II BOB. Zamonaviy matbuotda bolalar nashrlarining turi va tasnifi
2.1. Bolalar matbuoti tarkibida jurnal mustaqil nashr turi sifatida………….
2.2. Xorij va oʻzbek bolalar nashrlaridagi oʻxshash va farqli jihatlar (“Dono Word” va Rossiyaning “Мурзилка” jurnallari misolida)……………………
III BOB. Bolalar nashrlari samarali faoliyatining istiqbolli yoʻnalishlari
3.1. Auditoriya bilan muloqotning interaktiv shakllari……………………
3.2. Bolalar matbuotida ijodiy mahorat va uslub masalalari………………..
Xulosa……………………………………………………………………..
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati……………………………………..
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Bugun OAV nafaqat Oʻzbekistonda, balki butun dunyoda mazmun, sifat, shakl nuqtayi nazaridan tubdan oʻzgardi. Globallashuv, axborot oqimining koʻpligi, ishonchli axborotga nisbatan ehtiyoj oshishi, zamonaviy axborot texnologiyalarning rivojlanishi, chegaralarning yuvilib ketishi natijasida OAVning taʼsir kuchini yanada oshirdi. Keyingi paytda ommaviy axborot vositalari xodimlarining demokratik jarayonlar, fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi oʻrni va nufuzini, mahalliy gazetalar, tele-radiokanallarning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash, eng asosiysi, matbuotda fikrlar, qarashlar xilma-xilligini taʼminlash boʻyicha davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan zarur chora-tadbirlar, qator ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 27-iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga yoʻllangan bayram tabrigida “Bugungi kunda barcha darajadagi boshqaruv idoralari rahbarlarining ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar bilan muntazam uchrashib, jamiyat hayotiga daxldor muhim masalalarni erkin muloqot asosida keng muhokama etishi yaxshi anʼanaga aylanib bormoqda. Biz bunday yondashuvni Oʻzbekistonda olib borilayotgan ochiqlik, oshkoralik va demokratik siyosatning eng muhim yoʻnalishlaridan biri deb bilamiz hamda milliy manfaatlarimizga javob beradigan bu yoʻlni qatʼiy davom ettiramiz1, deb taʼkidladi.
Bugungi kunda jurnalistika va uning auditoriyasi oʻrtasida bozor munosabatlaridan kelib chiqib, talab va taklif yoʻlga qoʻyilgan. Oʻquvchi avvalgidek, bitta gazeta yoki jurnalga tikilib qolmaydi. Unda tanlash imkoniyatlari juda koʻp. U istasa davlat nashrlari, istasa xususiy nashrlar, onlayn platformalarga obuna boʻlib, ularni kuzatishi mumkin. Oʻquvchi bir nashrda boʻlmasa, boshqa birida oʻz saviyasi, qiziqishi, dunyoqarashi doirasidagi materialni tanlab olib, oʻsha jurnalistik material oʻquvchisiga aylanadi. Mana shunday sharoitda nafaqat matbuot nashrlari balki televideniye kanallari, internet nashrlari va albatta jurnalistlar oʻzaro raqobat asosida oʻz jurnalistik ishlarining oʻquvchisini topib borishi boʻlishi uchun tinimsiz kurashmoqdalar. Ayniqsa bolalar jurnalistikasi yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan nashrlar, telekanallar oʻrtasida bugun kuchli raqobat koʻrinmoqda. Chunki bugun smartfonlar, gadjetlar, internet bilan birga ulgʻayayotgan bolalarga real hayotni koʻrsatish, ularni biron yoʻnalishga jalb qilish har qachongidan mushkul vazifaga aylanib ulgurdi.
Yangicha koʻrinish va uslubda efirga chiqayotgan tematik teledasturlar soni kun sayin koʻpaymoqda. Telekanal dasturlarida paydo boʻlgan yangi televizion media loyihalarning oʻz tomoshabinlari bor. Koʻrsatuvlar gʻoya, boshlovchilar imiji, rejissura, mavzu koʻlami bilan ajralib turadi. Ammo 2-3 yoshli bola teleekrandagi koʻrsatuvdan koʻra internet sahifalaridagi video kontentga bogʻlanib qolgan. Toʻgʻri, teledasturlar yaratishning yangi, noanʼanaviy texnologiyalarini, yangi qahramonlarni bugun “Bolajon”, “Aqlvoy” kanallari faoliyati misolida koʻryapmiz. Ammo, bugun kunga kelib yurtimizdagi bolalar matbuoti qanday holatda? 10 yil oldin millionlab nusxada chop etilgan “Gulxan”, “Gʻuncha, “Bilimdon” jurnallariga nima uchun talab oldingidek emas?! Bugunning bolalarini qaysi mavzular qiziqtiradi? Bolalar matbuotida bolalar yozuvchilari, bolalar mavzularida ijod qiladigan jurnalistlar bormi? Oʻzbek va xorij bolalar matbuoti qachon shakllandi, qanday rivojlandi va bugun qanday holatda? Mana shu savollarni oʻrganilgan tajribalar va yangi izlanishlar asosida ochiqlash mavzuning dolzarbligiga asos boʻladi. Nashrlarning ijodiy-ishlab chiqarish jarayonlari ilmiy nuqtayi nazardan tadqiq etilgan.
Nashrlar ijodiy faoliyatini tashkil etish, davr talab qilayotgan mezon va tamoyillar, bolalar uchun matn tayyorlashning zamonaviy usullari, ixtisoslashuv jarayonlari ham toʻla inobatga olinishi oʻrganishga ilmiy zarurat boʻlib, bu esa mavzuning dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |