Vazirlar Mahkamasining
2002-yil 5-yanvardagi 8-son
qaroriga
8-ILOVA
Yangidan tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga tijorat banklari tomonidan kredit berish
QOIDALARI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Qoidalar Fuqarolik kodeksiga, “Bank va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tugatilgan shirkat va boshqa
qishloq xo‘jaligi korxonalari negizida yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklarini (keyingi o‘rinlarda matnda fermer
xo‘jaliklari deb ataladi) rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.
2. Ushbu Qoidalar yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yoki boshqa
ishlab chiqarishni tashkil etish uchun tijorat banklari tomonidan kreditlar berishni tartibga soladi, davlat
buyurtmasi doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bundan mustasno.
Tijorat banklari tomonidan kreditlar berish qaytarish, haq to‘lash, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli
foydalanish shartlarida amalga oshiriladi.
3. Yangi tashkil etilgan fermer xo‘jaliklariga boshlang‘ich (dastlabki) kapitalni shakllantirish uchun kreditlar
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga, kichik va o‘rta biznes subyektlariga tijorat banklari tomonidan budjetdan
tashqari fondlarning kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi
Nizomda
(Adliya vazirligi
tomonidan 2001-yil 3-oktabrda 1074-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) belgilangan tartibda beriladi.
4. Fermer xo‘jaliklari boshlang‘ich kapitalni shakllantirish uchun kreditlar olgandan keyin o‘zining biznes-
rejasini mablag‘ bilan ta’minlashga kredit olish yuzasidan o‘zlariga xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilishga
haqlidir.
5. Tijorat banklari kreditlarni fermyerlarga shartnoma asosida 3 yilgacha muddatga beradi. Kreditlar
mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joyda beriladi.
6. Kreditlar fermyerlarga quyidagi maqsadlar uchun beriladi:
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan urug‘lik, mol, yosh chorva
mollari, parranda, yem-xashak, omixta yem, ko‘chatlar, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning
kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari sotib olish;
xomashyo va materiallarga dastlabki ishlov berish;
mehnat qurollari, xomashyo sotib olish;
kichik asbob-anjomlar sotib olish;
kichik hajmli ishlab chiqarishlarni tashkil qilish;
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan xalq iste’mol tovarlari ishlab
chiqarish bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyatining boshqa turlarini amalga oshirish.
7. Kreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzish;
tamakichilik va alkogolli ichimliklar ishlab chiqarish;
savdo-vositachilik faoliyatini amalga oshirish;
ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olish maqsadlari uchun
berilmaydi.
8. Kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori qarz oluvchi va bank o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv
bo‘yicha kredit shartnomasi asosida belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: