1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]



Download 118,22 Kb.
bet1/2
Sana29.07.2021
Hajmi118,22 Kb.
#132370
  1   2
Bog'liq
644-XII 03.07.1992




[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.11.00.00 Harbiy majburiyat / 15.11.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Mudofaa va milliy xavfsizlik / Harbiy xizmat. Muqobil xizmat]

O‘zbekiston Respublikasining qonuni

UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TO‘G‘RISIDA

 LexUZ sharhi

Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 22-dekabrdagi 437-II-sonli “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.

I BOB. UMUMIY QOIDALAR



1-modda. Umumiy harbiy majburiyat

1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatni mudofaa qilish davlatning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvchi barcha fuqarolarning vazifasidir. O‘zbekiston Respublikasini tashqaridan bo‘ladigan qurolli tajovuzdan himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Konstitutsiyaviy burchidir.

2. Umumiy harbiy majburiyatning mazmuni O‘zbekiston Respublikasining fuqarolarini o‘z mamlakatlarini qurolli himoya qilish uchun majburiy harbiy tayyorgarlikdan o‘tkazishdan iborat bo‘lib, respublika Qurolli Kuchlarini butlash va rezerv tayyorlashni ta’minlash maqsadlarida joriy etiladi.

3. Umumiy harbiy majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, chaqiruv uchastkalarida qayd etishni, harbiy xizmatga chaqirishni, harbiy xizmatni (chaqiruv bo‘yicha va ixtiyoriy ravishda) o‘tashni, zaxirada xizmat qilishni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, umumiy harbiy ta’lim berishni (urush davrida) qamrab oladi.

4. Ushbu Qonunni bajarish O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari, davlat boshqaruvining markaziy idoralari, hokimliklar, jamoat birlashmalari, o‘quv yurtlari, muassasalar, korxonalar, jamoa xo‘jaliklari, kooperativlar hamda idoraviy bo‘ysunuvi, mulkchilik shakli va xo‘jalik yuritish shart-sharoitlaridan qat’i nazar, boshqa tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.

Umumiy harbiy majburiyat O‘zbekiston Respublikasining hududida doimiy yoki vaqtincha istiqomat qiluvchi ajnabiy shaxslar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga taalluqli emas.

5. Ushbu Qonunga muvofiq O‘zbekiston fuqarolaridan:

chaqiruv uchastkalarida qayd etilgunga qadar chaqiruvchiga bo‘lgan tayyorgarlikni o‘tayotgan shaxslar — chaqiruv yoshiga etmagan shaxslar;

chaqiriluvchilar hisobida turgan shaxslar — chaqiriluvchilar;

haqiqiy harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxslar — harbiy xizmatchilar;

Qurolli Kuchlarning zaxirasi hisobida turgan shaxslar — harbiy xizmatga majburlar;

turli sabablarga ko‘ra harbiy ro‘yxatga olinmagan yoki bu ro‘yxatdan chiqarib yuborilgan, shu jumladan iste’foga o‘tkazilgan shaxslar — harbiy xizmatga majbur bo‘lmagan shaxslar deb ataladi.

6. Erkak fuqarolar, basharti, salomatliklari va yoshlari nuqtai nazaridan harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli bo‘lsalar, harbiy xizmatga chaqirilishlari shart.

Shu munosabat bilan ular:

nohiya, shahar mudofaa ishlari idoralarining chaqirig‘iga binoan qayd hisobidan, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, harbiy ixtisosni o‘rganishga borishga yo‘llanma olish, harbiy xizmatga va o‘quv mashqlari yig‘iniga chaqiruv yo‘llanmasini olish uchun chaqiruv uchastkalariga kelishlari;

chaqiruvga qadar tayyorgarlikdan o‘tishlari, harbiy xizmatni o‘tashlari va zaxirada xizmat qilishlari;

harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishlari shart.

7. Tibbiy tayyorgarlikka ega yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan ro‘yxatga ko‘ra harbiy ixtisosliklarga turdosh kasb egalari bo‘lgan xotin-qizlar harbiy ro‘yxatga olinishlari mumkin.

