3. Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingi xususiyatlari
Axborot faoliyatining tijoratlashuvi sari ”axborot marketingi” (information marketing) yoki axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingi (marketing of information product and services) deb nomlanuvchi faoliyat paydo bo' ladi, umng muhim turi bo'lib, interfaol xizmatlar (online marketing) hisoblanadi 119, 251.
Ko ł p hollarda "axborot marketingi” atamasi ikki jihatda qok llaniladi. Bir tomondan, u faoliyatda axborotni tijorat bo'yicha tarqatishda marketing tamoyillaridan foydalanishni bildiradi (informatikada marketing). Boshqa tomondan, ko'pincha u marketingda informatika deb tasavvur etiladi, ya'ni turli xil mahsulotlarga nisbatan ilmiy-ishlab chiqarish va savdo-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish bilan bog'liq axborot tadqiqotlarining bir qismiga kiradi. Oxirgi jumlada axborot marketingi deganda, axborot ta' minoti, jumladan, foydalanuvchilarning (jumladan, o c zlari axborotlarni tijorat shaklida tarqatish bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar) o c z mahsulotlarini yaratish va bozorda yuritishga Olib keluvchi axborotlarni tijorat bo'yicha to'plash, marketing ishlari tushuniladi.
Axborot marketingining ikki jihati o'rtasida ma' lum umumiylik mavjud: mazmuni bo'yicha foydalanuvchi axborot resurslarini tanlashda, axborot mahsulotlari va xizmatlari ishlab chiqaruvchilaridek, marketingning aynan shu usullaridan foydalanadi. Shuning uchun axborot marketingi tamoyillari va instrumentlarini ishlab chiqishni, faqat korxonaning ichki ishi sifatida ko'rib chiqish mumkin emas. Ushbu tamoyil va instrumentlarni foydalanuvchilar e'tiboriga yetkazish axborot mahsulotlari va xizmatlari ishlab chiqaruvchilarining umumiy vazifasi hisoblanadi, chunki uni hal etish, ular malakasi va iste'molchilarning axborot madaniyatini oshishiga va bundan kelib chiqqan hołda axborot mahsulotlari va xizmatlariga talabning ortishiga ko' maklashadi. Shuning uchun ham keyinchalik axborot marketingi yoki axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingi deganda, iste'molchilarning axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo' Igan so'rovlarini ayirboshlash jarayonlari va iste'molchilarning pirovard hamda real axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo' Igan ehtiyoj larini transformatsiyalash asosida samarali qondirish tushuniladi.
Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingi — iste'molchilarning xaridga bo' Igan qobiliyatlarini axborot mahsulotlari va xizmatlariga bo'lgan talabga aylantirish hamda ushbu mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish va pirovard iste'molchiga yetkazish bilan bog'liq bo' Igan korxona tashkiliy-texnik va iqtisodiy faoliyatini boshqarishdir. Shu bilan birga qaror qabul qilish asosida bozor axboroti yotadi, qarorlarning asoslanganligi esa axborot mahsulotlari va xizmatlarini sotish davomida bozor tomonidan tekshiriladi.
Axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorlari boshqa bozorlarga mutlaqo o'xshamaydi. Axborot mahsulotlari va xizmatlari marketingi xususiyatlarini aniqlash uchun quyida axborot mahsulotlari va xizmatlari bozorining xususiyatlarini hisobga Olgan hołda marketing turlari atributiv tasnifi matritsasi (4. l-jadval) va marketing instrumentlari ko'rib o'tilgan (4.2-jadval)
4. l-jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |