Bozor marketin tad
|
i otlari o'nalishlari
|
Tad i
|
Ot sohasi
|
Tad i Ot o'nalishlari
|
Bozor va sotuvlar
|
Bozor sig G imini aniqlash.
Bozorni segmentlash.
Bozor tendensiyalari tahlili.
Sotishni bashoratlash.
Iste'molchilar bilan anketa o'tkazish.
Iste'molchilar afzalliklarini tizimlashtirish.
Raqobatchilar to' 'risida ma'lumotlar olish.
|
Tovar
|
Yangi tovarning g'oyasi.
Mahsulotni testdan o'tkazish. Butlash turini tanlash.
|
Narx
|
''Talab-narx” bo ű liqligini modellashtirish.
|
Tovarni yuritish
|
Reklamaning har xil turi samaradorligini tadqiq etish. Tovarni itish usullarinin iyosi tahlili.
|
Sotishni tashkil etish
|
Chakana savdoni ratsionalizatsiyalash.
Ulgurji savdoni ratsionalizatsiyalash.
Servis xizmatlari ishini ratsionalizatsiyalash.
|
Kon'yunkturali tadqiqotlarga quyidagilar kiradi: eksport-import operatsiyalarini o'tkazish imkoniyatlarini og rganish; mahsulot hajmi va tarkibini rejalashtirish; mahsulotni sotish xarajatlarini tahlil qilish; valyuta kurslarini hisobga olish.
Tadqiqotga bozor, raqobatchilar, iste'molchilar, narxlar, tashkilotning ichki salohiyati olinadi.
Bozorni tadqiq etish. Marketingning zamonaviy konsepsiyasida bozorlarni o'rganishga alohida ahamiyat beriladi. Ushbu tadqiqotlar bozorga chiqish, maqsadga muvofiq tovar siyosatini o'tkazishda korxonaning strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish asosi bo a lib xizmat qiladi.
Har qanday bozor tadqiqotining maqsadi bo'lib, mavjud holatni (kon'yunkturani) baholash va bozorni rivojlanish bashoratini ishlab chiqishdan iborat. Bunday kompleks o'rganish dasturi tovar xususiyati, korxona faoliyati xarakteri, tovarlarni ishlab chiqarish ko g lami va bir qator boshqa omillarga bog'liqdir.
Bozorni tadqiq qilish birdan-bir maqsad emas, balki samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot manbaidir va ushbu qarorlar marketing faoliyatining istalgan jihatiga tegishli bo' lishi mumkin.
Bozorni tadqiq qilish maqsadlari quyidagilarga keltirilishi mumkin:
iqtisodiy, ilmiy-texnik, demografik, qonunchilik va boshqa omillarni o'zgarishini o c z ichiga Olgan bozor rivojlanishi tendensiyalari va jarayonlarini aniqlash;
bozorning tarkibi va geografiyasi, uning sig'imi, sotish dinamikasi, bozor to'siqlari, raqobat holati, vujudga kelgan kon'yunktura, imkoniyatlar va tavakkalchiliklarni tadqiq etish.
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorini tadqiq etishning asosiy natijalari bo'lib, uni rivojlantirish bashoratlari, kon'yunkturali tendensiyalarni baholash, muvaffaqiyatning tayanch omillarini aniqlash hisoblanadi. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorida raqobat siyosatini yuritishning eng samarali usullari va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlari aniqlanadi. Bozorlarni segmentlash, ya'nł maqsadli bozorlar va bozor "chuqurcha” larini tanlash o' tkaziladi.
Bozor segmentatsiyasi foydalanuvchilarning turli xil axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo' Igan ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish hamda korxona ishlab chiqaruvchining tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini ratsionallashtirish maqsadida o'tkaziladi. Bozorning aniq segmentlarida maksimal foyda olish imkoniyatini nazarda tutish zarur. Segmentatsiya ob'ektlari bo'lib, avvalo iste'molchilar hisoblanadi.
Tovarlarni tadqiq etish. Marketing tadqiqotlarining muhim yoe nalishlariga tovarlarni tadqiq qilishni kiritish lozim, ular xaridorlaming nima xohlashlari, mahsulot va xizmatlardagi qaysi iste'mol parametrlarini (dizayn, ishonchlilik, ergonomlka, servis, funksionallik, unumdorlik va h.k.) u ko'proq qadrlashi tot gerisida ma'lumotlar olishga imkon beradi. Shu bilan bir qatorda reklama kompaniyalarining eng muvaffaqiyatli argumentlarini shakllantirish, mos keluvchi savdo vositachilarini tanlash uchun ma'lumotlarni ham olish mumkin. Ushbu tadqiqotda tovarlarning va raqobatchilarning ogxshash tovarlarini iste'mol xususiyatlari, xaridorlarning yangi tovarlarga munosabatlari, tovar assortimenti, servis darajasi, mahsulotning qonunchilik me'yorlari va qoidalariga mos kelishi, xaridorlarning istiqboldagi talablari o'rganiladi. Tadqiqot natijalari korxonaga xaridorlar talablariga mos ravishda o'z tovar assortimentini ishlab chiqishga, ularning raqobatbardoshligini oshirishga, tovar va xizmatlarning "hayot davri" ning turli bosqichlariga bog'liq holda faoliyat yo'nalishlarini aniqlashga, g'oyani topish va yangi tovarlarni ishlab chiqarish, ishlab chiqilayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlarini OG zgartirish, firma stilini tanlash, patentli himoya usullarini aniqlashga imkon beradi.
Iste 'molchilarni tadqiq etish. Qoidaga koc ra, axborot mahsulotlari va xizmatlarining marketing tadqiqotlarida xaridorlarni tadqiq qilish alohida qiziqish uyg'otadi, u axborot mahsulotlari va xizmatlarini tanlashda xaridorlar tayanadigan omillarning butun kompleksini aniqlash va tadqiq qilishga imkon beradi (daromadlar, ijtimoiy holati, yosh-jins tarkibi, ma'lumoti, kasbiy faoliyati, ishlab chiqarish zanlrligi va h.k.). Ob'ektlar sifatida individual iste'molchilar (oilalar, uy xo'jaliklari) hamda iste'molchi-tashkilotlar chiqadi. Tadqiqot predmeti bo'lib, iste'molchining bozordagi xatti-harakati motivatsiyasi va uni aniqlovchi omillar hisoblanadi. Iste'mol tarkibi, tovarlar bilan ta'minlanganlik, xaridorlar talabi tendensiyalari o'rganiladi. Xaridorlarning asosiy ehtiyojlarini qondirish jarayonlari va shartlari tahlil qilinadi. Bu yerda ishlanmalar bo'lib, iste'molchilar tipologiyasi, ularning bozordagi xatti-harakatini modellashtirish, kutilayotgan talabni bashorat qilish hisoblanadi.
Xaridorlarga tanlash imkonini berish yo'llarini ishlab chiqish imkoniyati paydo bo'ladi.
Bunday tadqiqotning maqsadi bo'lib, xaridorlarni segmentlash, bozorning maqsadli segmentlarini tanlash hisoblanadi.
Xaridorlar motivatsiyasi va xatti-harakatini tadqiq etish, ushbu jarayonlarni modellashtirish yordamida amalga oshiriladi. Ehtiyojlar va xarid maqsadlari bo'yicha bozorda turli xaridorlarning xatti-harakati, talab va xaridlar bo'yicha, bozordagi harakatlari, motivatsiyasi boe yicha turlichadir. Shu bilan birga iste'molchilar xatti-harakati ayrim o'xshashliklarga ega. Ularning bozordagi xatti-harakati iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik omillar orqali ifodalanishi mumkin, ular esa iste'molchilarning ehtiyojlari va ularni qondirish usullarini xarakterlaydi. Iste'molchilarmng individual turli-tumanligi omili ham katta ahamiyatga ega, ya'ni: daromadlari, motivatsiyasi, bilim darajasi, qiziqishlari, shaxsiy hayot tarzi, demograflk xarakteristikalar va boshqalar. Bozorda iste'molchi xatti-harakatini shakllanishida iste'molchlnmg javob reaksiyasini xarakterlovchijarayon alohida o'rin egallaydi.
Raqobatchilar va raqobat muhitini o 'rganish. Axborot mahsulotlari va xizmatlarining marketing tadqiqotlari raqobatchilar va raqobat muhitini o'rganishga yo'naltirilishi lozim. Marketing tadqiqotlarining ushbu bo'limi doirasida bozorda raqobat ustunligini ta'mmlash uchun hamda mumkin boe Igan raqobatchilar bilan hamkorlik va kooperatsiya imkoniyatlariga zarur bo'lgan ma'lumotlar olinishi kerak. Shu maqsadda raqobatchilarning kuchsiz va kuchli tomonlari tahlil qilinadi, ularning bozordagi egallagan ulushi, raqobatchilar marketing vositalariga iste'molchilarning reaksiyasi oerganiladi (tovarni takomillashtirish, narx siyosati, tovar markasi, servisni rivojlantirish). Shu bilan birga raqobatchining moddiy, mehnat salohiyati, faoliyatni boshqarishni tashkil etish o'rganiladi. Bunday tadqiqotlar natijasi bo'lib, raqobatchilarga nisbatan bozorda eng qulay holatga erishish, faol yoki passiv strategiyalarni aniqlash va ular asosida narx ustunligini ta' minlash yoki taklifetilayotgan tovarlar sifati orqali afralliklarga erishishning yo' llari va imkoniyatlarini tanlashdan iborat.
Marketing xizmatlari vositalari, narxlar, korxona ichki muhiti, tovar harakati va sotish tizimi, sotish va reklamani rag'batlantirish tizimi, tashqi muhitni tadqiq qilish va boshqalarni tadqiq qilish kabi yo'nalishlarni ham qamrab oladi.
2. Marketing tadqiqotlari jarayoni
Do'stlaringiz bilan baham: |