Ular tibbiy ko‘rikdan o‘tish va harbiy ro‘yxat qoidalarini bajarish uchun nohiya, shahar mudofaa ishlari idoralarining chaqiruviga binoan hozir bo‘lishlari shart.

Tinchlik vaqtida xotin-qizlar ixtiyoriy ravishda bitim bo‘yicha harbiy xizmatga kirishlari mumkin. Harbiy ro‘yxatda turgan yoki umumiy harbiy ta’lim olgan xotin-qizlar urush davrida harbiy xizmatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan chaqirilishlari mumkin.

2-modda. Harbiy xizmat va zaxiradagi xizmat

1. Harbiy xizmat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa harbiy tuzilmalarida umumiy harbiy majburiyatni bajarishlari hamda bitimga binoan xizmat qilishlari borasidagi davlat xizmatining alohida turidir.

Harbiy xizmatning:

muddatli harbiy xizmat;

askar, dengizchi, serjant va starshina, shuningdek praporshchik va michman lavozimlarida bitimga binoan harbiy xizmat;

xotin-qizlar bitimga binoan o‘taydigan praporshchik va michman, shuningdek askar va serjant lavozimlaridagi harbiy xizmat;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy o‘quv yurtlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi harbiylashtirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining kursanti (tinglovchisi) sifatida o‘tiladigan harbiy xizmat;

(2-moddaning 1-bandi ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)

ofitserlar lavozimlarida o‘taladigan harbiy xizmatdan iborat turlari joriy etiladi.

2. Tinchlik vaqtida zaxiradagi xizmat — o‘quv mashqlari yig‘inida qatnashishdan, urush vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, shuningdek Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Strategik Kuchlarining safarbar etilgani va yoyilganida harbiy xizmatga majburlardan harbiylar ro‘yxatida qayd etilgan ixtisoslari bo‘yicha talab qilinadigan bilim, ko‘nikma va mahoratni saqlab qolish hamda takomillashtirishdan iboratdir.

3. Harbiy xizmatga birinchi marta chaqirilgan yoki ixtiyoriy ravishda harbiy xizmatga kirgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari O‘zbekiston Respublikasining xalqiga va Prezidentiga sodiq ekanliklari to‘g‘risida harbiy qasamyod qabul qiladilar.

Muqaddam harbiy qasamyod qabul qilmagan harbiy xizmatga majburlar yig‘inga yoki safarbarlikka chaqirilgan vaqtda harbiy qasamyod qabul qiladilar.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.13.00.00 Muqobil xizmat]

3-modda. Muqobil (mehnat) xizmat

Muqobil xizmat O‘zbekiston Respublikasining “Muqobil (mehnat) xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tartibga solib boriladi.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlarini va boshqa qo‘shinlarini harbiy xizmatchilar bilan butlash

O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlari:

umumiy harbiy majburiyat asosida fuqarolarni harbiy xizmatga chaqirish;

fuqarolarning bitimga binoan harbiy xizmatga kirishi orqali butlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlarini urush vaqtida taqozo etiladigan shtatlar darajasigacha harbiy xizmatchilar bilan qo‘shimcha ravishda butlash ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida belgilab beriladi.

[OKOZ:

1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.12.00.00 Harbiy xizmat / 15.12.06.00 Harbiy unvonlar, maxsus unvonlar]

5-modda. Harbiy xizmatchilar, harbiy xizmatga majburlarning tarkibi hamda ularning harbiy unvonlari

1. Harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar oddiy askarlar, serjantlar va starshinalar tarkibiga, praporshchiklar va michmanlar tarkibiga hamda ofitserlar tarkibiga bo‘linadi.

Ofitserlar tarkibi — kichik, katta va oliy ofitserlar tarkibiga bo‘linadi.

2. Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy unvon beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va boshqa qo‘shinlarida harbiy unvonlar — qo‘shinlar unvonlari va kema tarkibidagi unvonlarga bo‘linadi.

Qurolli Kuchlarda quyidagi unvonlar joriy etiladi:

Qo‘shinlar unvonlari

Kema tarkibidagi unvonlar


Download 118,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish