IX BOB. HARBIY MANSABDORLIK JINOYATLARI
11-sxema
1-§. Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat
vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat
harakatsizligi (JK 301-moddasi)
Jinoyatning
asosiy bevosita obyekti
Qurolli Kuchlarda o‘rnatilgan
harbiy boshqaruv organlarining
normal ish faoliyatini, ularning obro‘sini,
harbiy boshliqlar va mansabdor shaxslarning xizmat vakolatlarini amalga
oshirishning belgilangan tartibini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlar.
Qo‘shimcha bevosita obyekt
– fuqarolarning hayoti, sog’lig’i, o‘zgalar
mulkining daxlsizligini ta’minlaydigan ijtimoiy munosabatlardir.
Mazkur jinoyat
obyektiv tomondan
boshliq
yoki boshqa mansabdor
shaxsning o‘z hokimiyat yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilishi, hoki-
miyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek,
hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy
xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon
yetkazilishiga sabab bo‘lishida ifodalanadi.
«Hokimiyatni yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilish
—
boshliq
yoki boshqa mansabdor shaxsning qasddan o‘z xizmat mavqeidan harbiy
xizmat manfaatlariga zid maqsadlarda foydalanishidir.
Hokimiyatni yoki xizmat mavqeini suiiste’mol qilish mansabdor
shaxs tomonidan uning o‘z vakolatlarini buzishida ifodalanishi mumkin,
ammo bu harakatlar aybdor zimmasiga xizmat yuzasidan yuklatilgan u
Harbiy mansabdorlik jinoyatlari
Hokimiyatni suiiste'mol qilish,
hokimiyat vakolatidan tashqariga
chiqish yoki hokimiyat Harakatsizligi
JK 301-m.
Xizmatga sovuqqonlik bilan qarash
JK 302-m.
359
yoki bu muayyan huquq va majburiyatlarning buzilishi bilan bog’liq bo‘l-
masligi ham mumkin. Biroq barcha hollarda ham shaxs mazkur xatti-
harakatlarni, faqat o‘zi egallab turgan xizmat mavqeiga ko‘ra
sodir etgan
bo‘lishi va bu xatti-harakatlar o‘z mohiyatiga ko‘ra xizmat burchiga zid
bo‘lishi shart.
Xizmat manfaatlariga xilof ravishda sodir etilgan deb, xizmat
zarurati
taqozo etmagan, xizmat burchi va mansab majburiyatlarini buza-
digan, qonunlar, harbiy nizomlar va qo‘mondonlik buyruqlariga zid
bo‘lgan xatti-harakatlar tushunilishi lozim. Bunda xizmat bo‘yicha yukla-
tilgan majburiyatlarning mansabdor shaxs tomonidan
buzilishini, unga
berilgan huquqlarning suiiste’mol qilinishini, o‘z faoliyatida qonun
talablaridan chetga chiqilishini maqsadga muvofiqlik yoki xizmat
zaruriyati tufayli qilingan deb oqlab bo‘lmaydi.
Hokimiyat yoki xizmat vakolatidan tashqariga chiqish, mansabni
suiiste’mol qilishdan farqli o‘laroq, qo‘mondon yoki boshqa mansabdor
shaxsning o‘ziga berilgan huquq va
vakolatlar doirasidan qasddan,
ochiqchasiga chetga chiqadigan harakatlarni sodir etishida ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: