3-stereotip. Faqat qiz bolalargina aʼlo oʻqishadi, degan qarashning yuzaga kelishi.
Qizlardagi tabiatan yaratuvchilik (ona boʻlish, gʻamxoʻrlik qilish, har narsaga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish, asrab-avaylash, noziklik, nafosatlilik) xususiyatining mavjudligi ularga nisbatan notoʻgʻri qarashlarning paydo boʻlishiga asos emas. Ayniqsa, ularning tabiiy xususiyatlari oʻsib bolalarnikidan farq qilgani uchun ular yaxshi oʻqishi kerak, qiz bolalarga nisbatan ojiza, zaifa sifatida qarashning oʻzi notoʻgʻridir.
Taʼlim muassasalarida aʼlochi oʻgʻil bolalar koʻp va bu borada jurnalistlar aynan jinsiy jihatdan ajratmasdan, oʻquvchining u hox qiz boʻlsin, xoh oʻgʻil bola yutuqlarini obyektiv koʻrsatishi lozim.
|
4-stereotip. Sil kasalligiga chalingan kishilar oilasida oʻsayotgan bolaga nisbatan “boshqacha” qarashning mavjudligi.
Maʼlumki, xalq orasida ayrim kasalliklardan, aytaylik, viteligo (pes), epelepsiya (tutqanogʻi bor), psoriaz (badanida toshma boʻlganlar) shuningdek, sil kasalligidan ham oʻzini tortuvchilar, undan xazar qiluvchilar uchraydi. Ular shu kasallikka chalinganlar bilan muloqotga kirishishdan, bir dasturxonda oʻtirishdan, munosabatda boʻlishdan oʻzlarini tortadilar. Bu kasalliklar yuqumli boʻlmaganligi bois, bunday munosabat mutloqo oʻzini oqlamaydi. Shu kasalliklar ichida agar sil kasalligiga toʻxtaladigan boʻlsak, bugungi kunda uning davosi topilgan boʻlib, ayni sil irsiy kasallik emas, u nasldan naslga oʻtmaydi. Faqat bemor oila aʼzolari bilan yaqin muloqotda boʻlganligi sababli, ularga kasallikni yuqtirishi va kasallik oilaviy tus olishi mumkin. Bugungi kunda DOTS dasturi boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijasida ushbu kasallik soni keskin kamaygan.
Oilasida silga chalingan bemor mavjud bolalarni yoritishda jurnalistlar ularni kamsitishdan qochishlari, ular bilan suhbatlashganda iloji boricha mazkur mavzuni qoʻzgʻamasliklari, bu haqida shifokorlar yoxud kattalardan maʼlumot olishlari zarur.
|
5-stereotip. Bolani avvalo qornini toʻydirish va kiyintirish kerak, keyin oʻzi odam boʻlaveradi.
Albatta bolani sogʻlom oziq-ovqat mahsulotlari bilan boqish, yaxshi kiyintirish muhim. Mazkur stereotip yoshi katta avlodning qiyinchilik sharoitida voyaga yetgani bilan bogʻliq. Agarda mazkur stereotipni “Mehribonlik uy”lariga nisbatan qoʻllasak, u yerda katta boʻlayotgan bola oiladagi mavjud mehr-muhabbatdan bebahra, hayot uchun zarur koʻnikmalarga ega boʻlmay oʻsadi. Zero, kiyimi, koʻrpa-toʻshagi toza, ovqati doimo tayyor. Bular qanday amalga oshadi, mazkur yumushlarni kim bajaradi? Tarbiyalanuvchilar bular haqida oʻylab ham koʻrishmaydi, aksincha doimo shunday boʻlishi kerak, deb oʻylashadi. “Mehribonlik uyi”ni tark etgach, real hayotda qiynalib qolishadi. Mazkur stereotip bolada “Men baxtsizman, demak menga har kim, har doim yordam berishlari kerak” degan fikrni mustahkamlaydi.
Jurnalistlar homiylik, farzandlar tarbiyasi haqida yozishganda koʻproq eʼtiborni asrab olingan, oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarga qaratilishi, oilada tarbiyaning ahamiyatiga eʼtibor berilishi muhim ekanligini unutmasliklari zarur.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |