mavjud bo‘lishi mumkin. Aks holda shaxsga qarshi jinoyat uchun Jinoyat
kodeksining tegishli moddalari bilan javobgarlik yuzaga kelishi mumkin.
Hokimiyat harakatsizligi
boshliq o‘z
harbiy xizmat majburiyatla-
riga ko‘ra sodir qilishi lozim bo‘lgan harakatlarni qasddan bajar-
maganligida ifodalanadi.
Harbiy nizomlar har bir boshliq o‘ziga berilgan hokimiyatdan harbiy
xizmat manfaatlari, unga ishonib topshirilgan qism (bo‘linma)ning
jangovar salohiyatini oshirish, tartib va intizomga qat’iy amal qilish
yo‘lida to‘liq foydalanishi kerakligini talab etadi. Boshliqning
jinoiy
harakatsizligi, muayyan sharoitda ijtimoiy xavfli oqibatlarning oldini olish
uchun qo‘llashi lozim bo‘lgan choralarni qo‘llamasligi harbiy xizmatga
katta ziyon yetkazishi mumkin.
Agar bo‘linma komandiri o‘ziga tobe shaxs bo‘linma mulkini tashish
paytida jangovar o‘qlarni o‘qirlab, begona shaxsga sotayotganligini ko‘ra
turib, buning
oldini olmasa, bu qo‘mondon jinoiy harakatsizlik uchun
javobgarlikka tortilishi kerak.
Boshliqning tobe shaxslarga nisbatan ularning noustav harakatlariga
barham berish uchun chora ko‘rmasligi ham hokimiyat harakatsizligi deb
baholanishi lozim.
Hokimiyat harakatsizligi qasddan qilinadigan xatti-harakat bo‘lib, u
aynan shu bilan xizmatga sovuqqonlik bilan qarashdan farq qiladi.
Hokimiyat harakatsizligi hokimiyat vakolatini suiiste’mol qilishdan
shunisi bilan farq qiladiki, bu jinoyat boshliq faqat hokimiyat
vakolati
doirasida va faqat xizmat vazifasiga ko‘ra qilishi shart bo‘lgan harakatni
sodir etmasligi shaklida bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham har bir
holda bajarilmay qolgan harakatlarni sodir etish mazkur mansabdor
shaxsning vakolatiga kirish-kirmasligi va buning uchun unda yetarli
imkoniyat bo‘lgan-bo‘lmaganligi aniqlanishi zarur».
O‘rganilayotgan jinoyat tarkibi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga,
harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning
huquqlari yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon
yetkazilishi shaklidagi jinoiy oqibatlar yuz bergan paytdan boshlab
tugallangan hisoblanadi. Hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki hokimiyat
361
harakatsizligi hamda yuz bergan oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog’lanish
jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblanadi.
Mansabdorlik jinoyatiga xos jinoiy oqibat jiddiy zarar bo‘lib, u o‘z
xususiyati va ko‘lamiga ko‘ra ko‘p miqdorni tashkil etadi. Jiddiy zarar
Qurolli Kuchlar, alohida xizmatchilar va boshqa
shaxslarga yetkazilishi va
turlicha, ham moddiy, ham moddiy bo‘lmagan muayyan tusda namoyon
bo‘lishi mumkin. Jinoyat
Do'stlaringiz bilan baham: