Media nazariyasi va amaliyoti kafedrasi



Download 0,57 Mb.
bet13/18
Sana13.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#793324
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
БМИ Шириной (1)[1]

1-stereotip. Yetim bolalar alohida tarbiyaga muhtoj degan qarashning ustunligi.
Maʼlumki, ota-onasidan mahrum boʻlish, ota-onasining yoʻqligi ota-onasidan birining vafot etganligi – yetimlik (holat) tushunchasiga nisbatan xalq orasida himoyasizlik, toʻkis emaslik, alohida eʼtiborga, kimningdir otaligʻiga muhtoj, degan qarashlarni yuzaga keltirgan. Yaʼni bunday bolalarni kimdir otaligʻiga olishi, ularga gʻamxoʻrlik qilishi zarurligi eʼtirof etilgan. Shu bois, koʻp yillar davomida yetim bolalar muammosi ularni maxsus yopiq muassasalarda, jamiyatdan ajratgan holda tarbiyalash orqali amalga oshirilardi. Koʻchaga ular faqatgina guruh boʻlib olib chiqilar, boshqa bolalar bilan gaplashishiga yoʻl qoʻyilmasdi. Ayniqsa, bolalar uyining bolalariga nisbatan “boshqacha” qarash mavjud edi.
1991-yildan boshlab mamlakatimizda bu boradagi holat oʻzgardi. Bolalarni xonadonlarga joylashtirish hamda “SOS Bolalar mahallalari” tashkil etish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borila boshlandi. Asosiy maqsad ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga moddiy va maʼnaviy jihatdan koʻmak berish orqali ularning farovonligini taʼminlash hamda bolalarga vasiylik qilish ishlarini yaxshilash, ularning sogʻlom va barkamol voyaga yetishlari uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan.

Albatta, mavjud stereotipni keltirib chiqarmaslik uchun jurnalistlar oʻz materiallarida “20 ming bola Mehribonlik uylarida tarbiya topmoqda” demasdan, ularning soni soʻnggi yillarda qancha foizga kamayganini yoki qancha bolalar hozir “ SOS — Bolalar mahallasida” voyaga yetayotganligi,necha foiz bola esa oilalar tomonidan farzandlikka olinib tarbiyalanayotganini koʻrsatish maqsadga muvofiqdir.

2-stereotip. Oʻz bolasi boʻlmagani uchun oilalar bola asrab oladi, degan qarashning mavjudligi.
Toʻgʻri, farzand koʻrmagan oilalarning aksariyati qarindosh-urugʻining yoki tugʻruqxona, bolalar uyidan bola saqlab olib, unga ota-onalik qiladi, tarbiyalab, voyaga yetkazadi. Bu butun dunyoda mavjud holat. Ammo, faqat oʻz farzandi boʻlmagan oilalargina bola asrab olish mumkin degan qarash notoʻgʻri. Aslida Oʻzbekiston xalqi tabiatan bolajon, serfarzand xalq. Oʻz farzandlari boʻla turib ham, ota-onasi yoʻq, yetim bolalarni bagʻriga olib tarbiyalagan, yoki nochor oilalarga moddiy va maʼnaviy jihatdan yordam beradigan, ularni otaligʻiga olgan oilalar mamlakatimizda juda koʻp. Jumladan, rus, oʻzbek, qozoq, qirgʻiz, yahudiy, tatar, moldavan va boshqa millatlarning 14 bolasini oʻz bagʻriga olib, ularni bir-biriga doʻst, mehribon, aka-ukadek qilib oʻstirgan oddiy temirchi Shomahmud Shomahmudov va uning rafiqasi Bahri Akramovalarning bagʻrikengligi, bolajonligi, insonparvarligi afsona emas, balki boʻlib oʻtgan haqiqatdir. Ularning timsolida butun xalq mentaliteti namoyon boʻladi.
Farzandlikka olish – bu oʻzganing farzandini oʻz farzandiga bilan bir xil, teng koʻrishdir. Farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar oʻrtasida tuqqan ota-ona bilan bolalar oʻrtasidagi kabi huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Farzandlikka olish farzandlikka oluvchi (va uning qarindoshlari) hamda farzandlikka olinganlar (va ularning boʻlgʻusi avlodlari) oʻrtasida qonunda ota-ona va bolalarga nisbatan belgilangan konun hujjatlarida maxsus koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼiy nazar, barcha shaxsiy va mulkiy huquq hamda majburiyatlarni vujudga keltiradi. Shu maʼnoda farzandlikka olish juda qadimiy huquqiy institut boʻlib, hozirgi zamon huquq tizimida oʻz oʻrniga ega boʻlib, uning oldidagi asosiy vazifasi ota-ona vasiyligidan mahrum boʻlgan bolalarni oilaga joylashtirishdan iborat.

! Maslahat. Yuqoridagi stereotip notoʻgʻri qarash boʻlib, bugungi kunda bir necha farzandi boʻlgan oilalar ham Mehribonlik uylaridan bolalarni asrab olishmoqda. Jurnalistlar oʻz materiallarida mazkur mavzuni ochib berishda, aynan xalqimizning bolajonligiga, hukumatimizning Yunisef xalqaro bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda bolalarni oilalarga joylashtirish borasida keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligini aks ettirmoqlari lozim.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish