6-stereotip. Jamoadagi tarbiya birinchi oʻrinda turishi kerak.
Mazkur stereotip jamiyatimiz aʼzolari ongiga sobiq Ittifoq davridan oʻtgan boʻlib, oʻsha paytlari sovet pedagogi A.Makarenko taʼlimoti natijasida rivojlangan edi. Albatta, har bir farzand jamiyatda oʻz oʻrnini topish uchun avvalo jamoada oʻzini tuta bilishi lozim. Ammo bugungi barkamol avlod tarbiyasida avvalo har bir bolaning mustaqil fikrga ega boʻlishi, u ham jismoniy, ham aqliy jihatdan ustun boʻlishiga eʼtibor qaratilmoqda. Barchaning birdek emas, balki bolaning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda tarbiyalash muhim
Jurnalistlar tarbiya xususida gap ketganda, avvalo bugungi kunda yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etayotgan individullik xususiyatlarga, shuningdek tarbiyada muhim oʻrin tutayotgan hamkorlik masalalariga (masalan, taʼlim sohasidagi oila-mahalla-tarbiya muassasasi konsepsiyasi) eʼtibor qaratishlari lozim.
|
7-stereotip. Bir marta jinoyatga qoʻl urgan bola odam boʻlmaydi.
Turli xil sabablar bilan jinoyatga qoʻl urgan bolaga yana bir marotaba “sen oʻgʻrisan”, “sen jinotchisan” deya tamgʻa bosmay, uning nega notoʻgʻri ish qilganligi, bunga nima sabab boʻlganligini tinchgina, yuzma-yuz gaplashish, toʻgʻri yoʻl koʻrsatish lozim.
Jurnalistlar jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganlar bilan suhbatlashayotganda ularni haqorat qilmasliklari, tamgʻa bosmasliklari, oʻz materiallarida jinoyat sodir etgan bolaning muammosini emas, balki umumiy ijtimoiy muammoni va uning kelib chiqish sabablarini koʻrsatish lozim.25
|
Bolalar bilan bogʻliq stereotiplarning shakllanib, tomir otishiga yaxshi sharoit yaratib berayotgan OAV aholi onggiga ularning yanada chuqurroq oʻrnashishiga sabab boʻlishadi. Bu oʻz navbatida farzandlarimiz hayotiga salbiy taʼsir oʻtkazmay qolmaydi.
Stereotiplarga qarshi kurashishda OAV muhim rol oʻynaydi. Aynan ularni aholi ongida shakllantirish ham, tomiriga bolta urish ham jurnalistlar qoʻlida ekanligini, jamiyat rivoji, xususan bolalarimizning komil inson boʻlib voyaga yetishishlariga toʻsiq boʻladigan stereotiplarni yoʻqotish kunning dolzarb vazifasi ekanligini unutmaslik lozim.
1998-yili “Bolalarni qutqaring” xayriya tashkiloti bolalarning OAVda oʻzlari haqida berilgan materiallar haqidagi fikrlari soʻralgan edi.26 Aniqlanishicha bolalar jurnalistlar ularni qay tarzda yoritishlari yoqmasliklarini juda ham yaxshi bilishar ekan. Bular:
• bolalarni kattalardek gapirtirish (bu kattalarning istehzoli jilmayishiga sabab boʻladi);
• bosma OAVda faqatgina yoqimtoy bolalarning suratlarini berilishi;
• odamlarni achintiradigan holatlarda bolalarni tasvirlash;
• bolalarni oʻzlarini kerakli inson sifatida his qildirmaydigan holatlarni koʻproq berish (yozma, foto va video orqali).
OAV bolalarni juda ham koʻp yoritishsa-da, aksariyat holatlarda jurnalistik materiallarda ularning manfaatlari koʻzlanmaydi. Xalqaro OAV tahliliga nazar tashlaydigan boʻlsak, Buyuk Britaniyada bosma OAVning monitoringi oʻtkazilganda, bolalar va oʻsmirlar haqidagi 71 foiz materiallarda ular salbiy holatlarda, 14 foizidagina ijobiy, 15 foizida esa neytral koʻrinishda tasvirlanganligi aniqlangan. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi 48 foiz materiallarda esa ular jinoyatchi sifatida berilgan. Barcha materiallarning 70 foizida oʻgʻil bolalar jinoyatchi sifatida berilgan boʻlsa, 30 foizida oʻgʻil bolalar zoʻravonlik qurbonlari sifatida tasvirlangan. Jinoyatchi qiz bolalar haqida atigi 10 foiz materiallarda yozilgan boʻlsa, 90 foizida ular jinoyatchilik qurboni sifatida keltirilgan.27 Aytish joizki, bolalarni bunday stereotiplar xalqaro miqyosga ega. Global Youth tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasida aniq boʻlishicha, OAV yoshlarning fuqarolik faolligi darajasiga baho bermay, bolalar va oʻsmirlarni asosan jamiyatdagi mavjud quyidagi muammolarning sababchilari sifatida keltiradi: oʻgʻrilik, bosqinchilik, zoʻravonlik, zoʻrlash, giyohvand moddalarning isteʼmolchilari va hokazo. Afsuski bunday seriotiplar gʻarb mamlakatlari tomonidan ishlab chiqilayotgan koʻplab filmlarda ham aks etib, ularning aholi ongida yanada mustahkamlashishiga ko’maklashmoqda.
Bolalar uchun koʻrgazmalilikning, tasvirning oʻrni juda muhim. Koʻplab bolalar nashrlarining bosh sahifasiga eʼtibor bersak, nashrlardagi bosh gid yaʼni gazeta va jurnalning obrazini ifodalovchi logotip hali hamon oʻzgarmagan. Bolalar nashrlari dizaynida yangilikning yoʻqligi ham qaysidir maʼnoda oʻquvchilarni oʻzidan itaradi. Misol uchun “Gʻuncha”, “Gulxan” kabi taniqli jurnallarning logotipi 5-6 yildan beri oʻzgarmagan.
Bugungi axborotlashgan davrda yashab qolishni istagan har qanday matbuot nashri borki, ular allaqachon oʻzining internet saytlarini, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarini yoʻlga qoʻyib ulgurdi. Ammo, bolalar nashrlari bu yoʻnalishda ham hamon ortda qolmoqda. Toʻgʻri, “Yoshlik”, “Yoshlar ovozi”, “Tong yulduzi” kabi nashrlar oʻz saytlari faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Ammo, bu nashrlarning internetdagi faoliyatini toʻliq deb ayta olmaymiz.
Aynan bolalar uchun, xos auditoriya uchun internet saytlarining yoʻqligi ham sohadagi eng katta muammolardan biri. agarda bolalar uchun saytlar tashkil qilinib, ularda doʻstona raqobat muhiti shakllanganida bugun bogʻcha yoshiga ham yetmay turib “You Tube”dan foydalanish koʻnikmalarini egallab olgan bolalar shu saytlardan foydalangan boʻlarmidi?!
Bolalar uchun turli oʻyin dasturlarini hisobga olmasa, Oʻzbekistonda bolalarning ilmiy-tarbiyaviy rivojlanishi maqsadida yaratilgan mobil ilovalar deyarli yoʻq. Mavzu doirasida izlanish oʻtkazganimizda birgina “Olim bola” mobil ilovasi borligiga guvoh boʻldik. Ammo, bu dastur ham “Hilol nashr” nashriyoti tomonidan tashkil qilingan boʻlib, asosiy yoʻnalishi bolalarga diniy-maʼrifiy taʼlim berish ekani ayon boʻldi. Toʻgʻri, diniy bilimning inson kamolotidagi oʻrni katta, ammo bugunning bolasi uchun din va dunyoni birdek, qoʻsh qanotdek nihoyatda muhim.
Bolalar mavzularining internet saytlarida yoritilishini ham qoniqarli deb baholash qiyin. shunday bo'lsada bugub bolalar mavzularini yoritishni o'z oldiga maqsad qilgan saytlar yaratilishi borasida dastlabki qadamlar qo'yilgani e'tiborga molik. Quvonarlisi, "Bolalar olami" internet nashri O'zbekiston Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti bitiruvchisi Ro'ziqul Ochilov tashabbusi bilan faoliyatini boshladi. Ushbu loyiha keng qamrovli bo'lib, bolalarolami.uz - bolalar mavzusini keng yorituvchi, avvalo ularning huquq-manfaatlarini himoya qiluvchi, sifatli axborot manbasi bilan ta'minlovchi internet nashri. Saytda turli bo'limlar bo'lim xos yo'nalishlarda bolalarga doir mavzulr muntazam yoritib boriladi.
"Yangiliklar" bo'limida O'zbekiston va xorijda bolalarga oid so'nggi yangiliklar va xabarlar tezkorlik va xolislik bilan yoritib boriladi.
"Huquqiy klinika" da qonunchilik normalari, bolalar hamda ularning ota-onalarining huquq va majburiyatlari haqida xalqchil tilda tushuntirishlar berib boriladi.
"Salomatlik" bo'limida esa, bolalar kasalliklari haqida batafsil yoritiladi. Kasallikning yuzaga kelish sabablari, uning davosi xususida mutaxassislar tavsiya va ko'rsatalari yoritiladi.
"Achchiqtosh" bo'limida bolalar mavzusidagi og'riqli nuqtalar, muammolar tilga olinadi.
"Xayriya" bo'limida shifo talabidagi bolalarga yordam berish maqsad qilingan. Aynan su bo'lim muruvvatli insonlarning betob bolalar uchun mehr qo'lini uzatishlai uchun "ko'prik" vazifasini o'taydi.
Bundan tashqari saytda ta'lim va sport, adabiyot, ijod, iste'dod kabi yo'nalishlar ham bo'lib, sayt foydalanuvchilari muntazam foydali axborot manbalari bilan ta'minlab boriladi.
Bolalar olami.uz sayti ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga ham ega bo'lib, qisqa muddatda o'z auditoriyasiga ega bo'ldi. Qator hamkorliklar yo'lga qo'yildi. Jumladan "Bolalar olami" internet nashri va "Istiqbolli avlod NNT o'rtasida hamkorlik yo'lga qo'yildi. Yurtdoshlarimizning bola huquqlariga doir bilimlarini yuksaltirish maqsadida yo'lga qo'yilgan bu hamkorlikka ko'ra, sayt kuzatuvchilari tomonidan bola huquqlari masalasida beriladigan barcha savollarga va bu boradagi muammolar bo'yicha "Istiqbolli avlod" markazi myaxassislari bepul konsultatsiya beradi.28
"Bolalar olami" onlayn nashri ijodkorlari dizayn elmentlarida
ham asosiy foydalanuvchilari bolalar ekanini unutmagan. sayt dizaynida asosan yorqin ranglardan foydalanilgan. Saytning bosh sahifasi orqali tilni tanlash, avtomatik ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga o'tish, fikr qoldirish imkoniyatlari mavjud. Saytda yuqoridagi bo'limlardan tashqari foto va video galeriya ham mavjud. Bu ikki vosita ham auditoriya bilan interaktiv tarzda muloqot o'rnatishga va multemidiyaviylikka xizmat qiladi.
Xulosa
Bugun soʻz erkinligi, mualliflik huquqi, gender tengligi masalalariga urgʻu berilayotgan milliy jurnalistikamizning aynan bolalar jurnalistikasi sohasiga ham eʼtibor qaratish vaqti keldi. Chunki, yoshligidan kitob, gazeta, jurnal nimaligini bilay oʻsgan avlodni keyinchalik matbuotga qiziqtirishning imkoni yoʻq.
- Bugun bolalar nashrlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishda yaxlit tizim ishlab chiqilishi, bunda xorij tajribasi oʻrganish kerak. Xususan AQSH, Rossiya, Xitoy kabi davlatlarda bolalar nashrlari faoliyati, ularning inqiroz davridan qanday chiqib ketgani va bugun oʻz auditoriyasi bilan qanday muloqot tashkil qilgani kabi ijodiy-texnik jarayonlarni oʻrganib, jahon tajribasini qoʻllash bugun har qachongidan muhim;
- Bola huquqlari, bolalar uchun qabul qilingan xalqaro meʼyoriy qonunlarni yoritib borish, xalqaro aloqalarni yoʻlga qoʻyish, bolalar uchun xalqaro tanlovlar va grantlarni mamlakatimiz OAVlarida muntazam yoritib borishni bugun zamonning oʻzi taqozo etadi;
- Mamlakatimizda bolalar sonining keskin oshayotganini hisobga olib, davlat va nodavlat bolalar nashrlarini koʻpaytirish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, bolalar nashrlarini, bolalar nashriyotlarini tashkil qilish istagini bildirgan tadbirkorlarga imtiyoz va subsidiyalar berish lozim;
- Bolalar nashrlarining internet saytlarini, ijtimoiy tarmoqlarini rivojlantirish masalasini qisqa muddatlar hal qilish va shu bilan birgalikda maktablarda mediataʼlim va mediasavodxonlik kurslarini tashkil etish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |