Mehmonxona xizmatlarining iqtisodiy mazmuni



Download 108,12 Kb.
bet8/10
Sana30.04.2022
Hajmi108,12 Kb.
#595558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Shermurodov Shahzod

Animatsiya turlari. FROM Tizimli yondashuv nuqtai nazaridan turistik animatsiya - bu aloqa, harakat, madaniyat, ijodkorlik, yoqimli vaqt va o'yin-kulgiga bo'lgan aniq turistik ehtiyojlarini qondirishdir. Ushbu ehtiyojlarning doirasi juda keng, chunki ta'tilga chiqqan odamlar bu kontseptsiyaga butunlay boshqacha ma'no beradi, ya'ni: kimdir uchun dam olish - bu sayohat, boshqalar uchun - kitob o'qish, boshqalar uchun - o'rmonda sayr qilish, to'rtinchidan - baliq ovlash va boshqalar.Bu talabga ko'ra turistlarga xizmat ko'rsatish amaliyotida turistlarning (dam oluvchilarning) turli ehtiyojlarini qondiruvchi animatsiyaning quyidagi turlari rivojlangan.
Harakatda animatsiya- zamonaviy odamning harakatga bo'lgan ehtiyojini zavq bilan, yoqimli tajribalar bilan birlashtiradi.
Tajriba orqali animatsiya- qiyinchiliklarni engish, kashfiyotlar, muloqotda yangi, noma'lum, kutilmagan tuyg'uga bo'lgan ehtiyojni qondiradi.
Aloqa orqali animatsiya- yangi va qiziqarli odamlar bilan muloqot qilish, odamlarning ichki dunyosini ochish va muloqot orqali o'zini o'zi bilish ehtiyojini qondiradi.
Tinchlantiruvchi orqali animatsiya- odamlarning kundalik charchoqdan xotirjamlik, yolg'izlik, tabiat bilan aloqa qilish, tinchlikka bo'lgan ehtiyoj va "bo'sh dangasalik" orqali psixologik yordamga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.
madaniy animatsiya- mamlakat, mintaqa, xalq, millat madaniyatining yodgorliklari va zamonaviy namunalari bilan aloqa qilish orqali insonning shaxsning ma'naviy rivojlanishiga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.
ijodiy animatsiya- insonning ijodkorlikka, ijodiy ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishga, qo'shma ijod, birgalikda ijod qilish orqali hamfikrlar bilan aloqa o'rnatishga bo'lgan ehtiyojini qondiradi.
4.O’zbekistonda mehmonxona xizmatlarini takomillashtirish
COVID-19 asoratlari hamma sohalarning rivojlanishi uchun sezrlarli ta’sirini o’tkazdi. O’zbekiston sharoitida mehmonxona biznesiga bu qanday ta’sir qildi degan savolga «Hotel Pro» kompaniyasi asoschisi, 35dan ortiq mehmonxonalar loyihasi muallifi, 16ta mehmonxonaning ishga tushirilish jarayonini tashkillashtirgan soha eksperti Dilshod Odilov KUN.uz ga bergan interviyusida shunday degan “Pandemiyadan avval mehmonxonalar qurilishi qanday shiddat bilan ketgan bo‘lsa, hozir ham shunday davom etmoqda. Mehmonxona qurayotgan tadbirkorlar bu yil ko‘plab xalqaro tadbirlar qolib ketgani, biznes kutib tura olmasligi va kelasi yillarda qolib ketgan tadbirlar o‘sha yillarning o‘ziga mo‘ljallangan tadbirlar bilan parallel ravishda tashkillashtirilishi hisobiga mehmonlar avvalgidan ham ko‘payib ketishi ehtimolini o‘ylashmoqda.”3

So’zimizning isboti sifatida O’zbekistonda joylashtirish vositalari soni haqidagi statistikani keltirib o’tsak:


1-jadval4




Hududlar


Mehmonxonalar soni



1

Toshkent shaxri

243

2

Buxoro viloyati

193

3

Samarqand viloyati

149

4

Toshkent viloyati

109

5

Farg‘ona viloyati

98

6

Xorazm viloyati

82

7

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

60

8

Qashqadaryo viloyati

45

9

Jizzax viloyati

43

10

Namangan viloyati

36

11

Navoiy viloyati

34

12

Surxondaryo viloyati

29

13

Andijon viloyati

21

14

Sirdaryo viloyati

14

O’zbekiston haqli ravishda xorijiy turistlar uchun jozibali mamlakat xisoblanadi. Xitoyni yevropa mamlakatlari bilan bog’lovchi Buyuk ipak yo’li o’tgan shaharlarda o’rta asrlardan boshlab turli davrlarga taalluqli to’rt mingdan ortiq arxitektura yodgorliklari mavjud. O’zbekiston ko’plab xorijlik turistlarni jalb qilish uchun boshqa resurslarga ega: cho’l va qo’riqxonalar, tog’ cho’qqilari va daryolar, mineral suv buloqlari.


Ammo hozirgi sayyohlar, hatto ekstremal turizm ishqibozlari ham qulayliklarga o’rganib qolishgan. Agar sayyoh O’zbekistonga tog’ daryosi bo’ylab baydarkada suzish uchun kelgan bo’lsa, bu uning shu daryo qig’og’ida yetib qolishga roziligini anglatmaydi. O’zbekistonning tarixiy, madaniy obidalari bilan tanishish yoki mahalliy ishbilarmonlar bilan hamkorlik o’rnatish uchun keladiganlar yanada ko’proq qulayliklarni hohlashadi. Germaniyaning muvaffaqiyatli ishlayotgan turfirmalaridan birining vaqilini aytishicha: «g’arblik turistlar begonalarning hayotini ko’rishni yoqtirishadi, lekin o’zlarining odatiy hayotlari bilan yashashni istashadi». Ko’pgina xorijlik mehmonlar ularning ehtiyojlari to’liq qondirilmaydigan mamlakatga ozgina muddatga bo’lsada borishni istashmaydi. Haqiqatdan ham, nima uchun ular o’z ta’tillarini turli maishiy muammolarni hal qilishga sarflashlari kerak? Mehmondo’stlik sanoatining vazifasi O’zbekistonga keladigan xorijlik mehmonlar maishiy noqulayliklarga duch kelmasligini ta’minlashdan iborat.
Mehmondo’stlikni insoniyatning fundamental tushunchalariga kiritish mumkin. Biologik jonzot bo’lgan insonga sayyoramizda yashash doimo qiyin bo’lgan. YAshash uchun u o’zi doim yashaydigan joyi bo’lgan uyini tark etishi lozim. Ayrim hollarda u bir necha kun, xafta, oy mobaynida uyidan uzoqda yashaydi. Unga «begona» kishilarning qo’llab-quvvatlashi va yordami kerak bo’ladi. Xuddi ana shu mehmondo’stlikdir.
2019-yil 8-yanvarda qabul qilingan “Turizm tarmog’ini jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq quyidagilar reja qilingan edi.
“Shunday mexanizmlar joriy etilsinki, ularga muvofiq:
a) mehmonxona qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi qurilish tugallangandan soʻng investorga mulk huquqi asosida sotilishi mumkin, moddiy madaniy meros obyektlarining hududi va muhofaza zonasi hamda qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkalari bundan mustasno;
b) 3 yulduzli toifa uchun 50 ta xonadan kam boʻlmagan va 4 yulduzli toifa uchun 100 ta xonadan kam boʻlmagan xonalar fondiga ega mehmonxona 2022 yil 1 yanvargacha foydalanishga topshirilgan taqdirda, mehmonxona toifasi tasdiqlangach yangi mehmonxonani qurish va jihozlash uchun investorlar xarajatlarining bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti (keyingi oʻrinlarda – Davlat byudjeti) mablagʻlari hisobidan qoplanadi. Bunda, investorlar xarajatlarining bir qismini Davlat byudjetidan moliyalashtirish miqdori qoʻshimcha ravishda tashkil etilayotgan xonalar soni 50 mingtaga yetguniga qadar kelgusi yil uchun Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash jarayonida ushbu miqdorni har yili indeksatsiya qilgan holda:
3 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 40 million soʻm;
4 yulduzli toifaga ega mehmonxonalardagi har bir xona uchun 65 million soʻmni tashkil qiladi.”5
Vebsterning lug’atiga ko’ra mehmondo’stlik sanoati - bu mehmonlarga nisbatan do’stona munosabat bilan ajralib turadigan mehmondo’stlik tamoyillariga asoslangan xizmat ko’rsatish shakllaridan iborat tadbirkorlik sohasidir. Demak, mehmondo’stlik sanoatini mehmonlarni qabul qilish va ularga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlar bozorida ixtisoslashuvchi turli shakldagi tadbirkorlik deb tushunish mumkin.
Mehmondo’stlik - bu mehmonda (mijozda) sizning korxonangiz (mehmonxona, turfirma, restoran, kafe va h.k.) haqida shahardagi eng yaxshi degan tushuncha xosil qiluvchi faoliyatdir.
SHuni doimo yodda tutish kerakki, Sizning korxonangiz raqobatchi korxonalar bilan o’xshash xizmatlar ko’rsatadi. Raqobatchilaringizdan nima bilan ajralib turasiz? Mijozlarga xizmat emas, mehmondo’stlik ko’rsatadigan xizmatchilar bilan. Mijozga xizmat ko’rsatilganda, unga faqat u suragan va talab qilgan narsa beriladi. Mijozga mehmondo’stlik ko’rsatilganda esa mehmondan nima kerakligi suraladi va uning istagi bajariladi.
SHuni esdan chiqarmaslik kerakki, mijoz siz bilan shaxsan gaplashyaptimi, qo’ngiroq qilyaptimi, yoki xat orqali yozishyaptimi qat’iy nazar u sizning tashkilotingizda asosiy rol uynaydi. Xizmat ko’rsatishning ushbu qoidasi qanday bajarilishiga qarab mehmonxonalar tasniflanadi.
Mehmonxonalarni tasniflashning umumiy mezoni mavjud emas. Har bir davlatning o’z tasnifi mavjud. Har qanday holda ham mehmonxonalarning toifasi xonalardagi uskunalar va binoning texnik ta’minoti darajasiga bog’liq bo’lgan ko’rsatilayotgan xizmatlarning turiga ko’ra belgilanadi. Turli davlatlardagi mehmonxona xizmatlari standarlariga qandaydir o’xshashlik kiritish uchun jahon turizm tashkilotining kotibiyati «Mehmonxonalarni tasniflash kriteriyalarini xalqaro moslashtirish bo’yicha maslahatlar» ishlab chiqqan. Unda bino, xonalar, jihozlar, mebellar, energiya va suv ta’minoti, isitish, sanitariya, xavfsizlik, aloqa, oshxona, mehmonxona xizmatlari va xizmat ko’rsatuvchi personal bo’yicha minimal talablar ko’rsatilgan. Mehmonxonalar klassidagi farqni belgilash uchun (*) (yulduz) belgisidan foydalaniladi. Mehmonxonalar uchun bir yulduzdan (eng pa st) besh yulduzgacha (eng yuqori) toifalar belgilangan. Turli toifadagi mehmonxonalarga qo’yilgan minimal talablar ancha ko’pdir.
1998 yildan boshlab O’zbekistonda kichik va oilaviy korxonalar shaklidagi xususiy mehmonxonalar (B&B - ingliz tilida «krovat va nonushta» so’zini anglatadi) keng tarqala boshladi. Ularning xizmatidan turistlar bilan bir qatorda xalqaro tashkilotlarning vakillari ham foydalanmoqdalar.
Oddiy xususiy mehmonxona ko’pincha milliy shakldagi hovlisi bo’lgan katta bir yoki ikki qavatli uydan iborat. Bunday mehmonxonalarda xonalarning soni 10-20 ta atrofida bo’ladi.
O’zbekiston Markaziy Osiyodagi turistik mintaqa bo’lib, yetarli miqdorda xalqaro standartlarga javob beradigan mehmonxonalarga ega. O’zbekistonda 2000 ya yaqin mehmonxona ro’yxatga olingan (2021). Ulardan xalqaro klassdagi 4-5 toifali mehmonxonalar majmui ham mavjud. Ular xorijiy investorlar ishtiroki bilan qurilgan va rekonstruktsiya qilingan.
Intercontinental (Toshkent). Besh yulduzli mehmonxona, shaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 246 ta. Jumladan prezident apartamenti, 6 ta King Size shaklidagi xonalar. Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: 4 restoran, banket zallari, kafe, ikkita bar, sauna, ochik va yopik basseynlar bo’lgan fitness markaz, guzallik saloni, biznes markaz, 500 kishiga mo’ljallangan konferents zal, transport va h.k.
SHeraton (Toshkent) - besh yulduzli mehmonxona. SHaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 25 1ta. Standart nomerdan prezident apartamentigacha 6 xildagi xonalarni taklif etadi. Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: 3 restoran, banket zallari, kafe, ikkita bar, sauna, basseyn, go’zallik saloni, biznes markaz, kutubxona, sovg’alar do’koni, sport zali, tennis korti, konferents zal transport va h.k.
Afrosiyob (Samarqand) - to’rt yulduzli mehmonxona. Samarqand shaharining markazida joylashgan. Xonalar soni 278 ta. Standart nomerdan prezident apartamentigacha 6 xildagi xonalarni taklif etadi. Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: restoranlar, banket zallari, kafe, barlar, basseyn, guzallik saloni, biznes markaz, sovg’alar do’koni, 300 kishiga mo’ljallangan konferents zal, transport.
Bumi International (Toshkent) - to’rt yulduzli mehmonxona. SHaharning markazida joylashgan. Xonalar soni 190 ta. Bir yoki ikki xonali standart lyuks nomerlar. Xizmat ko’rsatish ob’ektlari: restoranlar, banket zallari, kafe, barlar, basseyn, go’zallik saloni, biznes markaz, sovg’alar do’koni, badiiy galereya, 600 kishiga mo’ljallangan konferents zal, ekskursiyalar tashkil etish, transport.
Le Meridian (Termiz) - - to’rt yulduzli mehmonxona. SHahar markazida joylashgan bo’lib, 50 nomerli, 84 o’ringa mo’ljallangan. 16 ta bir kishilik, 28 ta ikki kishilik va 6 ta lyuks nomerli. Mehmonxonada Fitnes markaz, ikkinchi qavatda sauna, basseyn, yuvinish xonalari, fitobar mavjud. Trinajer zali, massaj xonalari, sartoroshxona, pochta, bank, kiosklar, 200 o’rinli restoran mijozlarga xizmat ko’rsatadi. «Meridian-Otel» mexmonxona kompleksida yevropa taomlaridan tashqari an’anaviy sharq taomlaridan bahramand bo’lishi mumkin. Bundan tashqari quyidagi xizmatlar ko’rsatiladi:

  • gidtarjimon ko’magida ekskursiya xizmati;

  • aviachiptalarni rasmiylashtirish;

  • suvenirlar sotish;

  • maishiy xizmatlar (kir yuvish, dazmollash va h.k.);

  • folklor shoular, ishbilarmonlik uchrashuvlari, taqdimotlar, bayram tantanalari va boshqa tadbirlarni o’tkazish bo’yicha buyurtmalar qabul qilish va o’tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4 maydagi PF–5033 sonli farmoni bilan turizm sohasidagi biznes-sub'yektlariga qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etildi. 
Xususan, joriy yil 1 iyunidan boshlab xususiy xorijiy investitsiyalarga taqdim etiladigan imtiyozlar mehmonxona va sayyohlik xizmatlariga ham qo‘llaniladi.
Ma'lumot uchun: yuridik shaxslarni daromad solig‘idan ozod etish, mulk solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish solig‘i, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona daromad solig‘i hamda Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalardan xalos etish kabi imtiyozlar quyidagi shartlarda qo‘llaniladi, ya'ni xorijiy xususiy investitsiyalar hajmi:
300 mingdan 3 mln AQSh dollarigacha – 3 yil;
3 mlndan 10 mln AQSh dollarigacha – 5 yil;
10 mln dollardan ko‘p bo‘lganda – 7 yil.
Bundan tashqari, yuridik shaxslar 5 yil muddatga belgilangan ro‘yxat asosida mehmonxona va motellar qurilishi hamda rekonstruksiyasi uchun zarur bo‘lgan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi qismlar, texnika, ehtiyot qismlar va materiallar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun to‘lovlardan tashqari) ozod etiladi. 
Shuningdek xalqaro maqomdagi mehmonxona zanjirini qurganligi uchun tadbirkorlarga imkoniyatlar yaratildi:
“Belgilansinki, dunyoning taniqli va nufuzli mehmonxona brendlaridan (mehmonxona brendlarining top-50 reytingiga koʻra) foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan tashkilotlar uchun royalti franchayzing toʻgʻrisidagi shartnoma kuchga kirgan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan quyidagi hajmda qisman moliyalashtiriladi:dastlabki 50 ta 3 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 200 AQSH dollari ekvivalentida;dastlabki 30 ta 4 yulduzli toifaga ega mehmonxona – har bir mehmonxonaning bitta xonasi uchun yillik 400 AQSH dollari ekvivalentida.
Bunda tashkilotlar uchun royaltini moliyalashtirishning umumiy hajmi koʻpi bilan 10 million AQSH dollari ekvivalentiga teng boʻladi.”6

Xulosa
Mehmonxonalar klaster asosida o‘z faoliyatlarini olib borish jarayonida, Turizm mahallasi, qishlog‘i va ovullari bilan birga o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ysalar, ikki tomon uchun ham foydali bo‘ladi. Mehmonxona klasteri bu – turizm klasterining subyektlaridan biri bo‘lib, yil davomida mehmonxona daromadlarini ko‘paytirib borish, turistlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yib xizmatlar turlarini kengaytirish, turizm sohasidagi boshqa subyektlar bilan kooperatsion aloqalarni kengaytirib yangi korxonalar ish o‘rinlarini yaratish (qo‘shilgan qiymat zanjiri) yo‘li bilan hududning turistik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi. Ta’kidlash kerakki, hozirgi vaqtda mehmonxonalar xizmati sifati kategoriyasini, xususan uni boshqarish obyekti sifatida ko‘rib chiqishda ko‘plab mualliflar o‘rtasida yagona tushunish mavjud emas. Fikrimcha mehmonxona xizmatlari sifati standartlarda belgilangan ma’lum to‘plam va mijozlar olishni kutayotan bir turli xizmatlar xossasi bo‘lib, ular turli kategoriyadagi joylashtirish vositalarida o‘ziga xos va tegishli sifatlar to‘plamiga ega bo‘ladi, mehmonxona korxonalari doirasida mijozlarning vaqtincha joylashish, ovqatlanish, turli qo‘shimcha va yordamchi boshqa turdagi xizmatlarga mijozlarning amaliyotda aniqlangan va nazarda tutilayotgan individual extiyojlarini qondirishni ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan sifat tegishli standartlarda belgilangan normativ xossalariga ega bo‘ladi, sifatni faqat bir turdagi, o‘xshash xizmatlar bo‘yicha taqqoslash mumkin, sifatni har bir iste’molchi tomonidan ijtimoiy iqtisodiy parametrlar va uning shaxsiy afzal ko‘rishi asosida baholash mumkin.



Download 108,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish