Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Xorij va oʻzbek bolalar nashrlaridagi oʻxshash va farqli jihatlar (“Dono Word” va Rossiyaning “Мурзилка” jurnallari misolida)



Download 0,57 Mb.
bet8/18
Sana13.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#793324
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
БМИ Шириной (1)[1]

2.2. Xorij va oʻzbek bolalar nashrlaridagi oʻxshash va farqli jihatlar (“Dono Word” va Rossiyaning “Мурзилка” jurnallari misolida)
“Dono Word” jurnali yuqoridagi nashrlar orasida oʻzining ommabopligi, rang-barangligi bilan ajralib turadi. Jurnal Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida 2015-yil 9-yanvarda roʻyxatga olingan boʻlib, Jurnal 2007-yil 16-apreldan chiqa boshlagan. “Dono Word” jurnali ilmiy-uslubiy, maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy nashr boʻlib, jurnal tahririyati Fargʻona viloyatida joylashgan. Shunga qaramay jurnal Respublikamizning turli burchaklarida oʻz oʻquvchilariga ega. Adadi 13000 nusxa. Jurnal endi faoliyatini boshlagan kezlaridanoq oʻziga “Izlanish, intilish, tashabbus” shiorini tanlab olgan. Jurnalning “Muhim sana”, “Ruhiyat”, “Maktublar”, “Yoshlik – beboshlikmi?”, “Tashrif”, “Durdona asarlar”, “Kun mavzusi”, “Muxlislar ijodi”, “Jumboqli hikoya”, “Mashhurlar hayotidan”, “Soʻz jozibasi” kabi bir-biridan qiziqarli ruknlari mavjud.
Muhim sana ruknida Oʻzbekistondagi milliy bayram yoki maxsus kunlar uchun materiallar berib boriladi. Masalan, jurnalning 2019-yildagi 15-sonida muhim sana rukni ostida 21-oktyabr – “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligini 30 yillik munosabati bilan oʻzbek tili haqidagi maqola eʼlon qilingan.15 Bu ruknning jurnal boshida qoʻyilishida ham oʻzgacha maʼno bor. Shu yoʻl bilan yosh avlodda vatanparvarlik tuygʻusini, milliy bayramlar va urf-odatlarga nisbatan mehr-muhabbat ruhini shakllantirish mumkin.
Jurnalning “Ruhiyat” ruknida bolalar psixologiyasi haqida gap boradi. Bolalarning xarakter tiplari, ularda odatlarning shakllanishi, shaxs sifatida shakllanishida atrofdagilarning taʼsiri kabi mavzularda maqolalar berib boriladi. Jurnalning xuddi shu sonida “Sergaplik fazilatmi?” maqolasi “Ruhiyat” rukni ostida eʼlon qilingan. Maqola tili va uslubi yengil, aynan bolalar tilida yozilgan. Maqolaning rivoyat bilan boshlanishi bolaning diqqatini bir joyga toʻplash uchun xizmat qilgan. Maqolada hayotda omadsiz, dangasa, megolaman insonlar sergaplikka moyil boʻlishi ilmiy asoslar bilan keltirilgan. Tortinchoqlikni salbiy oqibatlari, jamiyatda tortinchoq insonlar gapirishdan koʻra, tinglashni xush koʻrishi haqida qiziqarli maʼlumotlar qayd etiladi.16
Boshlangʻich taʼlim yoshidagi bolalarga geografiya, biologiya singari fanlar oʻqitilmasada bolalarda atrof-muhitni, tabiatni oʻrganishga boʻlgan qiziqish ustunlik qiladi. Aksariyat bolalar turli atlas kitoblari, ensiklopediyalardan foydalanib tabiat haqidagi bilimlarini oshirib boradi. “Dono Word” jurnalining “Bu – qiziq!” rubrikasi tabiat sir-sinoatlarini oʻrganishlarida koʻmakchi boʻlgan.
Maktublar nafaqat bolalar nashrlari tahririyatlarini balki barcha gazeta va jurnal tahririyatlarining ajralmas uzviy boʻlagi. Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar auditoriya bilan bogʻlanish, ular fikrini oʻrganish vositasi boʻlib xizmat qilsa, internet rivojlanguniga qadar maktublar auditoriya va maʼlum nashr oʻrtasidagi koʻprik vazifasini oʻtagan. Ayniqsa, jurnalistika sohasiga aloqasi boʻlgan har qanday ijodkorning yoshligi, ilk ijod namunasi eʼlon qilinishi bolalar nashrlari bilan bogʻliq. Quvonarlisi, “Dono Word” jurnali tahririyatiga nafaqat bolalardan, balki, ularning ota-onalari, ustozlaridan ham muntazam xatlar kelib turgan va xatlar “Maktublar” turkumida jurnal sonlarida eʼlon qilib boriladi.
Jurnalning “Durdona asralar” rukni nafaqat bolalarning balki kattalarning ham sevimli rukniga aylangan. Chunki, undan oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalarining eng mashhur asarlari parchalarga boʻlingan holatda nashr qilinadi.
Bu esa kitobxon oʻquvchining keyingi sonni intiq kutishiga munosib sabab boʻla oladi. Maʼlumki, matbuot sahifalarida hamisha qaysidir mavzu doimiy muhokamalarga sabab boʻlgan. Jamoatchilik eʼtiboriga tushgan bunday mavzular jurnalning “Kun mavzusi” ruknida turli mutaxassislar bilan birgalikda, ularning maʼlum mavzu yuzasidan fikrlarini oʻrgangan holda yoritiladi. Masalan, jurnalning 2019-yil 11-sonida Lobar Jabbor qizi muallifligida “Koʻchirmakashlik – odatmi yoki illat?” mavzusidagi materiali eʼlon qilinadi. Muallif mavzu yuzasidan avvalo oʻquvchilarning, soʻngra oʻqituvchilarning, shu bilan bir qatorda psixologlarning ham fikrlarini oʻrganadi. Eʼtiborlisi, muammoli maqolada muallif oʻz pozitsiyasidan koʻra qahramonlar fikriga katta urgʻu beradi va shu orqali bugun taʼlim tizimida katta muammoga aylangan “Kun mavzusi”ga oyna tutadi.17
“Dono Word” jurnalida janrlar xilma-xilligiga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Taʼkidlash kerakki, bugun koʻpchilik bolalar nashrlarida janrlar masalasi ogʻriqli nuqtaga aylangan. Masalan “Gulxan”, “Gʻuncha” kabi markaziy bolalar jurnallarida intervyu janrini deyarli koʻrmaymiz. “Dono Word” jurnali ijodkorlarining yana bir yutuqli tomoni shundaki, intervyu qahramonlarini nafaqat bolalar orasidan balki mashhur shoirlar, kinochilar, aktyor-aktrisalar, madaniyat va sanʼat xodimlari orasidan tanlashadi. Masalan jurnalning 2019-yil 11-sonida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Karim Mirhodiyev bilan suhbat tashkil qilinadi. Intervyuda Karim Mirhodiyevni oʻquvchi qayta kashf etadi. Chunki u faoliyatini aynan teatrdan boshlaganligi, Rossiya filmlarida ham rol ijro etishi haqidagi faktlar nafaqat jurnal muxlislari, balki kino muxlislari uchun ham yangilik boʻlishi mumkin.18

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish