Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


II BOB. ZAMONAVIY MATBUOTDA BOLALAR NASHRLARINING TURI VA TASNIFI



Download 0,57 Mb.
bet7/18
Sana13.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#793324
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
БМИ Шириной (1)[1]

II BOB. ZAMONAVIY MATBUOTDA BOLALAR NASHRLARINING TURI VA TASNIFI
2.1. Bolalar matbuoti tarkibida jurnal mustaqil nashr turi sifatida
OAVning mustaqil turi hisoblangan jurnal — biror nom ostida muntazam chop etiluvchi, gazetadan qogʻozining sifati yaxshiroqligi va varaqlari birlashtirilgani bilan farqlanuvchi nashr hisoblanadi.
Jurnal fransuzcha: journal – kundalik daftar — bosma davriy nashr degan maʼnoni anglatadi. Jurnal ham gazeta kabi jamoatchilik fikriga taʼsir oʻtkazish yoʻli bilan uni shakllantirishga xizmat qiladi. Jurnallar odatda omma ijtimoiy ongiga muayyan gʻoya va qadriyatlarni singdiradi. Ular dastlab Fransiyada nashr qilingan. Inglizcha “Magazine”, fransuzcha “Revue”, nemischa “Zei schrift”, ispancha “Relista” soʻzlari ham jurnal maʼnosini anglatadi. Chop etilish muddati yaʼni davriyligi jihatdan jurnallar odatda haftada, oʻn kunda, ikki haftada, oyda, ikki oyda, har uch oyda, yarim yilda bir marta nashr qilinadi. Bunday davriylik jurnallarda turmush voqealarini kundalik gazetaga nisbatan batafsilroq va chuqurroq tahlil qilish imkonini beradi. Jurnallar mundarija yoʻnalishiga koʻra farqlanadi: ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy, ishlab chiqarish-texnikaviy, ilmiy, ilmiy-ommabop va boshqalar. Jurnallar jamiyatdagi turli yoshdagi kishilarga moʻljallanadi.
Soʻnggi paytlarda ommaviy jurnal sahifalaridan krossvordlar, amaliy sanʼat asarlari, modalar, uy bekalariga maslahatlar, shaxmat etyudlari bilan tobora kengroq oʻrin olmoqda. Ilmiy jurnallarda hajman katta maqolalar bilan birga referatlar, annotatsiyalar, xulosalar, ilmiy hayotga oid ixcham xabarlar ham eʼlon qilinadi. Jurnal hajmini va uni bezash unsurlarini belgilashda jurnal mundarijasi va uning oʻquvchilari doirasidan kelib chiqiladi. Odatda ommaviy jurnallar — ijtimoiy-siyosiy va adabiy badiiy, ilmiy-ommabop, bolalar, ayollar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan nashrlar katta hajmda chiqariladi.
Oʻzbekistonda jurnalchilik tarixiga toʻxtaladigan boʻlsak, Turkistonda davriy matbuotga XIX asrning soʻnggi oʻn yilligida asos solingan: 1896-yil Toshkentda “Sredneaziatskiy vestnik” (“Oʻrta Osiyo darakchisi”) jurnalning birinchi soni bosmadan chiqadi. Keyinchalik “Turkestanskiy scorpion” (“Turkiston chayoni”, 1907), “Srednyaya Aziya” (“Oʻrta Osiyo”, 1912), “Stepnie miraji”, (“Sahrodagi sarob”, 1914) jurnallari nashr qilinadi. Bu jurnallarda asosan adabiy janrlarda yozilgan asarlar chop etilgan. “Srednyaya Aziya” jurnalda Turkistondagi mahalliy aholining madaniy hayotiga oid materiallar ham oʻrin olgan.
Turkistonda milliy jurnalchilik tarixiga atoqli maʼrifatparvar adib va publisist Behbudiy asos solgan. Uning muharrirligida 1913–1915-yillarda Samarqand shahrida “Oyina” jurnali nashr qilingan. Mazkur jurnal turkistonliklarni zamonaviy ilmu urfondan, maʼrifatdan bahramand etish, oʻlkadagi milliy taʼlim tizimini isloh qilish kabi davr uchun dolzarb masalalardan bahs yuritgan. Oʻzbek tilidagi ikkinchi jurnal “Al-Isloh” nomi bilan Toshkentda nashr qilingan.
1917—18 yillarda Turkistonda ijtimoiy-siyosiy va adabiy yoʻnalishdagi bir qancha yangi oʻzbekcha jurnallar paydo boʻldi. Qoʻqonda 1-soni Hamza Hakimzoda Niyoziy muharrirligida “Kengash” (keyinchalik “Hurriyat” nomi bilan chiqqan), taniqli olim va publitsist Ashurali Zohiriy rahbarligida “Yurt” jurnallari nashr qilingan. Toshkentda “Chayon” (1917), “Ishchilar dunyosi” (1918) kabi yangi jurnallar chiqa boshlagan. “Yurt” va “Chayon” jurnallari Turkiston muxtoriyati gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan va targʻib qilgan. “Ishchilar dunyosi” bolsheviklarning xususiy mulkni tugatish sohasidagi siyosatini tanqid qilgani uchun shoʻro hukumati tomonidan yopib qoʻyilgan. 1918—24-yillarda Turkistonda jami 129 nomda jurnal va byulletenlar nashr qilingan. Ularning asosiy qismi rus tilidagi tarmoq nashrlaridan iborat boʻlib, ayrim jurnallar bor-yoʻgʻi 1-2 soni chiqqan, xolos. Shu davrda oʻzbek tilida nashr qilingan “Oʻzgarishchi yoshlar” (1922-24), “Inqilob” (1922-24) va “Mushtum” (1923) jurnallari nisbatan keng tarqalgan. Bu nashrlarda Nazir Toʻraqulov, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, Usmonxon Eshonxoʻjayev, Gʻozi Yunus singari isteʼdodli oʻzbek adiblari va publitsistlari faol hamkorlik qilganlar.11
20-yillarning 2-yarmida Oʻzbekistonda oʻzbek tilida “Yer yuzi” (hozirgi „Guliston“), “Yangi yoʻl” (hozirgi “Saodat”), “Maorif va oʻqituvchi”, “Yangi qishloq”, “Alanga” kabi ijtimoiy-siyosiy va adabiy yoʻnalishdagi yangi jurnallar tashkil topdi. “Yer yuzi” oʻzbek tilidagi birinchi rasmli-bezakli ommabop nashr hisoblanadi. 1930-yil boshida u 10000 nusxada chiqqan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida jurnallar tarmogʻi keskin qisqardi. Urush tugagach, koʻpchilik jurnallar qaytadan chiqa boshladi, yangi jurnallar paydo boʻldi. 1975-yilda Oʻzbekistonda jami 134 nomda jurnal chop qilingan.
Oʻzbekistonda davlat mustaqilligi eʼlon qilingach, keng ommaga moʻljallangan mavjud jurnallar faoliyati qayta tashkil qilindi. Respublikada jami 165 jurnal nashr etiladi, ularning yillik oʻrtacha adadi 704,7 ming nusxa (2002-yilgi statistika). Yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishda, milliy ongni oʻstirishda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-badiiy jurnallar yetakchilik qilmoqda. Bu turkumga mansub “Sharq yulduzi”, “Guliston”, “Saodat”, “Muloqot”, “Fan va turmush”, “Yoshlik”, “Mushtum” jurnallari qatoriga istiqlol davri jurnallari — “Tafakkur”, “Sogʻlom avlod uchun”, “Jahon adabiyoti” qoʻshildi.
Oʻzbek bolalar jurnalistikasida ham jurnallar alohida oʻringa ega. “Guliston”, “Yoshlik”, “Yosh kuch”, “Sinfdosh”, “Bilimdon”, “Erkatoy” “7x7”, “Klass”, “Dono Word”, “Jajji akademik” kabi qator jurnallar turli davrlarda bolalarning sevimli nashri sifatida faoliyat yuritgan va yuritmoqda.
Hozirgi kunda “Gʻuncha” jurnali maktab yoshigacha boʻlgan bolalar dunyoqarashini kengaytirish, ularni barkamol inson sifatida tarbiyalashga hissa qoʻshishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan. “Gʻuncha” — boshlangʻich sinf oʻquvchilariga moʻljallangan jurnal. Mazkur jurnal 1958-yil yanvardan nashr etiladi. Gʻafur Gʻulom tashabbusi bilan jurnalga “Gʻuncha” nomi berilgan. Jurnal 4 xil rangli boʻlib, uning sahifalarida bolalar ijodi, talantli va taniqli yoshlar va kichkintoy sportchilar hayotidan hikoyalar, jahon bolalar yozuvchilari ijodidan namunalar ham berib boriladi, oʻzbek ijodkorlarining kichkintoylarga atalgan asarlari bosiladi. Bundan tashqari, “Gʻuncha” sahifalarida bolalar uchun turli topshiriqlar, boshqotirmalar berib turiladi, tanlovlar oʻtkaziladi. Jurnalda turli davrlarda A.Irisov, S.Yunusov, A.Boʻriboyev, Ya.Saʼdullayeva, Yo.Rahimova kabi ijodkorlar muharrirlik qilgan. “Gʻuncha” jurnalining asosiy maqsadi esa bolalarni vatanparvarlik, Vatanga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning ongida insonparvarlik, doʻstlik hislarini shakllantirish, dunyoqarashini kengaytirishdan iboratdir.
"Gulxan"- bolalar va o'smirlar uchun mo'ljallangan adabiy-badiiy, bezakli jurnal. 1929-yil yanvardan chiqa boshlagan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-avgustdagi "Matbuot va axborot sohasidagi boshqaruvni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi farmoniga binoan "Gulxan" jurnali Xalq ta'limi Vazirligi tasarrufiga to'liq o'tkazilgan. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim Vazirligi muassisligida nashr qilinadi. Maktab yoshidagi o'quvchilar va o'smirlarga mo'ljallangan bo'lib, davriyligi oyda bir marta chiqadigan jurnal. Zahro Hasanova jurnalga muharrirlik qiladi. Jurnalning asosiy maqsad va vazifalari: Bolalar ongiga milliy va umuminsoniy qdariyatlarni singdirish, madaniy-tarixiy meros va jahon adabiyoti durdonlari bilan tanishtirish, dunyoviy bilimlar olamiga olib kirish, ulardagi ijod kurtaklarini parvarishlash, rag'batlantirish, do'stlik, qardoshlik tuyg'ularini rivoj toptirishdan iborat. Mavzularning rang-barangligi jihatidan badiy adabiyot, san'at, xalq ijodi, turli sport o'yinlarining targ'ibotchisidir. Bolalarga atalgan jahon adabiyoti vakillarinining asarlaridan na'munlar yoritib boriladi. Shu bilan birga o'quvchilar ijodini yoritib borishga ham keng o'rin beriladi. Sahifalarda taniqli yozuvchilar, olimlar, rassomlar va san'at arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar, intervyular tashkil qilinadi. Viktorina va ko'rgazmlar o'tkazib boriladi.12
O'zbek bolalar jurnalistikasida "Yosh kuch" jurnalining tashkil topishi ko'p jihatlari bilan ungacha bo'lganlardan ustunlik qilar edi. Jurnal sahifalarida badiiy adabiyot namunalaridan tashqari, kurashchan, zarbdor bolalar, komsomol va pioner otryadlarining faoliyati keng yoritib borildi, — deydi ilmiy izlanishlarida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tadqiqotchisi E’tiqodxon Otoqulova.(манба қани?)
"Yosh kuch" jurnali tarixiga to'xtaladigan bo'lsak, jurnal 1929-yili "O'zbekiston leninchi yoshlar" markazko'mi, Xalq maorifi komissiarligi va yngi alifbo markazko'mlari tomonidan chiqariladigan bolalar jurnali sifatida qayd etiladi. 1934-yil 1-sonidan boshlab Xalqa Maorif komissarligi muassisligidagi siyosiy-ijtimoiy va adabiy bolalar jurnali sifatida faoliyatini davom ettiradi. 1937-yilgi 1-sonidan boshlab oyda bir marta chiqadigan bolalar adabiy-badiiy jurnaliga aylantiriladi. "Yosh kuch" bugunga qadar oyda bir marta chiqadigan bolalar va o'smirlar jurnali sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Jurnal dastlab Samarqand shahridagi bolalarga mo'ljallab chiqarila boshlagan, keyinchalik 1934-yilda jurnal tahririyati Toshkent shahriag ko'chirilgan Ilk muharriri Qosim Boboyev. Jurnalga turli davrlarda A.Po'lat, Sh.Abduqayimova, X.Xudoynazarov, T.Rasulova, J.Qodiriy, X.To'xtaboyev, E.Abdurahmonov, X.Do'stmuhammad, A.Hayitovlar muharrirlik qilgan. "Yosh kuch" hozirda O'zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi muassisligida 5480 nusxada chop etiladi. Bosh muharrir Iroda Dadajonova. "Yosh kuch" jurnalining asosiy yo'nalishi bolalar va o'smirlar auditoriyasiga qaratilgan bo'lsada, bugun mamlakat media bozorida u kattalarga ham xos mavzularni yoritadi. Jurnalning 2019-2021yilgi sonlarida Ilhom Xudoynazarov, Otabek Isroilov, Lobar Qobulova, Charos Nizomiddinova, Nigora Umarova kabi yosh ijodkorlarni kashf qilish mumkin. Aytish joizki "Yosh kuch" jurnali bolalar nashrlari orasida dizaynidagi o'ziga xoslik va milliy yo'nalishga katta e;tibor qaratishi bilan ajralib turadi. Ayniqsa jurnalning 2019-2020yilgi sonlarida fotograf Ernest Kutveliyev va dizayner Rahmatjon Yunusovning, Orzu A’zamning ijod na'munari o'ziga xos uyg'unlikni yarata olgan. Jurnalda "Millat oydinlari", "Ta'b", "Yo iqroru yo inkor", "Vaqt bizniki", "Ijod saroyi" kabi ruknlarni ko'rishimiz mumkin. Ta'kidlash kerakki, jurnal ruknlari hamma sonida ham bir xil emas. Masalan maxsus sonlar, bayram sonlarida jurnal ruknlari, materillari va dizayni ustida alohida ish olib boriladi. Aytish joizki, "Yosh kuch" jurnali materillariga e'tibor berdigan bo'lsak, intervyu janri umumiy materiallarning asosiy qismini egallaydi. Muaffaqiyatli yoshlar, yosh siyosatchilar, xalqaro yoki mahalliy tanlovlar g'oliblari, ijodkorlar bilan tashkil qilingan suhbatlar "Yosh kuch" obunachilariga motivatsiya ulasha oladi. Ammo, jurnalning auditoriya bilan aloqasini ko'ngildagidek deb ayta olmaymiz. Yoshlarning o'zidan fikr olish, turli so'rovnomalar, uchrashuvlar, marafonlar tashkil qilish umuman jurnalni yoshlar minbariga aylantirish maqsadga muofiq.
Hozirda faoliyati to'xtagan bo'lsa ham "IRFON NASHR"MCHJ rahbari Sanjar Nazar muasssisligida chop etilgan "Jajji akademik" jurnali o'zbek bolalar jurnalistikasi tarixida xususiy bolalar nashri sifatida yorqin iz qoldirdi. 2015-yildan 2020yilga qadar faoliyat yuritgan "Bilimdon bo'ladigan barcha bolalarga" shiori ostida chiqadigan bolalarga mo'ljallangan bu ilmiy, intelektual, ma'rifiy jurnal nafaqat bolalar shu qatorda ularning ota-onalarining ham mehrini qozonib ulgurdi. Jurnal sonlarini varaqlasak haqiqatdan ham nashrda bironta ham havoyi rukn yo'qligiga, hamma ruknlar bolalarning dunyoqarashi, bilim darajasini rivojlantirish maqsadida tuzilganligiga guvoh bo'lamiz. Jurnalda "G'aroyib o'quvchilar", "Mening galaktikam", "Aql charxi", "Tajribaxona", "So'rovnoma", "Jajji huquqshunos", "Nobel", "Komika", "Sog'lomjon", "Xorijdagi tengdoshim, "Jajji bloger" kabi ruknlarda ilm-fan, adabiyot, koinot, sport, huquq, tibbiyot, tarix, geogrfiya, astronomiya, bolalar ijtimoiy hayoti kabi ko'plab yo'nalishlardagi maqolalar berib borilgan. Masalan, jurnalning 2019-yilgi 5-sonida Sa'dullo Qurbonov muallifligida "Qandning achchiq kasali" mavzusidagi maqola e'lon qilingan. Maqolada xalq orasida "qand kasali" nomi bilan mashhur bo'lgan qandli diabet haqida bolalarga sodda tilda tushuntirish beriladi. Kasallik tarixi, kelib chiqish sabablari va oqibatlari qisqa ammo, tushunarli satrlarda ifodalanadi. Aynan shu sondan "Quyosh tutilishi', "Interpolda ishlayman", "3D printer nima?", Semizlik kasallikmi?", "Yaponiyadan salom" singari bir-biridan qiziqarli maqolalar joy olgan. Jurnal adadi 2019-yilda 4000nusxani tashkil qilgan bo'lsa, 2020yilga borib bu ko'rsatkich keskin tushib ketadi. "Jajji akademik"ning faoliyati to'xtashiga doir sabablarni e'lon qilar ekan muassis Sanjar Nazar Sof.uz internet saytiga bergan intervyusida jurnal inqiroziga asosiy sabablardan biri pochta tizimining yaxshi ishlamaganligini ko'rsatadi.13 Jurnalning 5yil davomida 69soni chiqqan. Shu orqali qanchadan-qancha o'zbek oilalaridagi jajji akademiklarni yuzaga chiqargan.
Yoshlik jurnali14

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish