5. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori shakllanishining xus usiyatlari, asosiy muammolari va omillari
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining xususiyatlari. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining xususiyatlri asosan foydalanuvchilarga taklif etilayotgan mahsulotlar xarakteristikalari hamda ular qondiradigan ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarning muhimligi va xarakteriga bogg łiq. Mahsulotni tanlashda asosiy xususiyat bo'lib, foydalanuvchining «nokompetentligi” hisoblanadi, u esa o'ziga zarur bo'lgan mahsulotni aniqlash holatida emas, chunki keng nomenklaturadagi mahsulotlar orasida professional yo'nalish talab etiladi. Ushbu xususiyat shuni xarakterlaydiki, bozorda iste'molchi talabi ko'p jihatdan iqtisodiy bo'lmagan omillarga bog'liq bo'ladi, ular ocz navbatida shaxsiy talabni mahsulotning marginal (chekli) qiymatiga ta' sirim kamaytiradi. Shu munosabat bilan ushbu holatda raqobatning klassik modelini to'liq qo'llab bo'lmaydi.
Axborot mahsulotlari ava xizmatlari bozorini shaldlanishining asosiy muammolari. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining shakllanishidagi asosiy muammolar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
bozorni marketing tadqiqotlari, reklama byulletenlar va klassifikatsiyalari, alohida axborot xabarlari, katalog va ma'lumotnomalar ko'rinishida axborotni aks ettirish; har xil turdagi hisoblash, tashkiliy va kommunikatsion texnikalar, dasturiy ta'minot, axborot tizimlari va texnologiyalari xizmatlar bo' yicha ma' lumotlar banklari tarmogg ini yaratish;
'ishlab chiqaruvchi foydalanuvchi” zanjirida ikki va ko c p tomonli munosabatlarni iqtisodiy tahlili, ularning barqarorligini "narx-raqobatbardoshlik» aloqasi asosida o'rganish;
turli darajalarda axborot mahsulotlari va xizmatlarini yamtish va tarqatish bo'yicha bozor munosabatlarini iqtisodiy tarkibga solishni shakllantirish.
Ikkita sektor davlat va aralash sektorni tadqiq qilgan amerikalik analitiklar fikricha, birinchisi markazlashgan boshqaruv, ishlab chiqaruvchilar va foydalanuvchilar o'rtasida aloqaning rivojlangan tizimining yo'qligi tufayli raqobatbardosh emasdir. O'z navbatida aralash sektor foydalanuvchilarga keng ko C lamdagi mahsulot va xizmatlar — assemblerlashtirish, dasturiy tizimlarni ishlab chiqish va sotish, texnika va mahsulotlar lizingi, tizimli integratsiya, hisoblash va tashkiliy texnikani ta'mirlash va kafolatli xizmat ko'rsatishni, xodimlarni o'qitishni va boshqalarni taqdim etadi.
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozoriga ta'sir etuvchi omillar. Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozoriga quyidagi omillar ta'sir etadi.
Axborot mahsulotlari va xizmatlari foydalanuvchilari muhitida dinamik o' zgarishlar.
Xo'jalik yuritishning bozor sharoitlarida foydalanuvchilar kompyuterlashtirishga ajratilgan mablag'larga tejagan hołda munosabatda bo'ladilar, ishlab chiqarish xarajatlarini faol kuzatadilar va ular darajasiga ta' sir ko'rsatadilar, ko c p hollarda norentabel va qimmatbaho ish va xizmatlardan bosh tortadilar. Kompyuterlashtirishga ajratiladigan mablag'larni bevosita administratsiyalashda, mablag'lardan to'liq hajmda foydalanish zarur, bozor sharoitida esa kompyuterlashtirish uchun mablag'lar o' z manbalari hisobidan shakllanadi.
Shaxsiy EHMlardan (ShEHM) ommaviy foydalanish, ular EHM parki tuzilmasini ancha o' zgartirib yubordi, mahsulot va xizmatlar nomenklaturasini hamda amaliy dasturiy ta'młnotni shakllantirishga sezilarli ta'słr ko'rsatdi. Professional bo' Imagan foydalanuvehiga yo'naltirilgan amaliy dasturlar paketining katta to cplami foydalanuvchilarga ish joylarida masalalarni yechishga imkon beradi. Bir vaqtda matnli va grafik ko'rinishidagi axborotlarni kompleks ishlov berishni ta'minlovchi dasturiy mahsulotga, ayniqsa, integrirlangan paketlarga talab koz p martalab o' smoqda.
Mulkchilik shaklining paydo bo'lishi zamonaviy hisoblash texnikasi, birinchi navbatda ShEHM va dasturiy ta'minot bozorini to'ldirishda ma' lum ijobiy rol o'ynamoqda. Aynan ushbu omil bilan hisoblash texnikasi, dasturiy ta'minot va axborot tizimlari bozorining shakllanishi va rivojlanish imkoniyatlarini bog' lash mumkin.
Maydonga kelayotgan axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori uning ishlab chiqaruvchilari o'rtasida raqobatning paydo bo'lishiga olib keladi. Bu haqiqatda hisoblash texnikasi va tashkiliy texnikani olib sotish bilan emas, balki axborot tizimlari, amaliy dasturlar paketlari ishlab chiqaruvchi va tarqatuvchi ko'p sonli qo'shma va kichik korxonalar mavjudligida amalga oshishi mumkin.
Tayanch iboralar:
Axborot mahsulotlari va xizmatlari: axborot resurslari, axborot texnologiyalari, axborot tizimlari.
Axbrot mahsulotlari va xizmatlari tarkibi: aloqa, axborot, axborot tizimlari va ko'ngilochar vositalar.
Axborot mahsulotlari va xizmatlari: munosabatlar tizimi, savdo, axborot mahsulotlari va xizmatlari, nomenklatura, taqdim etish shartlari, taklif, talab, ehtiyoj, sotuv, ayirboshlash, iste'molchilar, yetkazib beruvchilar.
Bozor segmentlari: iste'molchi, o'zaro harakat, biznesni ta' minlash, intellektual mehnat.
Bozorni tashkil etuvchilar: texnik va texnologik, dasturiy, kommunikatsion, me'yoriy-huquqiy, axborot, tashkiliy.
Axborot kommunikatsion texnologiyalari komponentlari: texnik, dasturiy, kommunikatsion.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
I . Axborot mahsulotlari va xizmatlari deganda nimani tushunasiz?
Axborot resurslari deganda nimani tushunasiz?
Axborot mahsulotlari deganda nimani tushunasiz va uning boshqa mahsulotlardan farqli xususiyatlari nimada?
Axborot xizmatlari deganda nimani tushunasiz?
Axborot bozori infratuzilmasi deganda nima tushuniladi?
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori sektorlarini xarakterlab bering.
Ma'lumotlar bazasi deganda nimani tushunasiz va ular qanday turdagi axborotlarni o'z ichiga oladi?
Ma'lumotlar bazasiga kirish turlarini xarakterlab bering.
Zamonaviy telekommunikatsion tarmoqlar nimani ifodalaydi?
Biznesni yuritish nuqtai nazaridan Internetning zamonaviy imkoniyatlarini xarakterlab bering.
Kimlar axborot mahsulotlari va xizmatlarining ishlab chiqaruvchilari hisoblanadi?
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori, sotish va ayirboshlash predmeti, iste'molchilar va yetkazib beruvchilar deganda nimani tushunasiz?
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori qanday tashkil etuvchilardan iborat?
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozori tasnifini keltiring.
Axborot tizimlari va xizmatlari bozori segmentatsiya belgilari va xususiyatlarini keltiring.
Axborot tizimlari va xizmatlari bozori qaysi asosiy xususiyatlar, muammolar va omillar bilan xarakterlanadi?
10-mavzu.AXBOROT MAHSULOTLARI VA XIZMATLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |