Qarori qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga



Download 191,81 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana26.02.2022
Hajmi191,81 Kb.
#468479
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
8-сон 05.01.2002. Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga
solish
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu tartib qayta tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida o‘zaro suv xo‘jaligi
munosabatlarini tartibga solish shartlarini belgilaydi.
1.2. Mazkur Tartibda quyidagi atamalar qabul qilingan:
o‘zaro suv xo‘jaligi munosabatlarini tartibga solish — suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish rejasini
tuzish, suvdan foydalanuvchilarni suv bilan ta’minlash, suvni taqsimlash, suv aylanishini belgilash, suvdan
foydalanish ustuvorligiga rioya qilish, suv resurslaridan oqilona foydalanilishini nazorat qilish, suv xo‘jaligi
obyektlaridan foydalanish ishlarini tashkil etish kabilarni o‘z ichiga oluvchi ishlar majmui;
suvdan foydalanuvchilar — qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududida muayyan
miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqovaga chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni
amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar. Ular jumlasiga fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda boshqa
yuridik va jismoniy shaxslar kiradi;
Suvdan foydalanuvchilar uyushmasi — muayyan miqdorda suv olish, undan foydalanish va oqovaga
chiqarish bilan bog‘liq xo‘jalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshiruvchi yangi tashkil etilgan fermer
xo‘jaliklari va boshqa yuridik jismoniy shaxslar birlashmasi (uyushmasi);
suv xo‘jaligi obyektlari — qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududidagi sug‘orish
tarmog‘i, kollektor-drenaj tarmog‘i, gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari, vertikal suv olish va drenaj
quduqlari, elektr quvvati uzatish liniyalari, yordamchi transformator stansiyalari, gidrotexnika postlari va ichki
xo‘jalik maqomiga ega bo‘lgan boshqa obyektlar.
Xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ichki xo‘jalik obyektlari:
yakka tartibdagi;
fermyerlararo;
umumiy foydalanishdagi obyektlarga bo‘linadi.
Yakka tartibdagi obyektlarga faqat bitta suvdan foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadigan va uning hududida
joylashgan suv xo‘jaligi obyektlari kiradi.
Fermyerlararo obyektlarga bir nechta suvdan foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatadigan va ularning yoki
ulardan birining hududida joylashgan suv xo‘jaligi obyektlari kiradi.


Umumiy foydalanishdagi suv xo‘jaligi obyektlariga sobiq xo‘jalik hududidagi barcha suvdan
foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan obyektlar kiradi;
meliorativ texnika va mol-mulk — ekskavatorlar, buldozyerlar, skrepyerlar, drenaj yuvish agregatlari, yuk
ko‘tarish kranlari va qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalari hududidagi suv xo‘jaligi obyektlariga
xizmat ko‘rsatuvchi boshqa mol-mulk;
foydalanish — suv xo‘jaligi obyektlarining bir maromda ishlashini ta’minlovchi, obyektlarning texnik holatini
kuzatish, tekshirish, ta’mirlash-tiklash ishlarini bajarish va ularni rekonstruksiya qilish ishlarini tashkil etishni o‘z
ichiga oluvchi ishlar majmui;
suvdan foydalanish limiti — suvdan amaldagi qoidalarga muvofiq maqsadli foydalanish uchun suv xo‘jaligi
organlari tomonidan belgilanadigan suv resurslarining cheklangan hajmi;
meliorativ fond — umumiy foydalanishdagi suv xo‘jaligi obyektlaridan foydalanish uchun suvdan
foydalanuvchilar tomonidan ulush qo‘shib qatnashish qoidasi bo‘yicha ajratiladigan mablag‘lar;
suvdan belgilangan limit bo‘yicha foydalanish rejasi — suvni undan foydalanuvchilar o‘rtasida
taqsimlashning hisoblangan hajmi, reja ularning xo‘jalik faoliyati ko‘rsatkichlari asosida, qabul qilingan
gidromodulni, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish rejasini, davlat yo‘li bilan xarid qilinadigan mahsulot
miqdorini, hududning irrigatsiya-meliorativ va tuproq sharoitlarini hamda suvdan foydalanish limitini hisobga
olgan holda tuziladi.
Keyingi
 tahrirga qarang.

Download 191,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish