdori
aniqlanadi;


b) bir ball–gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mulk ulushi – taqsimlanadigan mulk qiymatining
xo‘jalikning umumiy ball–gektariga nisbati aniqlanadi;
v) mulk qiymati — fermer xo‘jaligiga ajratiladigan yer uchastkasi ball–gektari hosilasi va 1 ball-gektar
hisobiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mulk ulushi fermyerlar o‘rtasida taqsimlanadi;
g) 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz qiymati — qoplanmagan kreditorlik
qarz umumiy summasining xo‘jalikning umumiy ball-gektariga nisbati aniqlanadi.
d) qoplanmagan kreditorlik qarzning har bir fermer xo‘jaligi hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori — 1 ball-
gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan qoplanmagan kreditorlik qarz qiymati va fermer xo‘jaligiga ajratiladigan yer
uchastkasi ball-gektari hosilasi aniqlanadi.
11. Ajratuvchi balansga muvofiq har bir fermer xo‘jaligi qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikning tegishli
kreditorlari bilan ularni to‘lash miqdorlari va muddatlari ko‘rsatilgan shartnoma tuzadi.
12. Qayta tashkil etilayotgan shirkat xo‘jaligining fermer xo‘jaliklari yoki xizmat ko‘rsatuvchi kooperativlar
tarkibiga kirmagan a’zolari qayta tashkil etish komissiyasi qaroriga muvofiq o‘zlarining mulkiy paylari qiymatini
belgilangan tartibda olishlari mumkin.
Agar to‘lov uchun mablag‘ mavjud bo‘lmasa, u holda 1 ball-gektar hisobiga to‘g‘ri keladigan mulkiy pay
qiymati fermer xo‘jaliklari balansiga beriladi. Bunda fermer va sobiq shirkat a’zosi o‘rtasida keyinchalik to‘lanishi
kerak bo‘lgan mulkiy pay yuzasidan tegishli shartnoma tuziladi.
Jamoa xo‘jaligini qayta tashkil etishda jamoa xo‘jaligi a’zolariga ulushlarni to‘lash tartibi xuddi shirkat
xo‘jaligidagi kabi amalga oshiriladi.
13. Agar qayta tashkil etilayotgan xo‘jalikda foyda mavjud bo‘lsa, u holda foyda summasi jamoa xo‘jaligi
a’zolari o‘rtasida ularning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga muvofiq, shirkat xo‘jaliklarida esa — uning
a’zolari mulkiy paylariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
14. Komissiya qayta tashkil etilayotgan xo‘jalik jamoasi (paychilari)ning yakuniy umumiy majlisini o‘tkazadi.
Majlisda ajratuvchi balans tasdiqlanadi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 8-son 
qaroriga
7-ILOVA

Download 191,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish